Germaniyadagi tarixiy maktab


Download 21.43 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1536683
Bog'liq
Germaniyadagi tarixiy maktab.



Germaniyadagi tarixiy maktab.
Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus-trial rivojlanish yo'llaiini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi.

U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List dav¬latning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa¬ruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.


List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to'g'ri¬sidagi g'oyalar katta o'rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- qichga: badaviylik, cholponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo'ladi. Bunday bo'lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o'sishini har tomonlama qo'llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan iborat edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- dasi bo'lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo'jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko'rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy kiritayotganini ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi o'z tarixi va xo'jaligining xususiyatiga ko'ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o'rin olgan mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki urinish edi.
Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir.
Download 21.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling