Germaniyadagi tarixiy maktab Reja
Download 431.19 Kb. Pdf ko'rish
|
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fridrix List
- «Siyosiy iqtisodning
Germaniyadagi tarixiy maktab Reja: 1. Germaniyadagi tarixiy maktab 2. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand) 3. Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish» Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, industrial rivojlanish yo'llaiini izladi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819- yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning Download 431.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling