Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Mamlakatda kichik biznesning ahamiyati


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana15.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1776345
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Mamlakatda kichik biznesning ahamiyati. Germaniya. Bu davlat nomini 
eshitganda barchaning koʻz oldida qatʼiy tartib-intizom, sifat va gurkiragan iqti-
sodiyot gavdalanadi. Bugungi kunda iqtisodiy salohiyati hamda yalpi ichki 
mahsuloti hajmi boʻyicha Yevropada birinchi, jahonda toʻrtinchi oʻrinda 
turuvchiGermaniya postindustrial mamlakat hisoblanadi. Shu oʻrinda haqli savol 
tugʻiladi: Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada yuz bergan va Yevropadek 
ulkan oilaga namuna boʻlgan iqtisodiy Yevropadek ulkan oilaga namuna boʻlgan 
iqtisodiy moʻjiza siri nimada, qanday qilib ushbu davlat dunyodagi yetakchi mam-
lakatlar qatoridan joy olishga erishdi? 
Jahon ekspertlarining fikricha, nemis moʻjizasi zamirida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikka toʻla erkinlik berish hamda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash 
gʻoyasi mujassamdir. Germaniya federal statistika xizmati maʼlumotiga
koʻra, hozirgi kunda mamlakatda kichik biznes subyektlari soni 3,5 millionga yaqin. 
Bu mamlakatdagi barcha korxonalarning 80 foizi degani. Kichik biznes vakillarin-
ing asosiy qismi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida faoliyat yuritadi va ularning har 
biri 1 yilda oʻrtacha 700 ming yevro daromad koʻradi. Qayd etish joizki, mamlakat 
aholisining qariyb 70 foizi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat soliq hajmining 41 
foizi, yalpi ichki mahsulotining esa teng yarmi ushbu sektor hissasiga toʻgʻri keladi. 
Birgina misol. 2017 yilda Germaniyaning umumiy YAIM hajmi 3,70 trillion AQSH 


21 
dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion dollari aynan kichik biznes 
sektoriga tegishlidir. Nemis moʻjizasining yana bir yutugʻi – mamlakatda kredit tiz-
imi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganidir. Germaniya kredit tizimi aholini kredit olish orqali 
manfaat koʻrishi tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, mamlakatda kichik biznesni yoʻlga 
qoʻymoqchi boʻlgan nemis fuqarolari hech qanday muammolarsiz 20 yil muddatga 
50 ming yevrogacha imtiyozli davlat kreditini olishi mumkin. Tadbirkor dastlabki 2 
yil davomida ushbu kreditdan beminnat foydalanadi. Bu davrda bankdan olingan 
qarz uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, kredit foizlaritoʻlanmaydi. Keyingi 8 yilda 
esa bank kreditlari imtiyozli ravishda yiliga 4-5 foiz miqdorida toʻlab boriladi. 
Qarzdorlik summasi 11 yildan keyin qoplana boshlanadi. Bundan tashqari, hukumat 
ilmiy izlanishlarga oid loyihalarni 40 ming yevrogacha moliyalashtiradi. Bu, oʻz 
navbatida, iqtisodiyotda innovatsion yangiliklardan keng koʻlamda foydalanish im-
konini bermoqda. Biznes uchun yaratilgan erkinlik va imtiyozlar, xorij kapitali 
uchun cheklovlar yoʻqligi chet ellik tadbirkorlarning Germaniya iqtisodiyotiga faol 
investitsiya kiritishida asosiy omilga aylangan. Ammo bu Germaniyada omad bar-
chaga birdek kulib boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qaramay, koʻpchilik 
tadbirkorlar orasida kasodga uchrayotganlari ham bor. Bunday holatga tushib qol-
maslik uchun tadbirkor oldindan qatʼiy reja tuzishi, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni 
puxta oʻrganib, kerak boʻlganda konsalting xizmatidan foydalanishi talab etiladi. 
Bundan tashqari, nemis tilini bilish Germaniyada biznes qilishning eng muhim omil-
laridan biridir.
Mamlakat qonunchiligiga koʻra, tadbirkorlik – bu savdo faoliyati boʻlib, u bilan bir 
yoki bir necha kishi shugʻullanishi mumkin. Bunday faoliyat koʻchmas mulk va 
qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish, sugʻurta va bank faoliyati, logistika, ek-
speditorlik, rieltorlik, transport xizmati kabilarni oʻz ichiga oladi. 
Germaniyada savdo faoliyati bilan shugʻullanish yakka tartibdagi tadbirkorlik sifat-
ida baholanadi. Yuridik shaxslar esa foyda olish maqsadida davomli tarzda ish olib 
boruvchi firmalar hisoblanadi. Germaniyada tovarlarni savdo markasi ostida sotish, 
xizmat koʻrsatish, mamlakatdan qoʻshimcha qiymat soligʻi yoki bojlarsiz asbob-
uskuna, texnika hamda tovarlarni olib chiqib ketish, shuningdek, qoʻshimcha qiymat 
soligʻini qaytarish, banklarda hisob raqam, kredit kartalari va chek daftarlarini 
ochish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchun koʻp martalik biznes 
vizalariga ega boʻlish, imtiyoz asosida sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidi-
yalardan sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan foydalanish mumkin. 
Germaniyada kichik biznesning rivojlanishi oʻzaro ishonch asosiga qurilgan boʻlib, 
bunda 
xalq 
bankka, 
bank 
esa 
xalqqa 
ishonadi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling