Germaniyadagi maktab tizimi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni, yaʼni boshlangʻich maktablarni (1-4/6-sinflar) va birinchi va ikkinchi oʻrta maktablarni oʻz ichiga oladi
Download 16.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqGermaniyadagi maktab tizimi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni
Maktablar Tahrirlash
2019/2020 oʻquv yilida Germaniyada 32 332 ta umumta’lim maktablari, jumladan, 15 431 ta boshlangʻich maktab, 3 141 ta gimnaziya, 2 819 ta imkoniyati cheklanganlar maktabi, 2 130 ta integratsiyalashgan umumiy oʻrta ta’lim maktabi, 1 915 ta oʻrta maktab va 111 ta umumiy oʻrta maktab mavjud edi. 2009/2010 oʻquv yiliga kelib, jami 43577 ta umumtaʼlim va kasb-hunar maktablari, shu jumladan Germaniya Federativ Respublikasida 5200 ta xususiy maktablar mavjud edi. Xuddi shu davrda 11,7 mln atrofida oʻquvchilardan taxminan 945,000 nafari xususiy maktablarda tahsil oldi. Davlat muassasalari soni 41 886 tadan (1992-yil) 38 377 taga (2009-yil) qisqargani, xususiy muassasalar soni esa xuddi shu davrda jami 5 200 taga oshgani kuzatildi. Xususiy maktablar soni Germaniyaning sharqiy federal shtatlarida besh baravarga oshdi. Xususiy maktablar soni 1990-yillarda tugʻilishning keskin kamayishi sababli barcha maktablarning umumiy soni qisqartirilganda ham oʻsishda davom etdi. 2000--2009-yillarda Sharqdagi maktablar soni 29,5% ga kamaydi, lekin xususiy maktablar soni shu davrda 74,6% ga oshgan edi. Elementar taʼlim: maktab taʼlimining 1-bosqichiga tegishli boʼlib, maktabgacha muassasalar kiradi. Bular asosan bolalar bogʼchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʼlib, bolalar ota-onalar xohishiga koʼra 3 yil davomida ixtiyoriy qatnaydilar. Taʼlimning birinchi bosqichi (Primastufe). Yaʼni, boshlangʼich taʼlim. Bunga bolalar 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʼqish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi taʼlimning maqsadi – bolalarga taʼlimning ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda taʼlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat. Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yoʼnalishli bosqich”dir. Bunda bolalarni ularning iqtidoriga koʼra oʼquv muassasalarining kerakli turiga yoʼnaltiriladi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. Oʼquvchilar taʼlim haqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina oladilar. Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy taʼlim va muassasalarda kasbiy taʼlim kiradi. Muassasalarda kasbiy taʼlim “dual tizim” deb ham ataladi. Unda taʼlim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu oʼqishni tugatish oʼrta taʼlimni tugatish bilan teng boʼlib, yakunida faqat kasbiy sohada oʼqishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil oʼqib, oʼquvchilar umumiy shahodatnoma “etuklik attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy oʼquv yurtiga kirishga imkon beradi. Taʼlimning uchinchi bosqichi oliy maʼlumot haqida diplom beruvchi oliy oʼquv yurtlari va malaka oshirish oʼquv muassasalari. Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. Fuqarolar 6 yoshdan 18 yoshgacha majburiy tartibda taʼlim olishi nazorat qilinadi. Maktab taʼlim tizimi kuyidagi bosqichlarga boʼlinadi: • boshlangʼich (primarstufe), • oʼrta (sekundarstufe I) • yuqori (sekundarstufeII) Maktabgacha taʼlim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha boʼlgan bolalarda oʼz fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirib, boshlangʼich taʼlimga tayyorlaydi. Shu bois ham olmonlar bogʼchalarni "tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Boshlangʼich taʼlimda dastlabki 2 yil mobaynida oʼquvchilar baholanmaydi. Oʼqituvchilar baho oʼrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va oʼzlashtirish tavsifnomasi beriladi. Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat boʼlib, har biri shakliga koʼra turlicha boʼlgan taʼlim tizimiga ega. Taʼlim muassasalari asosan davlat tasarrufida boʼlib, ular uchun taʼlim dasturiga tegishli boʼlgan davlat koʼrsatmalari mavjud. Taʼlimni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) huqumatining konpetentsiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy rahbarlik ham bor: taʼlim vazirligi taʼlim siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqadi, OOʼYularini kengaytirishga mablagʼ ajratadi. Germaniya – taʼlim va kasbga yoʼnaltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlar davlati. Koʼplab Nobelь mukofoti laureatlari, yuqori darajadagi ilmiy izlanishdagi yutuqlarga ega boʼlgan, koʼp loyihalarga moliyaviy yordam berib kelayotgan, har xil davlatlardan kelgan oʼquvchilarni oʼqitadigan davlatdir. Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab taʼlimi davlat nazoratida. Mamlakatda oʼn oltita federal yer mavjud boʼlsa, ularning har biri oʼzining taʼlim toʼgʼrisidagi qonuniga ega. Shu sababli federal yerlarda maktab taʼlimida ayrim farqlar bor. Umuman olganda Germaniya taʼlim tizimi bir necha bosqichni oʼz ichiga oladi: 1. Elementar taʼlim: maktab taʼlimining 1-bosqichiga tegishli boʼlib, maktabgacha muassasalar kiradi. Аsosan bular bolalar bogʼchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʼlib, bu yerlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga koʼra ixtiyoriydir. 2. Taʼlimning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlangʼich maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʼqish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi taʼlimning maqsadi – bolalarga taʼlim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda taʼlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat. 3. Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yoʼnalishli bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga koʼra oʼquv muassasalarining kerakli turiga yoʼnaltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. Oʼquvchilar taʼlim haqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi. 4. Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy taʼlim va muassasalarda kasbiy taʼlim kiradi. Muassasalarda kasbiy taʼlim “dual tizim” deb ham ataladi, unda taʼlim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu oʼqishni tugatish oʼrta taʼlimni tugatish bilan teng boʼlib, yakunida faqat kasbiy sohada oʼqishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil oʼqib, oʼquvchilar umumiy shahodatnoma “etuklik attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy oʼquv yurtiga kirishga imkon beradi. 5. Taʼlimning uchinchi bosqichi oliy maʼlumot haqida diplom beruvchi oliy oʼquv yurtlari va malaka oshirish oʼquv muassasalari. Germaniyada maktabgacha taʼlim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bogʼchasi xayriya jamgʼarmalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham oʼz bogʼchasiga ega boʼlishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha boʼlgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda oʼz fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlangʼich taʼlimga tayyorlashda bogʼchalarning oʼrni katta. Shu bois ham olmonlar bogʼchalarni "tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Boshlangʼich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Oʼqish asosan 4 yil, Berlin va Brandenburgda esa 6 yil davom etadi. Dastlabki 2 yil mobaynida oʼquvchilar baholanmaydi. Oʼqituvchilar baho oʼrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va oʼzlashtirish tavsifnomasi beriladi. Oʼquvchilarga 3-sinfdan baho qoʼyila boshlaydi. 5-6 sinflar bolalarning rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda bolalar keyingi taʼlim turiga yoʼnaltirilishi uchun kuzatuvda boʼladi. Bolaning boshlangʼich sinflardan keyin qaysi maktab turida oʼqishni davom ettirishi boshlangʼich maktab tavsiyasi, uning oʼzlashtirishi hamda otaonasining xohishlariga bogʼliq. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Oʼquvchilar fanlarni eng kamida «4»ga oʼzlashtirishi kerak. Boshlangʼich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari oʼtiladi Download 16.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling