Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


- rasm. Lizinli kodonlar bilan boyitilgan -zeini geni ko‘chirib o‘tkazilgan transgen tamaki o‘simligini olish sxemasi


Download 150.81 Kb.
bet6/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

2.12 - rasm. Lizinli kodonlar bilan boyitilgan -zeini geni ko‘chirib o‘tkazilgan transgen tamaki o‘simligini olish sxemasi.
1-agrobakteriyalar transformatsiyasi; 2-o‘simlik hujayralari transformatsiyasi; 3-kanamitsin antibiotigi qo‘shilgan oziqa muhitida tanlash; 4-regeneratsiya.

Transgen bug‘doy o‘simliklari ham shu kabi usullar yordamida olingan. O‘simlik genomiga glyutenin oqsili yuqori molekulyar subbirligining nukleotid izchilligi o‘zgartirilib modifikatsiya qilingan geni kiritilganda, modifikatsiyalangan oqsillar sintezini faollashtiradi va tegishli zahira oqsillar tarkibi va darajasiga ta’sir etib, bu bug‘doyning don sifatini yaxshilashga olib keladi.


Oqsillar tarkibini yaxshilashning yana bir usuli bu bir pallali va ikki pallalilarning zahira oqsillari genlari izchilligi asosida ximer genlarni konstruksiyalashdir. Bunda dastlabki material sifatida arpa gordeini V1 va dukkaklilar legumini V4 genlaridan foydalanildi. Bunday ximer genga ega konstruksiya (qurilma) bilan tamaki o‘simligi transformatsiya qilinib, transgen o‘simliklar tizimi olingan.
SHunday qilib, gen muhandisligi usullari yordamida donli ekinlarning endosperm oqsillari tarkibini o‘zgartirishni amalga oshirish mumkin ekan.
SHuningdek zahira oqsillari o‘zgartirilgan o‘simliklarni olish bilan birga transgen o‘simliklardan “ozuqabop” vaksinalar ishlab chiqaruvchilar sifatida ham foydalanish mumkin. Masalan A-G immunoglobulini, enterotoksin, vaboning V-toksini, V-gepatitning yuza oqsili antigenini sintezlovchi tamaki, kartoshka o‘simliklari olingan. Transgen o‘simliklardan olingan oqsillar, hayvon hujayralaridan olingan oqsillar kabi antigenlik va fiziologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda transgen o‘simliklar yordamida odamda uchraydigan V gepatitiga qarshi vaksinalash (emlash) sinovdan o‘tkazilmoqda. Bundan kelib chiqib, transgen o‘simliklardan foydalanib, kelajakda arzon va biologik faol vaksinalar olish mumkin, degan xulosaga kelish mumkin.
Zahira oqsillari modifikatsiyalangan dukkakli-don ekinlarining transgen shakllarini yaratish bilan birga bir qator moyli ekinlar, birinchi navbatda rapsning moy kislotalari tarkibini yaxshilash borasida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Raps urug‘lari tarkibida moy miqdorini yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi, ammo uning tarkibidagi spetsifik uzun zanjirli eruk kislotasi va shuningdek, glyukozinolatning miqdori ko‘pligi raps moyining ta’m xususiyati va oziqliliga salbiy ta’sir etadi. Gen muhandisligi yordamida va seleksiyalash usullari orqali rapsning moy kislotalari molekulasi uzunligini nazorat qilib, eruk kislotasi ulushini kamaytiruvchi va raps moyining sifatini yaxshilovchi gen kiritilgan navlari yaratilgan. SHu kabi to‘yinmagan bog‘larning miqdori yuqori bo‘lgan modifikatsiyalangan moy kislotalar olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu yangi, qimmatli moy kislotalar kislotalar sintezlovchi o‘simliklar olish imkonini beradi. Bundan tashqari, o‘simliklar tarkibida moy kislotalar tarkibining o‘zgarishi, ularning bir qator hasharotlarga, past harorat ta’siriga chidamliligini oshirishi aniqlangan.
2001 yilda moy kislotalari tarkibi modifikatsiyalangan soya, raps, makkajo‘xorining transgen o‘simliklari navlari dala sinovlaridan o‘tkazildi.
Seleksiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri - bu yangi navlarning hosildorligini oshirishdir. Quyidagi yo‘nalishlarda fotosintez faolligini oshirish va alohida moddalar sintezini ko‘tarishda gen muhandisligi ishlari jadal olib borilmoqda.
Fotosintetik faollikni oshirishda o‘simliklar fotosintezining S3 geniga S4 genini kiritish yo‘nalishi bo‘yicha izlanish amalga oshirilmoqda. Makkajo‘xori fotosintez tizimi mezofill barglari hujayrasida atmosfera SO2 fiksatsiyasida ishtirok etuvchi fosfoenolpiruvatkarboksilazaning S4 geni klonlandi va agrobakteriya transformatsiyasi tizimi (PEPS) orqali sholi o‘simligining S3 geniga o‘tkazildi. Olingan transgen o‘simliklarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, sholi hujayrasida fermentlar faolligi makkajo‘xorinikiga nisbatan 2-3 baravar yuqori bo‘lishi, fotosintez faolligini tezlashtirib, hosildorlikni oshirishga olib kelgan.
Fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi genlarni klonlash va ulardan foydalanishidan tashqari, hujayrada xloroplast miqdorini nazorat qiluvchi genlar ham ajratib olingan. Bunday genlardan foydalanish fotosintez darajasini o‘zgartirishga olib keladi. Boshqacha yondoshish orqali esa har bir xloroplastdagi xlorofillarning miqdorini oshirishga erishilgan. YAna a/b xlorofillarni spetsifik tarzda biriktiruvchi modifikatsiyalangan oqsillar olingan. Transgen o‘simliklarda bu oqsillar ekspressiyasining amalga oshirilishi biomassa miqdorini sezilarli darajada ko‘payishiga olib keladi.
Olib borilayotgan ishlarning boshqa yo‘nalishi transgen o‘simliklarda metabolizmning o‘zgartirish bilan bog‘liqdir. Makkajo‘xori uglerod metabolizmi regulyasiyasidagi asosiy fermenti saxarozofosfatsintetaza (SPS-gen) genini boshqa o‘simliklar genomiga kiritilganda, o‘simliklarning uglerod almashinuviga ta’sir etadi va hosildorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda pomidor, kartoshka, raps, g‘o‘zaning shunday transgen navlari olingan.
1999 –2000 yillarda transgen o‘simliklardan foydalanish ruxsat etilgan AQSH, Kanada va yana bir qancha shu kabi mamlakatlarda hosildorlikni oshiruvchi va hosil bo‘lgan mahsulotning sifatini yaxshilovchi turli xil genlar transformatsiya qilingan makkajo‘xorining ettita, bug‘doyning bitta transgen navlari dala sinovlaridan o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda foydalanilmoqda.
O‘simliklar hosildorligi va sifatini oshiruvchi genlarni transformatsiya qilish bilan birga 1998-2001 yillarda tijoratbop transgen gullarning dastlabki to‘rtta navi olingan bo‘lib, ularga ASS- sintetaza geni kiritilishi natijasida gullash jarayoni tezlashtirilgan chinnigul navi va antotsian biosintezi o‘zgartirilgan genli uchta (ikkita chinnigul va bitta xrizantema) gullari gulqo‘rg‘onidagi tojibarglarining noan’anaviy ranglarini olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling