Geshtaltpsixologiya


Download 34.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi34.93 Kb.
#248004
Bog'liq
Geshtaltpsixologiya - Vikipediya



Geshtaltpsixologiya

Geshtaltpsixologiya (nem. Gestalt —

shakl, obraz, qiyofa, tashqi koʻrinish va

psixologiya) — psixologiyadagi

oqimlardan biri. 20-asrning 20— 30-

y.larida Germaniyada yuzaga kelgan. G.

fon Erenfelsning yaxlitlik idrokning asosiy

sifati deb hisoblaydigan taʼlimotiga

asoslanadi. Assotsiativ psixologiyaga

(qarang Assotsiatsiya) zid ravishda G.

psixikaning birlamchi va asosiy elementi

sifatida sezgilarni emas, balki yaxlit

obrazlar — geshtaltlarni tan oladi. G.




tarafdorlari (M. Vertxeymer, V. Kyoler, K.

Koffka, K. Levin va b.) psixika mohiyatini

idrokning oʻziga xosligi, yaxlitlik bilan

izoxlaydilar. G. namoyandalari asarlarida

idrokning shakllanishida tajribaning oʻrni

oʻrganilmagan va bunga eʼtibor ham

berilmagan. Ular nuqtai nazariga koʻra,

geshtaltlar (obrazlar) goʻyo odam

miyasidagi elektrik jarayonlar tufayli

yuzaga keladi. 20-asrning 40-y.larida V.

Kyoler miyadagi elektr maydonlari oʻzaro

munosabatlari xususidagi fikrni miya

qismlari elektr zaryadlari bilan toʻyinishi

haqidagi gʻoyalar bilan toʻldirdi. Bu elektr

zaryadlar miyaning u yoki bu qismida

uzoq vaqtli qoʻzgʻalishlarni yuzaga

keltiradi. Ularning miya bir qismidan



kamroq toʻldirilgan boshqa qismiga

oʻtishi ayrim illyuziyalarni va idrok

xususiyatlarini paydo qiladi.

Geshtaltpsixologlarning eksperimental

metodikasi va ular orqali olingan

maʼlumotlar idrok va tafakkur

psixologiyasini maʼlum darajada boyitdi.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Adabiyotlar



Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling