German qabilalari va Rim Imperiyasi


Download 37 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi37 Kb.
#1599120
1   2   3   4
Bog'liq
German qabilalari va Rim Imperiyasi

4. Ijtimoiy-siyosiy tuzum.
Germanlarning dastlabki davlatlari V-VI asrlarda Rim imperiyasi yerlarida tashkil topdi. Madaniyat jihatidan o'zidan yuqori bo'lgan xalqlar ustidan hukmronlik qilish zaruriyati germanlarni boshqaruv tartibini yangi sharoitga moslashtirishga majbur etdi.
Milodning boshlarida germanlar orasida mulkiy tabaqalanish boshlanib, zodagonlar - "konung" (hind-evropa tillarida "keni" - urug') paydo bo'ldi. Konung sara, hurmatli zodagon kishilar toifasining oliy vakili edi. Milodiy II asrda, Tatsitningyozishicha, konung hokimiyati cheklangan bo'lib, u o'z qabiladoshlarini buyruqdan ko'ra, shaxsiy namuna, ishontirish bilan boshqargan. Konung saylab qo'yilgan. Uni xalq yig'inida hurmatli, e'tiborli qabila a'zolari orasidan tanlab saylashgan. Saylangan konungni qalqon ustida ko'tarib olqishlashgan.
Qadimgi germanlar jamiyatida asosiy o'rinlardan birini harbiy drujina (bo'linma) yo'lboshchilari egallagan. Qabilalar xalq lashkaridan farqli ravishda harbiy drujina (bo'linma) jangchilari turli kishilardan iborat bo'lgan. Ko'pincha boy xonadonlardan chiqqan yigitlar harbiy bo'linmaga yozilganlar. Ular janglarda qatnashmagan paytlarda bazmi jamshid qurib, urushdan topgan boyliklarini sarf qilganlar, ovlar uyushtirishgan. Harbiy o'ljalarning ko'pi bo'linma boshlig'iniki hisoblangan, evaziga u o'z jangchilarini qurol-aslaha, ot, yashash joyi, oziq-ovqat bilan ta'minlagan.
Milodiy IV-V asrlarga kelib germanlar siyosiy tuzumida muhirn o'zgarishlar ro'y berdi. Endilikda qabila birlashmalari yuksalib-; qabila ittiioqlariga aylandi. Ularning ba'zilari (allemann, got, frank) bir necha yuz ming kishidan iborat bo'lib, yirik yer maydonlarini nazorat qilganlar. Umumittifoq yig'inlarining ahamiyati susayib, ularda faqat urush va tinchlik hamda konung saylash huquqlari qoldi. O'z navbatida, harbiy bo'linmalar va ularning boshliqlari mavqei oshib bordi.
Milodiy IV asrdan boshlab ba'zi german qabilalari harbiy boshliqlari Rim noiblariga harbiy xizmatga o'ta boshladi. German harbiy bo'linmalari Rim armiyasi tarkibida alohida jangovar birlik ittifoqchilari sifatida qatnashganlar. Ko'p hollarda german harbiy bo'linmalari Rim imperiyasi chegaralarini dushmanlar hujumlaridan himoya qilish majburiyatini olishgan.
German konunglarining ijtimoiy-siyosiy yuksalishiga xizmat qilgan tadbirlardan yana biri varvar qabilalarida ibtidoiy dinlar o'rniga xristianlikning tarqalishi bo'ldi. Milodiy 341-yili birinchi bo'lib yepiskop unvoniga erishgan vestgotlik Ulfila xristianlikning keyinchalik dahriy deb e'lon qilingan arianlik mazhabining keng yoyilishiga xizmat qildi. Xristianlikning german qabilalari orasida tarqalishi ularning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini tezlashtirib yubordi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling