Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet6/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Davlat tuzumi
III-XV asrlarda Germaniyaning siyosiy tuzumi Fransiya va Angliyanikidan farqli o`laroq, tarqoqligi va imperator hokimiyatining zaifligi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda Germaniya siyosiy jihatdan tarqoq bo`lib, ko`pgina mustaqil feadal knyazliklarga bo`linib ketgan edi.

Shtaufenlar halokatidan keyin (1268 yilda fransuzlar bu sulolaning so`nggi vakili Konradinni asirga olib, uning boshini tanasidan judo qilgan edilar) Germaniyadagi imperatorlik hokimiyati tamomila orqaga ketdi. Uzoq fursat davomida (1254-1273 yillarda) Germaniyada haqiqatda butun-lay imperator bo`lmadi. Germaniyada markaziy hokimiyatning bo`lmasligi mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini butkul to`xtatib qo`ydi. Feodallarning urushlari mamlakatni xarob qildi.
Shu tariqa bu davrda knyazlarning hokimiyati kuchayib, imperator hokimiyati zaiflashib ketdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik kelib chiqdi.
XIII asr oxirlarida Germaniya amalda yettita eng yirik knyazlar: uchta ruhoniy knyaz - Maynts, Kyoln va Trir arxiyepiskoplari va to`rtta dunyoviy knyaz - Bogemiya qiroli (Chexiya qiroli), Reyn pfaltsgrafi, Saksoniya gersogi va Brandenburg markgrafi tomonidan idora qilinardi. Ular «Shvab zertsalosi»da aytilganidek, kurfyurstlar (saylovchilar) deb atalib, imperatorni saylab qo`yardilar. Kurfyurstlar imperatorni saylash huquqigagina emas, balki uni taxtdan ag`darib tashlash huquqiga ham ega edilar. Bu, keyinchalik, 1356 yilgi «Oltin bulla»da ham yanada mustah-kamlandi. «Oltin bulla» kurfyurstlarni o`z knyazlik mulklarida tamomila suveren hokimlik huquqlariga egadirlar, deb tan olgan edi.
Kurfyurstlar, tez orada imperiya toj-taxtini tassarruf qilish huquq-laridan batamom foydalandilar. Karl IV ning o`g`li imperator Vatslav feodallarga qarshi kurashayotgan shaharlarga ko`mak berishga harakat qilganligi uchun knyazlar 1450 yilda uni taxtdan ag`dardilar41. Bu sulolaning ikkinchi imperatori, ya`ni Karl IV ning boshqa o`g`li - Sigzmund (1410-1437 yillar) kurfyuristlar qo`lida endi itoatgo`y qurol bo`lib qoldi.
«Oltin bulla»da kurfyurstlarning soni, tarkibi o`rnatilib, har yili kurfyuristlar s`yezdi chaqirilishi ko`rsatilgan. Unga yuqoridagi yettita kurfyurstlar kirgan. Kurfyurstlar o`z mol-mulklarini, tog`-kon boyliklariga egalik qilish kabi huquqlarini o`zlarida saqlab qoldilar. Kurfyurstlarga keng sudlov huquqi ham berilib, ular umumimperiya sudida qatnashganlar hamda daxlsizlik huquqidan foydalanganlar. Kurfyurstlar asta-sekin imperatorni saylashda uning oldiga maxsus shartlar qo`ya boshlaganlar. Bu shartlar XVI asrdan boshlab «saylov kapitulyatsiyasi»42 degan nom olgan. Bunda imperator kurfyurstlarning shartiga ko`nib, ularning talablariga javob beradigan bo`ldi.
Bu davrda imperatordan tashqari yana ikkita imperiya muassasasi - reyxstag va imperiya sudi mavjud edi.
Vaqti-vaqti bilan yig`ilib turadigan imperator reyxstaglarida ham kurfyurstlar katta rol o`ynar edilar. German shaharlari (imperiya shaharlari deb ataladigan shaharlar) ham ana shu imperiya toifa vakillarining s`yezd-larida qatnashardilar. Ammo ularning ishtiroki to`liq bo`lmasdi. Shaharlar vakillarining qaramog`iga odatda umumdavlat masalalari topshirilmay, balki shaharlarning o`zlariga bevosita taalluqli masalalargina topshirilardi. Yirik feodal-knyazlarga nisbatan mayda ritsarlarning reyxstaglardagi ta`siri ham juda oz edi. Mayda dvoryanlar va dehqonlar reyxstagdagi o`zlarining maxsus vakillariga ega emas edilar.
Shu tariqa reyxstag XIV asrdan doimiy tuziladigan organ bo`lib qoldi. U imperiya seymi deb ham yuritilgan va quyidagi uchta kollegiya: kurfyuristlar kollegiyasi; knyazlar, graflar va ozod hukmdorlar kollegiyasi; shahar vakillari kollegiyasidan iborat bo`lgan. Bu kollegiyalar odatda alohida-alohida yig`ilishardi. Faqat tantanali va favqulodda hollarda birga-likda majlislar o`tkazishgan (XVII asrdan boshlab kollegiya imperiya tabaqalari yoki chinlari degan nom olgan edi).
Reyxstag odatda imperator tomonidan bir yilda ikki marta, ba`zan esa bir necha yilda bir marta chaqirilardi. Shuni aytib o`tish lozimki, XI asrning boshidanoq kurfyurstlar kollegiyasi reyxstagni o`z vaqtida (har olti oyda) chaqirilishini kuzatib turish huquqini qo`lga kiritib olgan edi. Masalalar kuriyalar bo`yicha alohida-alohida muhokama qilinib, so`ngra barcha kuriyalarning umumiy yig`ilishida oxirgi qaror chiqarilardi.
Reyxstagning kompetensiyasi ancha keng bo`lgan. U knyazlar o`rtasida tinchlik o`rnatish, umumimperiya qurolli kuchlarini tashkil etish, urush va tinchlik, boshqa davlatlar bilan aloqalar o`rnatish, umumimperiya soliq va majburiyatlarini belgilash, imperiya va knyazliklar doirasida hududiy o`zgartishlar qilish, imperiya hududini o`zgartirish va boshqa shu kabi masalalarni hal qilgan. Reyxstag qarorlari imperiya tarkibiga kiruvchi o`lkalarning idoralari tomonidan ijroga kiritilgan. Shu sababli reyxstag qarorlarining bajarilishi yetarlicha qattiq bo`lmagan. Reyxstag majlislari orasidagi davrda imperator o`z kengashi a`zolari ishtirokida farmonlar chiqarishi mumkin edi, lekin ular reyxstag tomonidan tasdiqlangandan so`ng kuchga kiritilardi.

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling