Gerontalogiya – qarilik haqidagi fan


Gerontalogiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 33 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi33 Kb.
#184537
1   2
Bog'liq
Gerontalogiya 1 mavzu Imomnazarov H

Gerontalogiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Inson organizmida tug’ilishdan to o’limiga qadar uzluksiz morfologik, ximiyaviy, fiziologik, psixologik o’zgarishlar kuzatiladi. Qadimdan olimlar qarish sabablari va umrboqiylik sirlarini ochishga uringan, bu haqda falsafiy bahs, munozaralar yuritgan. Uning ildizlari juda qadimdan boshlangan bo’lib, qadimiy xitoy va hind olimlari asarlarida, Gippokrat to’plamlarida hamda Ibn Sinoning "Tib qonunlari"da o’z aksini topgan.

Qarilik muammolari bo’yicha I.I.Mechnikov, A.A.Bogomoles, I.P.Pavlov, A.V. Nagorniy, I.V.Davidovskiy va boshqa olimlar jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishgan. I. I. Mechnikov qarish jarayonini hujayralararo muntazam aloqalarning buzilishi va organizmda intoksikatsiya oqibatida metabolitlarning to’planishi bilan bog’lagan. I. P. Pavlov esa oliy nerv faoliyatidagi o’zgarishlarning qarish jarayoniga ta'sirini o’rgangan. A.A. Bogomoles qarish jarayonini biriktiruvchi to’qima strukturasi va funksiyasining buzilishi hamda undagi oqsillarning ximiyaviy kolloid holatining buzilishi bilan izohlaydi. A.V.Nagorniyning fikricha, qarish - hujayra sitoplazmasining o’z-o’zidan yangilanishining so’nishiga bog’liq.

Respublikamizning yetuk olimlaridan biri bo’lgan professor R.M. Nurmuhammedovning yoshi ulg’aygan kishilardagi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini jarrohlik yo’li bilan davolash muammolari ustida olib borgan ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.

Xo’sh, umuman, qarilik davrini qanday aniqlash mumkin 1963-yil Kiyevda o’tkazilgan Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash tashkilotlarining qarilik jarayoni haqidagi seminarida qabul qilingani bo’yicha:

45 yoshdan 59 yoshgacha – o’rta yoshlilar;

60 yoshdan 74 yoshgacha - keksalar;



75 yoshdan 89 yoshgacha - qariyalar;

90 yosh va undan katta yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar deb hisoblanadi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling