Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


Zamburug‘, bakteriya va virusli infeksiyalarga chidamli transgen o‘simliklar olish


Download 150.81 Kb.
bet9/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

Zamburug‘, bakteriya va virusli infeksiyalarga chidamli transgen o‘simliklar olish
Fitopatogen ta’sirlarga qarshi o‘simliklarda bir qancha himoya reaksiyalari mexanizmlari kuchga kiradi. Bunda o‘simlikning faol javob reaksiyasi ikki asosiy yo‘nalishda borishi mumkin: birinchidan infeksiyaga javoban patogenlarning hayot faoliyatini cheklovchi, ular uchun zaharli bo‘lgan birikmalarning sintezi boshlanadi va natijada ularning halok bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, himoya javobi sifatida strukturaviy to‘siqlar yaratilib, bu to‘siqlar o‘simliklarning zararlanishi, patogenlarning tarqalishini oldini oladi. Bu esa hujayra devorlarining lignifikatsiyalanishi yoki gidroksiprolinga boy glikoproteidlar va boshqa birikmalar hisobiga mustahkamlanishi orqali amalga oshadi, ular ekstensinlar deb atalib, to‘qimalarni fitopatogenlar tomonidan shikastlashidan himoya qiladi.
Virus, bakteriya, zamburug‘li infeksiyalarga javoban spetsifik RR (pathogen related proteins), shuningdek ular orasida har tomonlama mukammal o‘rganilgan xitinaza va 1,3 glyukonaza oqsillari indutsirlanadi.
Bu fermentlar zamburug‘ va ba’zi bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi, ularning hujayra devorini qisman gidrolizlaydi.
Xitinaza va glyukonaza oqsillarining fungitsidlarga ta’siri, hamda ushbu oqsillarning alohida genlar tomonidan kodirlanishiga oid ma’lumotlar ko‘plab tajribalarda aniqlangan. SHuning uchun xitinaza va glyukonaza genlari fitopatogenlarga chidamli transgen o‘simliklar olish bo‘yicha gen muhandisligi tadqiqotlarida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘simliklarning xitinaza geni tutuvchi transgen o‘simliklari - tamaki, g‘o‘za, makkajo‘xori, pomidor, kartoshka, beda, sholi, turneps, raps va boshqa o‘simliklarning CaMV 35S promotori nazoratida xitinaza genini ekspressiyalovchi transgen navlari olingan. Bu o‘simliklarda zamburug‘li infeksiyalarga chidamlilikni nafaqat laboratoriya sharoitida, balki dala sharoitida ham kuzatilgan. Bundan tashqari, xitinazaning glyukonaza bilan birgalikdagi ta’siri samaradorligi yuqori bo‘ladi, shuning uchun ikkala genni tutuvchi transgen o‘simliklar juda katta agronomik ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda tamaki, raps, pomidor, kartoshkaning Rhizoctonia ga, tamakining Cercospora nicotianaga yuqori darajada chidamli transgen o‘simliklari olingan.
Fungitsid ta’sirga ega bo‘lgan boshqa guruh birikmalari-guruhiga past molekulyar (40-50 k Da) oqsillardan iborat o‘simliklarning sistein oqsillari, galakturonaza ingibitorlari, o‘simlik defenezlari, MF – oqsil guruhlari. Bu oqsillarning barchasi odatda o‘simliklarning turli xil zamburug‘li va bakteriya infeksiyalariga chidamliligini spetsifik bo‘lmagan holatda oshiradi.
Mazkur oqsilni ekspressiyalovchi transgen o‘simliklar zamburug‘li infeksiyalarga qanday darajada chidamli bo‘lsa, virusli infeksiyalarga nisbatan ham xuddi shunday xususiyatga ega bo‘ladi.
Virus – o‘simlik munosabati jarayonini o‘rganish mobaynida juda ko‘p usullar qo‘llanilgan. Faqatgina bir qancha usullarni birgalikda qo‘llash orqaligina virusli infeksiyalarga chidamli o‘simliklar olishga erishilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda sezilarli siljish paydo bo‘ldi, bu genomning tuzilishini va tashkillanishini, virus genlarining funksiyalanishining to‘liq o‘rganish bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda gen muhandisligi texnologiyasi asosida virusli infeksiyalarga chidamli transgen o‘simliklar olishning turli usullari mavjud, bu esa virus qobig‘i yuza oqsili geni bilan transformatsiya qilingan transgen o‘simliklar olish imkonini beradi, natijada infeksiya o‘tishining kamayishiga va virus ko‘payishini to‘xtatishiga olib keladi. Mazkur usul bilan tamaki va kartoshka o‘simliklariga tamaki mozaika virusi oqsil qobig‘i genini transformatsiya qilish, transgen o‘simliklarda turg‘un antiviruslik xususiyati paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda tamakining nafaqat TMV (tamaki mozaika virusi)ga, balki qovoq mozaika virusiga ham chidamli tizimlari ham olingan. SHuningdek, kartoshka va makkajo‘xorining barglarining buralishi viruslariga, arpaning pakanalik virusiga chidamli navlari ham olingan. Qovoqning uchala virusga ham chidamli navi olingan va ekilmoqda.
Patogenlarga chidamli o‘simliklar olishning yana bir usuli - zamburug‘ va mikroblarga qarshi ta’siriga ega bo‘lgan fitoaleksinlar biosintezi (yo‘li) fermentlarini kodirlovchi genlarining o‘simlik hujayralariga transformatsiyasidir. Bu genlarni kartoshka va pomidor o‘simliklariga kiritilganda, fitoftoroz va fuzariozga, tamakida esa kulrang chirish kasalliklariga qarshi chidamlilik sezilarli darajada ortgan.
Hozirgi kunda kartoshkaning Y virusi (PVY)ga va barg buralishi (PLRV)ga viruslariga chidamli 4 ta tijoratbop transgen navlari, qovoqning uchta virusga ham bir vaqtning o‘zida chidamli navi, papayaning aylanasimon virusi (PVY) ga chidamli navlari yaratilgan.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling