German qabilalari va Rim Imperiyasi


Germanlarning Rim imperiyasi yerlariga bostirib kirishi


Download 37 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi37 Kb.
#1599120
1   2   3   4
Bog'liq
German qabilalari va Rim Imperiyasi

5. Germanlarning Rim imperiyasi yerlariga bostirib kirishi.
Yevropa tarixida IV-VI asrlar xalq-larning buyuk ko'chishlari davri deb ataladi. Ushbu uch asr davomida qit'aning deyarli hamma yerlarini qamrab olgan ko'chishlar aholining etnik, madaniy va sotsial qiyofasini keskin o'zgartirdi. Bu davr antik madaniyati. halokati va yangi feodal jamiyati paydo bo'lishi bilan yakunlandi.
Xalqlarning buyuk ko'chishlariga sabab nima edi? Eng avvalo, germanlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining o'sishi, xususan, dehqonchilikda erishgan muvaffaqiyatlari va tobora o'sib borayotgan aholining yangi yer maydoniga oshayotgan talabi, qabilalarda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularda yangidan-yangi yer, boyliklarni bosib olishga intilishni kuchaytirdi. Sharqdan IV asrdan boshlangan ko'chmanchi xun qabilalari yurishlari ham yuzlab, minglab varvar qabila-urug'larini o'z joylaridan ko'chishga majbur qildi. Lekin eng so'nggi tadqiqotlar ko'chishlar asosiy sabablaridan yana biri tabiiy iqlimdagi keskin o'zgarishlar bo'lganligini ko'rsatmoqda. Jumladan, milodiy II asrdan boshlab havoning keskin sovushi V asrga kelib, ayniqsa, kuchaygan. Natijada ekin yerlari qo'riqqa, suvli yerlar esa botqoqlarga aylanishi chorvachilikka ham, dehqonchilikka ham birday katta zarar yetkazdi.
Shu sababdan Yevroosiyo ko'chmanchilari ham, Yevropa shimolidagi o'troq aholi ham yashash va xo'jalik yuritish uchun iqlimi qulay yerlarni izlashga majbur bo'ldilar. Ko'chishlarga tashqi omil, ya'ni Rim imperiyasining zaifligi va o'z qo'shnilariga yetarlicha qarshilik ko'rsata olmagani ham qo'l keldi. Shuningdek, Rim jamiyatida barcha ezilgan tabaqalarning og'ir zulmdan qutulamiz deya, varvarlarga xayrixoh bo'lganligi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Rim quldorlik imperiyasi bilan urushlar natijasida Pireneya yarimorolida germanlarning dastlabki Vestgot qirolligi tashkil topdi. Keyinchalik vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), anglo-sakslar (Brita-niyada) joylashib, o'z davlatlarini barpo etdilar.
Germanlarning bostirib kirishi 476-yilda G'arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keldi. Yevropa qit'asida yangi ijtimoiy-iqtisodiy (feodal) munosabatlarga o'tish davri boshlandi.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling