Gersin burmalanishi


Download 15.01 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi15.01 Kb.
#1683674
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Gersin burmalanishi


Gersin burmalanishi (Varis, Varissiy burmalanishi) —paleozoy erasi ikkinchi yarmi (devon oxiri —trias boshi)da sodir boʻlgan jarayonlar majmui. Bu davrda poʻsti Yer tarixida eng kuchli deformatsiyalardan biriga uchragan. Paleozoy geosinklinallarida jadal burmalanish, togʻ hosil boʻlishi va granitoidli intruziv magmatizm namoyon boʻlgan va natijada burmali togʻ sistemalari —gersinidlar (Gersin Yevropasi deb atalmish Gʻarbiy Yevropa, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun va b. burmalangan togʻ sistemalari) vujudga kelgan. G. b. asosan ordoviksilurda va devonning boshida, unga nisbatan qadimroq boʻlgan bay kal asosida vujudga kelgan dengiz choʻkindilari, vulkan jinslarining qalin qatlami bilan toʻlgan. Varissiy varis burmalanishi terminini nemis olimi E. Zyuss fanga kiritgan. G. b. ikki davrni oʻz ichiga oladi.
G. b.ning birinchi davri — breton (Amerikada —akad) (devon oxiri — karbonning boshlanishi) — Appalachi togʻlarida, Kanada Arktika arxipelagida, And togʻlari, Markaziy Osiyo (Kunlun) va Gʻarbiy Yevropada paleozoy geosinklinalining markaziy qismida namoyon boʻlgan. G. b. asosiy davri —sudet (ilk karbon oxiri —oʻrta karbon boshlanishi) —Yevropa gersinidlarining burmali strukturalarining hosil boʻlishida, paleozoy davri geosinklinallarining burmalangan togʻ sistemalariga aylanishida muhim rol oʻynagan. G. b. dan keyin ilk bor Gʻarbiy, Markaziy va Jan. Yevropa, Shim.-Gʻarbiy Afrika (Marokash Mesetasi), Shim. Kavkaz va Kavkazoldi, Ural, Tyanshan, Oltoy, Mongoliya, Katta Xingan, Appalachi va Uoshito togʻlari, Kanada, Avstraliya Alp togʻlari va b. togʻ tizmalari hosil boʻlgan.
Shim. Amerika Kordilyera togʻlarida G.b. bir qancha ichki koʻtarilmalarni hosil kalgan Gersin togʻ hosil boʻlish jarayoni, shuningdek Yevropaning shim.gʻarbi, Markaziy Krzogʻiston, Oltoy-Sayan burmali oblastining sharqiy qismi va b. joylardagi kaledon burmali oblastlariga ham tarqalgan. Oʻrta dengiz mintaqasi (Dinaridlar —Ellenidlar, Anadolu togʻliklari, Kavkaz va Hinduqush togʻlarining jan. yon bagʻrilari va Markaziy Pomir) da G. b. tugay boshlaydi, ammo shu mintaqaning Gʻarbiy va Jan.Sharqiy Osiyo qismida Himolay togʻlari, Myanma, Malakka ya. o.gacha boʻlgan joylarda G. b. bir oz koʻtarilmalar, choʻkindi toʻplanish jarayonida esa tanaffusli uzilishlar xolida boʻlgan.
G. b.dagi granit hosil boʻlish qoʻrgʻoshin, rux, mis, qalay, volfram, oltin, kumush, uran, ruda konlarining Yevropa, Osiyo (Tyanshan va boshqalar), Sharqiy Avstraliyada tarkib topishiga sabab boʻlgan. Gersinidlarning togʻ oldi va togʻliklararo bukilmalarida yirik toshkoʻmir havzalari [Jan. Uels, Frank-Belgiya, Ukraina (Donesk), RF (Pechora, Kuznesk)], shuningdek tosh va kaliy tuzlari konlari (Ural oldi bukilmasi) bor.
Download 15.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling