Geotexnologiya / геотехнология шукуров Ш. Р., Зунунов А. Ч., Азизов Л. Ш., Мусаев Г. М


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana14.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1702266
TuriАнализ
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мақола 8 - 2023 Peschanoe konidagi oksidlangan madanlar

Yusupov A.B., 
H.M. Abdullaev nomidagi 
Geologiya va geofizika instituti 
 tayanch doktoranti
Orolov A.K., 
H.M. Abdullaev nomidagi 
Geologiya va geofizika instituti 
tayanch doktoranti
Sadirov R.M., 
H.M. Abdullaev nomidagi 
Geologiya va geofizika instituti 
tayanch doktoranti
1-rasm. Markaziy Aumizatovning sxematik geologik-strukturaviy xaritasi (Tolokonnikov 
A.V., Mirkamolov R.X., Xan R.S., Omonov X. va b. materiallari bo’yicha muallif tomonidan 
tayyorlandi): 1 – Yuqori Bo’r. Alevrolit, qumtosh, gillar; 2 – Yuqori Karbon. Auminza intruzivi 
Zaxquduq kompleksi; 3 – Zaxquduq kompleksi granitlari; 4 – Zaxquduq kompleksi granodioritlari; 
5 – Yuqori-o’rta Ordovik. Besopan svitasi; 6 – uglerodli biotit-xloritli, slyuda-kvarsli, slanetslar, 
metaqumtoshlar va metaalevrolitlar; 7 – Proterozoy yotqiziqlari; 8 – Tasqazg’an svitasi. Ost qismi 
xlorit-amfibol-xloritli (bazalt bo’yicha) grafitli kvarsitlar, yuqori qismi – dolomitlar kremniylar bilan;
9 – intruziv tog’ jinslari; 10 – kontakt metamorfizm zonalari. Rogoviklar; 11 – daykalar; 12 – 
surilmali strukturalar: aniqlangan (a), taxminiy (b); 13 – yirik yer yoriqlari (a), surilmali yirik yer 
yoriqlari (b); 14 – tektonik kontaktlar: aniqlangan (a), taxminiy (b); 15 – qatlamlarning yotish 
elimentlari; 16 – Peschanoe koni maydoni 


O'zbekiston konchilik xabarnomasi № 3 (94) 2023 
 
GEOLOGIYA 
32 
qolgan ko‟p qatlamli sharyaj qurilmalarida – kaledon qavatlaridan iborat 
[6-9]. Subkenglik bo‟ylab joylashgan nisbatan qadimiy (kaledon 
tektogenezi) darz ketish zonalari Auminza – Beltov antiklinoriy hududini 
shimol va janubdan chegaralab turadi (Janubiy va SHimoliy Auminza yer 
yoriqlari); keyingi tektogenez bosqichlarida vujudga kelgan ikkinchi 
darajali yoriqlar bo‟ylab (Kospaqtov zonasi, Janubiy yoriq va b.) turli 
surilmalar vujudga kelgan. 
Auminza tog‟lari magmatik hosilalari uchta intruziv komplekslardan 
tashkil topgan: gabbro-granitli quljuqtov kompleksi (Janubiy Auminza 
gabbro-diabaz shtoki – S
1-2
); hududdagi magmatik hosilalarining asosiy 
qismini tashkil qiluvchi granit-granodioritli zaxquduq kompleksi; 
leykogranitli shoxetov kompleksi (1-rasm) [10, 11]. 
Oksidlangan turdagi ma‟danli minerallashuvi tadqiqot maydonining 
yuza qismida (oksidlanish chegarasining yuqori qismi) joylashgan bo‟lib, 
kuchli burdalangan va temirlashgan zonalardagi brekchiyalashgan kvars
-tomirli hosilalari bilan tavsiflanadi. Yuzadagi kanavalarda u yorqin rangi 
va yer yoriqlari bo‟ylab cho‟zilib joylashuvi bilan ajralib turadi (2 a, b-
rasm). Tarkibida asosan gidrogyotit, limonit, yarozit va kamroq mis oksi-
dlaridan malaxit uchraydi (2 d-rasm). 
Tog‟ jinslaridagi oksidlangan ma‟dan minerallashuv zonasi notekis 
tarqalgan limonit massasi bilan ifodalanadi, unda jins hosil qiluvchi 
minerallar donalarining nurashga uchragan va relikt qoldiqlari mavjud 
bo‟lib ular tog‟ jinsining 55-60% ni tashkil qiladi. Limonit temir 
gidrooksidlari aralashmasidan tashkil topgan bo‟lib, gyotit (kamroq), 
gidrogyotit va yarozitlar uning asosiy komponentlari hisoblanadi. Tog‟ 
jinsi burdalangan, darzlangan va g‟ovakli ko‟rinishda. 
Temir gidrooksidlari oksidlangan ma‟danlarning eng keng tarqalgan 
ma‟danli minerallaridir. Ular oxrasimon ko‟rinishda, sulfidlar bo‟yicha 
psevdomorf va kamdan-kam hollarda buyraksimon ko‟rinishdagi 
to‟plamlar shaklida uchraydi. Ularning rangi turli xil tusdagi qo‟ng‟ir. 
Kvarslashgan jinslardagi kvars ko‟pincha gyotit va gidrogyotitlar bilan 
(oqmasimon ko‟rinishda) sementlashgan (3 a-rasm). Tarkibi gidrogyotit 
7-10%, yarozit 0,1-0,2%, gyotit 0,01-0,05% bo‟lib, g‟ovakli strukturaga 
va brekchiyasimon teksturaga ega to‟rsimon tomirli ko‟rinishda. 
Kvars tomirchalari kontakti bo‟ylab yupqa hoshiyali yarozit bilan 
g‟ovaksimon gidrogyotitlar jadal rivojlangan. Gyotit-gidrogyotitning 
g‟ovakli-uyasimon massalarida noyob mikrouyumlar ko‟rinishida 
uchraydi (3 b-rasm). Tomirli mineral to‟plamlarida gidrogyotitning (och 
kulrang) ichki g‟ovakli strukturasi kuzatiladi. Gidrogyotitning chegalari 
bo‟ylab kamroq uyasimon yarozit (och jigarrang) rivojlangan (3 d-rasm). 
Oksidlanish zonasida birlamchi jins va ma‟danlarning parchalanish 
mahsulotlarining zonal taqsimlanishi kuzatiladi. Pastki qismida to‟g‟ridan
-to‟g‟ri oksidlanish chegarasining yuqorisida oltin-yarozit-gidroslyudali va 
undan tepada (0-25 m) oltin-gyotit-gidrogyotitli assotsiatsiyalari 
shakllangan bo‟lib, ular bilan birga sof oltin uchraydi. Oxirgi 
assotsiatsiyaning ustida, tub tog‟ jinslari kesimining yuqori qismi va 
zamonaviy yotqiziqlar kontaktidagi (agar ishtirok etgan bo‟lsa) barcha 
qatlamlar kuchli nurashga uchragan (qalinligi 50-80 sm), hamda 
to‟kiluvchan massani tashkil qiladi. 
Oltin-yarozit-gidroslyudali 
assotsiatsiya 
ma‟dan oksidlanish 
zonasining quyi qismini (yer yuzasidan 20-50 m pastda) tashkil etadi va 
ma‟danlarning gipergen o‟zgarish jarayonlarining dastlabki bosqichida 
hosil bo‟ladi. Assotsiatsiyaning asosiy tipomorf minerali yarozit bo‟lib, u 
birlamchi jinslarning qoldiqlaridagi limonit va gidroslyudali minerallar 
bilan birgalikda sementlashgan. Yarozit jigarrangdan, qo‟ng‟irgacha, 
yupqa donali bo‟shoq massani hosil qilgan (4-rasm). U tarmoqlangan 
zonalar va tomirchalarda uyasimon ko‟rinishda, ko‟pincha to‟plamlar 
shaklida joylashgan. Ba‟zi joylarda burdalangan va temir-lashgan 
zonalardagi tog‟ jinslari, yarozitning kollomorf to‟plamlari bilan oqma-
tomirsimon shakllarda sementlashgan. Yarozitning miqdori tog‟ jinsi 
massasining 40-45% gacha bo‟lgan qismini tashkil qiladi. Darzliklar 
bo‟ylab joylashgan, sarg‟ish-jigarrang xoshiyasimon yarozitning 
uyasimon to‟plamlari gidrogyotit va gyotitga o‟zgarib borgan (4 b-rasm). 
Ma‟danlashuv tarkibida arsenopiritning oksidlanish mahsuloti bo‟lgan 
skorodit uchraydi. Ba‟zan u oktaedr ko‟rinish-dagi psevdomorf shakllarni 
hosil qiladi (arsenopirit bo‟yicha). Binokulyar ostida u och yashil-kulrang 
tusda, bo‟shoq, deyarli tuproq-simon massa ko‟rinishida (4 v-rasm). 
Ushbu assotsiatsiyada oltin ingichka (oltin donalari o‟lchami 2-4 mk
shaklsiz ko‟rinishda (5 a-rasm). Oltinning sofligi yuqori emas. Yirikroq
(6-8 mkm dan katta) oltin zarralarining tarkibi quyidagicha (% da): Au – 
77,59; Ag – 19,94; Cu – 0,14; Fe – 2,06. 
Oltin-gidrogyotit-kaolinit assotsiatsiyasi limonit massasi bilan unda 
notekis taqsimlangan, tog‟ jinslari massasining 60-70% ni tashkil etuvchi 
jins hosil qiluvchi minerallarning korroziyaga uchragan donalari bilan 
taqdim etilgan. Limonit temir gidrooksidlari aralash-masidan hosil bo‟lib, 
ularning asosiy tarkibiy qismlari gyotit, gidrogyotit (25-30%) va yarozit
(5-7% gacha) hisoblanadi. Jins hosil qiluvchi minerallar asosan gil 
komponentli qoldiq kvarslar bilan ifodalanadi. Assotsi-atsiyaning struktu-
rasi kollomorf, kataklastik, teksturasi brekchiyasi-mon, ilgaksimon tomir-
chalar ko‟ri-nishda. Ushbu assotsiatsiyadan olingan sof oltin yupqa 
donali (15-20 mikrongacha). Oltin-yarozit-gidroslyudali assotsiatsiyadan 
farqli o‟laroq, bu assotsiatsiyada 20-40 mkm (5 b, v-rasm) o‟lchamdagi 
mikrodonalar ko‟proq, 100 mkm dan kattalari esa kamroq uchraydi, bu 
gipergen eritmalar tarkibidagi sof oltinning yig‟ma kristallanishi natijasida 
hosil bo‟lganligidan dalolat beradi. Oltinning asllik darajasi keng 
ko‟rsatkichlarda o‟zgarib turadi (615 dan 996 gacha). 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling