Gerbitsidlar


Download 19.3 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.3 Kb.
#1568667

Gerbitsidlar

Gerbitsidlar (lot. herba - oʻt, oʻsimlik va caedo — oʻldiraman) — begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x.da dala, bogʻ va tokzorlar, oʻtloqlardagi, yoʻl yoqalaridagi begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. G.ning bir necha xil preparat koʻrinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv b-n aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv b-n aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi konsentratlar (treflan, dual, banol va b.), toʻldirgich hamda taʼsir qiluvchi moddalardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.).
G. taʼsir qilish xususiyatiga koʻra yoppasiga va tanlab taʼsir etuvchi preparatlar guruhlariga boʻlinadi. Yoppasiga taʼsir qiluvchi G.danbarcha turdagi oʻsimliklarga (aerodromlarda, yuqori voltli liniyalar oʻtgan joylarda va b.), tanlab taʼsir etuvchilardan esa dala ekinlari, bogʻlar, oʻrmonzorlardagi begona oʻtlarga qarshi foydalaniladi. G.larning bu guruxlari oʻrtasida qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki koʻpgina preparatlar kam miqsorda ishlatilganda tanlab taʼsir etuvchi boʻlsa, yuqori miqdorlarda yoppasiga taʼsir etishi mumkin. G.ning tanlab taʼsir qilishi ekinlar va begona oʻtlar turiga, oʻsish va ularning rivojlanish fazalari hamda tuproq iqlim sharoitlariga bogʻliq. Tanlab taʼsir etuvchi G.ni ekishdan oldin, ekish davrida, ekin yoki begona oʻtlar unib chiqqunga qadar yoki unib chiqqandan soʻng qoʻllash mumkin. Masalan, treflan yoki prometrin, odatda, ekishdan oldin, boronalashga qadar dalalarda bir yillik begona oʻtlarga qarshi sepiladi. Bunda G.ning tanlash xususiyati tuproq turiga, yogʻingarchilik miqdoriga hamda preparatning tuproqda saqlanish muddatlariga bogʻliq. Ekish davrida G. (mas, dalapon, kotoran, daxlor, dual, kotofor yoki prometrin paxta dalalaridagi bir yillik oʻtlar, atrazin yoki agelon esa makkajoʻxori dalalaridagi begona oʻtlarga qarshi) ekish agregatiga oʻrnatilgan maxsus moslamalar b-n solinadi. Ekin unib chiqqunga qadar ham yuqoridagi G.ning birontasidan foydalanish mumkin. Bunday hollarda G.ning tanlash xususiyati urugʻning tuproqda joylashadi chuqurligiga, uning unib chiqish tezligi (quvvati)ga va preparatning tuproqqa saqlanish muddatiga bogʻliq. Taʼsir qilish usuliga koʻra: sirtdan (oʻsimlik toʻqimalariga tekkan qisminigina nobud qiladigan; mas, mineral moylar, nitrafen, DNOK. va b.) va singib taʼsir qiluvchi (oʻsimlik tanasiga shimilib, singib uning tomir va toʻqimalari orqali harakatlanib, umumiy zaharlanishga olib keladigan kimyoviy moddalar; mas, atrazin, agelon va b.) G. mavjud. Singib taʼsir qiluvchi G. kuchi sirtdan taʼsir koʻrsatuvchi G. nikiga nisbatan sustroq. Ularning taʼsiri juda sekin namoyon boʻlib, sarflanadigan eritma hajmiga, tomchilar oʻlchamiga, purkashning qay darajada tekis chiqishiga bogʻliq. Singib taʼsir qiluvchi G. ildizi juda chuqur oʻsadigan koʻp yillik begona oʻtlarga qarshi yaxshi samara beradi.
G. 3 usulda: yoppasiga, lenta shaklida va uyalab sepiladi. Preparat yoppasiga butun maydonga (treflan yoki prometrinni ekishdan avval, dalaponni esa kuzgi shudgordan soʻng) bir tekisda purkaladi. Ekish davrida (bunda lenta kengligi 25—30 sm; kotoran, prometrin, kotofor, agelon, dual, stomp, atrazin va b.) va ekin unib chiqqandan soʻng (bunda himoya zonasi qator markazidan boshlab ikki tomonga 12—15 sm dan; kotoran, prometrin) lenta usulidan foydalaniladi. Begona oʻtlar dalaning turli joylarida har xil darajada uchrasa, ularga qarshi G. (mas, koʻp yillik begona oʻtlardan ajriq va gʻumayga qarshi dalapon) uyalab purkaladi. Baʼzi G.ni yangi yerlarni oʻzlashtirishda yovvoyi buta oʻsimliklarni yoʻqotishda arboritsid, oʻsimlik ildizlarini quritadigan desikant (takrizol, dinitrol, pentaxlor va b.), oʻsimlik barglarini toʻkishda defoliant (endotal va b.) va oʻsish ingibitorlari (IFK, dinitroortokrezol va b.) sifatida ishlatish mumkin; ayrimlari kam miqsorda qoʻllanilganda oʻsish stimulyatorlari kabi taʼsir koʻrsatadi (2,4-D, 2,4-DM va b.).
Hoz. davrda gerbitsidlik xususiyatiga ega boʻlgan 1000 dan ortiq birikmalar maʼlum. Ulardan 150 dan koʻprogʻi begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Birinchi marta Germaniyada 1934 yilda kimyoviy oʻtoq maqsadlarida organik birikmalardan dinitroortokrezoldan foydalanilgan. Keyinchalik 2,4-D, 2M-4X preparatlaridan foydalanila boshlandi. G.ni notoʻgʻri qoʻllash (yuqori dozalar, ishlov berish muddatlarini buzish va b.) tuproq va suv havzalarining ifloslanishiga, oʻsimliklar va hayvonlarning halok boʻlishiga, biogeotsenozda Oʻzbekistonda gʻoʻza-gʻalla-beda almashlab ekishda qoʻllanuvchi gerbitsidlarning sarf normalari va muddatlari makkajoʻxori, bedadagi biologik aloqadorlikning buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda G.ni ishlatish qonun b-n tartibga solinadi.
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling