Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


– rasm. Mikroin’eksiyani amalga oshirish uchun protoplastlarni immobilizatsiya qilish usuli


Download 150.81 Kb.
bet3/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

2.10 – rasm. Mikroin’eksiyani amalga oshirish uchun protoplastlarni immobilizatsiya qilish usuli
Eritma aralashtirilgandan so‘ng protoplastlarni regeneratsiya bo‘lishi uchun etarli muhitga ekiladi. Ko‘chirib o‘tkazishning samarasi elektr shokidan so‘ng 24-28 soat o‘tgach aniqlanadi.

2.11 - rasm. Elektroporatsiyani amalga oshirish uchun past kuchlanishli qurilmaning tuzilishi


Liposomalarga joylashtirish. O‘simlik protoplastlariga o‘tkaziladigan ekzogen genetik materialni nuklein kislotalarni parchalaydigan nukleazalar ta’siridan himoya qilishda qo‘llaniladigan usullardan biri liposamalarga joylashtirish usuli.
Liposomalar qobig‘i fosfolipidlardan tashkil topgan sferik shakllar hisoblanadi. Ularni fosfolipidlarni suvli emulsiyalariga ultratovushlar bilan ishlov berish yoki qattiq chayqatish natijasida olish mumkin. Liposomalar yordamida o‘simlik protoplastlariga tamaki mozaikasi virusi RNK si, A.tumefaciens bakteriyasi Ti – plazmidasi DNK si, shuningdek, butun metafaza davri xromosomalari kiritilgan. Liposomalar yordamida ko‘chirib o‘tkazish tizimlarning afzalliklari sifatida ularning hujayralarga nisbatan zaharliligining kamligi, liposomalarni parchalash xususiyatiga ega hujayralari bo‘lgan ko‘plab o‘simliklarda ishlatish mumkinligini ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtga kelib, mazkur usul texnik jihatdan qiyinligi va transformatsiyalash faolligining nisbatan kam (0,5-1 %) ligi uchun tobora kam foydalanilmoqda.
Bioballistik transformatsiyalar usuli. Bioballistika usuli bugungi kunga kelib, bir pallalilar uchun eng samarali usullardan hisoblanadi, shuningdek uni ikki pallali o‘simliklarda ham muvaffiqiyat bilan qo‘llash mumkin. Transformatsiya uchun dastlabki material sifatida kulturalar suspenziyasi, kallus to‘qimasi yoki bir pallalilarning etilmagan murtak o‘simtalari olinadi.
Mazkur usulning mohiyati shundan iboratki, diametri 0,6-1,2 mkm bo‘lgan volfram, oltin yoki platina bo‘lakchalari transformatsiya uchun zarur gen konstruksiyalari saqlovchi DNK ustidan purkaladi. DNK tutuvchi volfram, platina yoki oltin bo‘lakchalari sellofan qobiq bilan o‘ralib, bioballistik zambarak ichiga joylashtiriladi. Kallus yoki hujayra suspenziyasi agarli oziqa muhiti solingan Petri likopchasiga o‘tkaziladi va bioballistik zambarak ro‘parasiga 10-15 sm masofada joylashtiriladi. Zambarakdagi bosim vakuum nasos bilan 1,0 atm gacha tushiriladi. Bosim tushiriladigan vaqtda zambarakdan volfram yoki oltin bo‘lakchalari otilib chiqib, hujayra devorini yorib o‘tadi va sitoplazmaga, hujayra yadrosiga o‘tadi.
Odatda bevosita markazda joylashgan hujayralar volfram va oltin bo‘lakchalarining ko‘plab kelib urilishi va juda kuchli bosimi tufayli nobud bo‘ladi, ulardan 0,6-1 sm markazdan uzoqda esa transformant hujayralar joylashadi. SHundan so‘ng hujayralarni davomli ekish va regeneratsiya qilish uchun oziqa muhitlariga ko‘chirib o‘tkaziladi.
Bioballistik zambaraklar yordamida bir pallali makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, arpa o‘simliklari transformatsiya qilinib, turg‘un transgen o‘simliklar olingan. Bundan tashqari bioballistik transformatsiya DNK ni embriogen changchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish, transgen digaploid o‘simliklar olish uchun qo‘llaniladi va u seleksiya ishlarida muhim bosqich hisoblanadi. Bu usul bilan tamaki o‘simligining transformatsiyasi amalga oshirilib, gaploid o‘simliklar regeneratsiyasidan so‘ng turg‘un transfor-mantlar olingan.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling