Geterogen reaksiyalar tezligi va tezlikni oshirish


Download 0.71 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1556474
  1   2   3
Bog'liq
Geterogen reaksiyalar tezligi va tezlikni oshirish talablari (2 (1)


Geterogen reaksiyalar tezligi va tezlikni oshirish
Reja:

Gomogen jarayonlarda aralashtirilish moddalarni butun hajm buyicha konsentratsiyani tekis taksimlanishiga va ta'sirlashuvchi moddalarning ko`payishiga ijobiy ta'sir kursatadi. Geterogen jarayonlarda (G-S, G-K, K-S, S- S) sistemalarda fazalar aralashuvi bo`lmaganda massa almashinuv moleqo`lyar diffuziya bilan belgilanadi. Kurib chikilgan usullar, asosan jarayonning sekin boradigan bosqichi tezlik konstantasini oshirish uchun qo`llaniladi.


Fazalar ta'sirlashuv yuzasini (F) oshirish geteogen sistemalarda fazalarning agregat holatiga, ya'ni: G-S, G-K, K-S, S-S (o’zaro aralashmaydigan) va K-K sistemalarda jarayon olib boriladigan sharoitga ya'ni: bosim, harorat reagentlar konsentratsiyasi, katalizatorlar va boshqalarga bog`liq.
A. Gaz-suyuq sistemada ta'sirlashuvchi yuzani hosil kilish usullarini va apparatlarning ishlash prinsipini turt hil sinfga bo`lish mumkin:
1. Apparat nasadkasida suyuqlikni yupka kavat kilib yoyish berish. Bu apparat nasadkali minora deyiladi. Suyuqlikning gaz bilan ta'sirlashuv yuzasini hisoblash uchun nasadkaning suyuqlik bilan koplangan yuzasi hisoblanadi.
2. Apparat kamerasiga butun hajm buyicha pnevmatik yoki mehanik usul bilan suyuqlikni sachratib berish. Bu apparatlar suyuqlikni sachratib beruvchi minoralar yoki sochuvchi kameralar deb nomlanadi. Ta'sirlashuv yuzasi har bir tomchi yuzasiga teng.
3. Fazalar ta'sirlashuv yuzasida suyuqlik hajmida gazning disperslanishi barbotaj yuli bilan, ya'ni minoradagi suyuqlik qatlamidan gaz pufakchalarini utkazish. Ta'sirlashuvchi fazalar yuzasi pufakchalar yuzasiga teng. Kizdirish va absorbsiya uchun bir pogonali barboterlar va minoralar qo`llanadii.
4. Hrakatchan ko`pikning mavhum kaynash qatlamini hosil kilish. Buning uchun apparatning pastki panjara kismidan gaz yuqoriga karab katta tezlikda suyuqlikdan utkaziladi. Natijada mavhum kaynash qatlami hosil bo`ladi. Ko`pikli apparatlarda ta'sirlashuv yuzasi katta bo`ladi.
B. Gaz-kattik (G-K) va suyuq-kattik (S-K) sistemalarda yuqori fazalar ta'sirlashuv yuzasigaqattiqmoddalarni maydalash yoki granullash bilan erishiladi. Ta'sirlashuvchi yuzani oshirish uchun: birinchidan moddaning dispersligini oshirish, ikkinchidan apparatdaqattiqzarrachalarni gaz yoki suyuqlik bilan ta'sirlashuvi uchun mahsus sharoit yaratish kerak (15-rasm).
15-rasm. ^atlam kalinligi buyicha konsentratsiyaning uzgarishi.
1-gaz; 2-kattik reagent; 3-gazning chegara qatlami;

Yuzani kengaytirish usullarini turtta sinfga bo`lish mumkin:


1. Apparat tokchalaridagiqattiqzarrachalarni mehanik aralashtirgichlar bilan aralashtirib turib gaz yoki suyuqlik bilan yuvish. Aralashtirilganda yuza yangilanadi va ta'sirlashuv yahshilanadi.
2. Maydalanganqattiqzarrachalarni suyuqlik yoki gazning umumiy kajmida (oqimida) buyicha aralashtirish. Gaz-kattik, suyuq-kattik sistemalar uchun mayda disperslikka ega bo`lgan zarrachalar turbo`lent oqimga yoki suyuqlik bilan birga uzatiladi.
3. Gaz yoki suyuqlik oqimini panjara ustiga joylashtirilganqattiqmaterial bo`lakchalari yoki granulalari orkali utkazish. Bunda gaz yoki suyuqlik oqimi granula yokiqattiqmaterial bo`lakchalarini yuvadi. Yuvuluvchi qatlam gaz yoki suyuqlik oqimi tarkibidagiqattiqzarrachalarni uzida ushlab qoladi.
4. Mavkum kaynash qatlamida aralashtirish. Mavkum kaynash qatlami maydalangan zarrachalar kavatidan gaz yoki suyuqlikni pastdan tepaga juda katta tezlik bilan berilayotgan paytda kosil bo`ladi. Bunda zarrachalar suyuqlik yoki gazda sakrab, suzib usha qatlamni tark etmaydi. Gidrodinamik ta'sirlashuvga kura kaynash qatlami G-K sistemada huddi ko`pik qatlamiga uhshaydi. S-K sistema uchun suyuqlikning chiziklik tezligi bo`lgani sababli (sekundiga bir necha mm dan 10-30 sm gacha) bu sistemada mavkum kaynash qatlami ishlab chikirishda kam qo`llanadii.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling