Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


Stress ta’sirlarga bardoshli transgen o‘simliklar olish


Download 150.81 Kb.
bet7/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

Stress ta’sirlarga bardoshli transgen o‘simliklar olish
Atrof-muhitning qurg‘oqchilik, ortiqcha namlik, yuqori yoki past harorat kabi ta’sirlari, tuproq sho‘rlanishi, kislotalilik darajasining oshishi singarilar qishloq ho‘jalik mahsulotlarining ma’lum qismining nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun stress ta’sirlarga bardoshli o‘simliklar navlaridan foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lib hisoblanadi.
O‘simliklarning ko‘pgina stress holatlarga ko‘nikish reaksiyasi – bir qancha genlarning birgalikdagi o‘zaro moslashuvchan (sinxron) ta’siriga bog‘liqdir. SHu boisdan gen muhandisligi izlanishlari uchun stress omillar tomonidan qo‘zg‘aladigan biokimyoviy jarayonlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, uzoq vaqt suvli stress ta’siriga uchragan o‘simliklarda bir qator sodda organik molekulyar birikmalar-prolin, glitsinbetain va boshqa moddalar to‘planib, ular osmoregulyator hamda osmoprotektorlar hisoblanadi.
O‘simliklar va bakteriyalarning stress ta’sirlarga javobi o‘xshashligi aniqlangan: ikkala holatda ham hujayrada osmoprotektor molekulalari sintez bo‘lib, uning ta’sir mexanizmi sitoplazma va atrof-muhit o‘rtasida osmotik tenglikni yuzaga keltirish, bundan tashqari, stress ta’sirlar sharoitida oqsillarni qisman mo‘tadillashtirishdan iboratdir. Osmoprotektor molekulalari sintezining biokimyoviy yo‘li o‘xshashligi stresslarga bardoshli, transgen o‘simliklar olishda bakteriya genlaridan foydalanish imkonini beradi.
E. coli genomidan stressga javob reaksiyasi sifatida yuzaga chiqadigan prolin biosintezi yo‘li bo‘lib, ularning fermentlarini kodirlovchi, ikkita proBosm va proA genlari ajratilgan. Bu bakteriya genlarining ekspressiyasi o‘simliklar genomida prolin sintezini oshirishga olib kelgan. Olingan transgen tamaki o‘simliklarida nazorat o‘simliklarga nisbatan prolin sintezining oshganligi va to‘planib borganligi qayd qilingan. Transgen nihollarning ildiz hosil qilish va 20 g/l (350 mM) miqdordagi tuzli muhitda ham o‘sa olish xususiyati saqlanib qolgan.
Glitsinbetain sintezini katalizlovchi betainaldegiddegidrogenaza (VADH) geni ajratib olingan. Bu genni ekspressiyalovchi transgen tamaki o‘simliklari tuzning yuqori miqdoriga chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan.
YUqori haroratga bardoshlilik fad7 geni bilan bog‘liq bo‘lib, u oqsil moy kislotalari metabolizmiga ta’sir etadi. SHolining taransgen navlarida bu genning inaktivatsiyasi natijasida o‘simlik yuqori haroratda o‘sa olish va ikki soatgacha 470S ga qadar chidamlilik belgisini namoyon qilishi mumkin.
Hozirgi kunda gazon maysalarining suv tanqisligi va sho‘rlanishga chidamli transgen navlari dala sinovlaridan o‘tkazmoqda, ularni keyinchalik (xarakterli bunday belgili noqulay sharoit mavjud abiotik fonga ega) shaharlarda o‘stirish ko‘zda tutilmoqda.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling