German qabilalari va Rim Imperiyasi


Germanlarda ijtimoiy hayot


Download 37 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi37 Kb.
#1599120
1   2   3   4
Bog'liq
German qabilalari va Rim Imperiyasi

3. Germanlarda ijtimoiy hayot.
Germanlarda urug'chilik jamoasi uch davrni o'z boshidan kechirgan:
1. Urug'chilik qon-qardoshligi - hamkorlikda xo'jalik yuritish, yer maydonlariga jamoa bo'lib ishlov berish.
2. Dehqonchilik jamoasi bo'lib yerni ishlash: bu davrda yer ma'lum yirik oilalar o'rtasida taqsimlangan.

3. Qo'shnichilik yoki marka-jamoasida kichik oila-larning ekin yerlariga nisbatan shaxsiy mulki mav-judligi barobarida qolgan yer, o'rmon, o'tloqlarga nisbatan umumiy jamoa egaligi tartiboti saqlanib qolgan edi.


Milodning dastlabki asrlarida germanlar urug' jamoasi kundalik hayotda hali ham muhim ahamiyat kasb etgan bo'lsa-da, lekin keying! davrda kundalik xo'jalik hayotida jamoaning roll pasayib bordi. Jismoniy yumushlar, jumladan, o'rmondan daraxt kesib yer ochishni ham bemalol uddalaydigan yirik (patriarxal) oilalar germanlar jamiyatining asosiy xo'jalik birligiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, urug'chilik jamoa tuzumining uchinchi davrida (V-VI asrlar) urug'-doshlik jamoasi qo'shnichilik jamoasiga aylanib bordi. Germanlarda qulchilikning patriarxal shakli bo'lib, ular quldan faqat xo'jalik yumushlarida foydalanishgan. Faqatgina xalqlarning buyuk ko'chishlari davridan boshlab german qabilalarida yer egaligi munosabatlari o'zgara boshladi.
Milodiy I asrdan boshlangan ijtimoiy va mulkiy tengsizlik germanlarda uzoq davr yaqqol ko'zga tashlanmagan. Xonadon egasi - ushbu jamiyatning erkin, hech kimga tobe bo'lmagan vakili edi. U dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishdan tashqari, jangchi, xalq yig'inlarining to'laqonli a'zo.si, o'z qabilasi udumlarini, an'analarini yosh avlodga singdirish uchun mas'uliyatli kishi ham edi.
Keying! uch-to'rt asr davomida germanlar jamiyati mulkiy tengsizlik, t.abaqalanish borasida birmuncha oldinga siljidi (zodagonlar va ularning drujinalari o'sdi va kuchaydi, chunk! ularga faqat yergina emas, balki ishchi kuchi va har turli o'ljalar ham zarur edi). Biz buni arxeologik qazilmalarda topilgan moddiy madaniyat qoldiqlari, qabrlardagi asbob-anjomlar, qurol-aslahalardan ham yaqqol kuzatishimiz mumkin.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling