Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Download 89 Kb.
|
joni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Yangi davr Germaniya davlati va huquqiReja: Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlariXIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyada siyosiy tuzumning o‘zgarishiGermaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlariYangi davr Germaniya davlati va huquqi rivojlanishida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan. Germaniya davlatchilik va huquqiy taraqqiyoti XIX asrda davom etgan. Napoleon bosqini va «German millati muqaddas Rim imperiyasi»ning qulashi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» faqat rasman yagona davlat bo‘lib, XVIII asrda uning tarkibiga suveren davlatlar hisoblangan imperatorning 7 ta kurfyuristligidan tashqari 300 ga yaqin katta-kichik davlatlar kirgan. Bu davlatlar rasman imperatorga qaram bo‘lib, amalda knazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va boshqa ko‘p sonli feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning ko‘pchiligi yeri va aholisi juda kam bo‘lgan davlatlar edi. German knazliklari orasida Saksoniya, Bavariya, Vyurtemburg va hududi kengligi jihatidan Avstriya, imperiya siyosiy hayotiga ko‘proq ta’sir o‘tkazishi bilan Prussiya (poytaxti Berlin) ajralib turgan. Bu yerlarda asosan slavyanlar – polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlar, vengerlar yashardilar. Prussiya XVIII asrning ikkinchi yarmida qudratli monarxiya davlatiga aylanib ulguradi. Bunda prus qiroli Fridrix II (1740–1786- y.)ning «ma’rifatli absolutizm» siyosati muhim rol o‘ynaydi. U boshqaruv sohasida moliya, sud, bojxona, iqtisodiyot va agrar sohalarda islohotlar o‘tkazadi. Prussiya barcha german davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1781- yilda umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qilgan. Mamlakat huquqini birxillashtirgan. 1781-yilda birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi, 1793-yilda Sud ustavi, 1794-yilda esa Umumdavlat qonunnomasi (Prussiya landrexti) amalga kiritilgan. Bu islohotlar natijasida mamlakatda burjua munosabatlari rivojlanishi yuz beradi. Kapitalistik tadbirkorlik rivojlanishi rag‘batlantiriladi. Kattaligi bo‘yicha Yevropada 4 o‘rinda turadigan yirik qurolli kuchlar tashkil etilib, unga yillik budjetning 85 % sarflangan. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» Napoleonning bosqinchilik urushi davomida siyosiy-iqtisodiy qoloqligi va tarqoqligi sababli osonlik bilan tugatiladi. Natijada fransiya manfaatlariga muvofiq egallangan hududlarda qayta ma’muriy-hududiy taqsimot amalga oshirilib, yirik davlatlar, Berg gersogligi va Vestfaliya qirolligi tashkil qilinadi. German davlatlarining Reyn ittifoqi 1806-yilda tashkil topib, tarkibiga dastlab 16 ta, keyin 21 ta german davlati kirgan. U rasman davlat suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalar ittifoqi sifatida vujudga keladi. Lekin, Napoleon bilan syuzerenitet-vassalitet munosabati amal qiladi. Ittifoq a’zolari «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidan chiqqanliklarini e’lon qiladi. Bu davlatlarda yer, moliya, ma’muriy sud islohotlari amalga oshiriladi. Ba’zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi «Fuqarolik kodeksi» joriy qilinadi. Nemis qishloqlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinib, dehqonlarni mulkdorlarga aylantirishga qaratilgan birinchi qadam tashlangan. Reyn ittifoqi tarkibiga Prussiya kirmagan edi. 1807-yilda Prussiya Fransiya bilan bo‘lgan urushda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng dvoryanlar burjua xarakterida islohotlar o‘tkazishga qaror qiladilar. Amalda feodal tuzumni chegaralovchi, kapitalizm taraqqiyotiga yo‘l ochib beruvchi muhim farmonlar qabul qilinadi. Natijada qisman dvoryanlarga ham tatbiq etiladigan yangi soliqlar joriy qilinadi. Cherkov yerlarini davlat yeriga aylantirish (sekulyarizatsiya qilish) amalga oshirilib, kichik cherkovlar bekor qilingan. Boshqaruv sohasida iqtisodiy islohotlar bilan bog‘liq holda o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, beshta ministrlik – harbiy, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya, moliya ministrligi ta’sis etilgan. Har bir viloyatga hukumat tomonidan tayinlanadigan ober-prezident boshliq qilib qo‘yilgan. 1808-yilgi qonun bilan shaharlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaradigan mahkamalar joriy etilgan. Barcha muhim ishlar – moliya, politsiya, ta’lim, ijtimoiy ta’minot ularning vakolatiga topshirilgan. Saylov huquqi mulk senzi (150–200 taler)ga asoslangan. Armiyada ham islohotlar o‘tkazilib, tan jazolari bekor qilingan. 1814-yilda umumiy harbiy majburiyat joriy qilingan. Ofitserlar yetkazib beruvchi (kelib chiqishi dvoryan bo‘lmaganlarga ham) harbiy akademiyaga asos solingan. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling