Gess qonuni. Entropiya. Massa energiyaning o‘zaro bog‘liqligi
Download 20.53 Kb.
|
Termokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Entalpiya va ichki energiya
Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan: yuqori temperaturada suvning par-chalanish reaksiyasi
2H2O=2H2+O2-Q energiya sarf qilish xisobiga boradi. Demak; u12. Yuqoridagi misoldagidek; dastlabki moddalarning zapas energiyasi u1 va mahsulotning zapas energiyasi u2 bilan belgilab quyidagi tenglamaga ega bo‘lamiz: Q= u1-u2 yoki u1-u2=Q Termokimyoviy tenglamalarda reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishuvchi moddalarning mol soniga proporcional bo‘ladi va odatda kilokalloriya (kkal) yoki kilojoullar (kJ) bilan ifodalanadi. Entalpiya va ichki energiya Kimyoviy reaksiyalar odatda o‘zgarmas bosimda (masalan, ochiq kolbada) yoki o‘zgarmas hajmida (masalan, avtoklavda) boradi . O‘zgarmas bosimda boradigan jarayonlar izobarik, o‘zgarmas hajmida boradigan jarayonlar izoxorik jarayon deyiladi. Izobarik jarayonda sarf kilingan issiqlik Q sistemaning ichki energiyasini ∆U ga qadar o‘zgartirish va tashqi kuch A ga qarshi ish bajarish uchun kyetadi:Q=∆U+A yoki ∆U=Q-A Tashqi kuchga qarshi ish sistema hajmini ∆ע ga o‘zgartirish uchun tashqi bosimga qarshi bajarilgan ishdir. A=P(v2-v1)=P∆v Demak, izobar jarayonning issiqlik efekti Q p=∆u+P∆v ga teng Agar ∆u+R∆v yig‘indini ∆N bilan ifodalasak. Q p=H2 – H1=∆H kelib chiqadi ∆N ning qiymati entalpiya o‘zgarishi (issiq tutum) deyiladi . Shunday qilib, izobar jarayonda issiqlik effekti sistema entalpiyasining o‘zgarishiga teng. Izoxorik jarayonda sistemaning hajmi o‘zgarmaydi va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarilmaydi. Shuning uchun A=Q. U vaqtda; Q=U2 – U1=∆U Demak, kimyoviy reaksiya o‘zgarmas hajmida borsa, ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik Q sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga teng bo‘ladi. Download 20.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling