German tillari


Download 35.9 Kb.
Sana08.01.2020
Hajmi35.9 Kb.

German tillari - hind-yevropa tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Gʻarbiy Yevropadagi  Buyuk Britaniya,  Germaniya ,Avstriya, Niderlandiya, Belgiya, Shveysariya, Lyuksemburg, Shvetsiya,  Daniya,  Norvegiya, Islandiya  mamlakatlarida, Shimoliy Amerikada (AQSH, Kanada), JAR, Avstraliya, Yangi Zelandiya  va Osiyoda  Hindiston va Pokistonda keng tarqalgan. German tillarida 550 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi . German tillari 3 kichik guruhga boʻlinadi: shimoliy (shved, dan, norveg , island , farer tillari); gʻarbiy (ingliz, nemis, niderland, Lyuksemburg , afrikaans, friz, idish) va sharqiy (got, burgund, vandal, gepid, gerul kabi "oʻlik tillar"). Milliy german tillari qabila shevalaridan tashkil topgan. German qabilalari dastlab Skandinaviya janubida., Yutlandiya va Shlezvig-Golshteyn hududida joylashadi. Qadimgi german shevalari shimoliy va janubiy guruxlarga boʻlingan. Mil. av. I - II asrlarda german qabilalarining bir qismi Skandinaviyadan Boltiq boʻyidagi hududlarga koʻchib, sharqiy german guruhini tashkil etgan. Sharqiy Skandinaviya shevalari asosida keyinchalik shved va dan tillari, Gʻarbiy Skandinaviya shevalari asosida esa norveg tili vujudga keldi. 19—20-asrlarda Islandiya va Farer o.lariga Norvegiyadan koʻchmanchilar kelishlari natijasida norveg tili va farer tili yuzaga keldi. Hind-yevropa tillarining keyinchalik yuzaga kelgan vakili — idish tili 10—14-asrlarda yuqori nemis shevalarining semit va keyinchalik slavyan tillarita xos ayrim unsurlardan tashkil topadi. Afrikaans tili esa niderland shevalarining ingliz, nemis, fransuz tillari hamda baʼzi afrika, malay-portugal tillari bilan qoʻshilishi natijasida paydo boʻldi.

German tillarining tarixiy rivojlanishi shartli ravishda 3 davrga boʻlinadi: 1) qad. (yozuv paydo boʻlgandan to 11-asrgacha); 2) oʻrta (12—15-asr; yozuvning rivojlanishi va bu tillarning keng ijtimoiy qoʻllanishi); 3) yangi (16-asrdan hozirgigacha; milliy tillarning tashkil topishi va takomillashuvi).



German milliy-adabiy tillari 16-asrda Skandinaviya mamlakatlarida, 16— 17-asrda Angliyada va 18-asrda Germaniyada shakllangan. Hoz. Norvegiyada adabiy tilning 2 shakli mavjud: riksmol (1929 y.dan bukmol) va lansmol (1929 y.dan nyunor). Ingliz tilining Angliyadan tashqarida tarqalishi uning AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR variantlarini keltirib chikardi. Nemis tili oʻzining Avstriya variantiga, Shveysariyada yana ikki varianti — shveysar shevasi va adabiy tiliga ega. 1984 y.da Lyuksemburg tili milliy til mavqeiga ega boʻldi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling