Gers dipoli -uchlarida metall sharlari boʻlgan va sharlar oraligʻiga Rumkorf gʻaltagi ulangan mis sterjen koʻrinishidagi oddiy antenna; G
Download 0.75 Mb.
|
Fizika 1-mustaqil ishi
2.7. Geteroo‘tishIar
Taqiqlangan zona kengliklari turlicha bo‘lgan yarimo'tkazgichlar tutashtirilganda hosil bo‘luvchi elektr o'tishlar geteroo'tishlar deb ataladi. Geteroo‘tish hosil qiluvchi yarimo'tkazgichlar kristali tuzilishi bir xil bo‘lib, kristali panjara doimiysi bir-birinikiga yaqin bo'lmog'i zarur. Bunday shartga quyidagi yarimo'tkazgich juftliklar javob beradi: germaniy — kremniy, germaniy — arsenid galliy, arsenid galliy — fosfld galliy va boshqalar. Geteroo‘tishlar optoelektron asboblarda (nurlanuvchi diodlar, yarimo'tkazgich injeksion lazerlar, fotodiodlar va boshqalar) keng qo‘llaniladi. Ge te ro o ‘tishlar asosida geterotuzilmalar yaratganligi, ular xususiyatlarini o'rgangan hamda yarimo'tkazgich asboblarning yangi turlarini hosil qilgani uchun akademik J.I. Alferov 2000-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Geteroo'tishli tuzilmalar kombinatsiyasining to'rt xilini amalga oshirish mumkin: p ,~ n 2> - n2, n; - p2 va p: - p2. Geteroo'tishlar xususiyatlarining farqi, ularning energetik diagrammalaridan kelib chiqadi. p, - n2 geteroo'tish zonalar energetik diagrammasini ko'rib chiqamiz. Yarimo'tkazgichlarning ^-turlisi tor taqiqlangan zonali, n turlisi esa keng zonali bo'lsin. Zonalar energetik diagrammasi qurilishiga ortiqcha e ’tibor qaratmasdan, uning eng muhim xususiyatini elektron va kovaklar uchun potensial to'siqlar qiymati turlicha ekanligini aytib o'tamiz. Ushbu tuzilma o'tkazuvchanlik zonadagi elektronlarga bo'lgan 2.9-rasm. p :-n2 (a) va nr n, (b) geteroo‘tishlaming energetik diagrammalari. potensial barer (EPB) valent zonadagi kovaklar uchun potensial barer (KPB) ga nisbatan kichik. To‘g‘ri kuchlanish berilganda EPB kamayadi va elektronlar nyarimo‘ tkazgichdan p-yarimo‘tkazgichga injeksiyalanadi. Bunda qo'shni sohadagi KPB kamaysa ham, kovaklarning /7=sohadan nsohaga injeksiyalanishiga yo‘l bermaydigan darajada kamayadi. S h u n in g u c h u n k o v a k la r p - s o h a d a n / /- so h a g a d ey a r li injeksiyalanmaydi. Ushbu xususiyat geteroo‘tishlarning gornoo'tishlarda amalga oshirib bo'lmaydigan qator xususiyatlarini belgilaydi. Masalan, tranzistorning baza sohasi emitterga nisbatan yuqoriroq legirlangan bo‘lsa ham, emitterning injeksiya koeffitsientini birga yaqin b o ‘lishiga erishish mumkin. Bu n d an ta sh q a r i, kontaktlashuvchi yarimo‘tkazgichlar o ‘tkazuvchanlik turi bir xil (//; - //, va Pj -/>,tuzilmalar) boMganda ham geteroo‘tishlarda to‘g‘rilash xususiyati saqlanadi. Masalan, n; - n 7 tuzilma zonalar energetik diagrammasidan, /// — yarimo‘tkazgich //, — ga qaraganda tor taqiqlangan zonali bo‘lganida (2.9-rasm), to‘g‘ri ulanish amalga oshirilsa, injeksiyalanuvchi zaryad tashuvchilar nt va n ? sohalarning asosiy zaryad tashuvchilari bilan bir xil ishoraga ega bo'ladi. Shunday qilib, geteroo‘tishlarda bir tomonlama injeksiya bo ‘lganligi (noasosiy zaryad tashuvchilar injeksiyasi bolmagani) sababli, elektron asboblar tezkorligini oshirish imkoni yaratiladi. Ideallashgan geteroo'tish VAXi (2.9) formula bilan aniqlanadi. Geteroo‘tishlarning boshqa muhim xususiyatlari tegishli bo'limlarda ko‘riladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati . 1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2. A.G.G’aniyev , A.K.Avliyoqulov , G.A.Alimardonova . FIZIKA ( I – qism ) . Darslik .Toshkent . 2011 y. 3. Q.P.Abduraxmanov, O’.Egamov. “FIZIKA”. Darslik. Toshkent. 2015 y. 4. ELEKTRONIKA 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 5311300 — “Telekommunikatsiya ”, 5311200 — “Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish”, 5311300 — “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” , 5311400 — “Mobilaloqa tizimlari”, 5111000 - “Kasb ta 'limi”yo ‘nalishlarida ta ’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan Foydalanilgan internet saytlari . 1. www.fizika.uz 2. www.wikipedia.org 3. www.google.com 4.www.Fayllar.org Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling