Gidravlik turbina, gidroturbina suyuklik oqimi (mas, dare suvi) yordamida ishlaydigan turbina


Download 197.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi197.79 Kb.
#1350241
Bog'liq
Gidravlik turbina - Vikipediya



Gidravlik turbina
Gidravlik turbina, gidroturbina — suyuklik oqimi (mas, dare suvi) yordamida ishlaydigan turbina.
Ishlash tarziga qarab, G. t. faol turbina (suv oʻz tabiiy okimi bilan taʼsir qiladi) va reaktiv turbina
(suv bosim ostida beriladi)ga; tuzilishi boʻyicha vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Faol G.-
t. lar ichida kovsh (choʻmich)li turbinalar keng tarqalgan. Reaktiv G. t. lar suv oqimi yoʻnalishi
boʻyicha oʻqaviy va radial-oʻqaviy turbinalarga boʻlinadi. Yirik G. t. ish gʻildiragining diametri 10 m
ga yetadi, quvvati 500 MVt dan oshadi. G. t. dan gidroelektr st-yalarda generatorlarni
harakatlantirish uchun foydalaniladi.
5 - suv kiradi


Gidroturbina, suv turbinasi —suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat
beradigan parrakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish
uchun qoʻllaniladi. Ishlash tarziga kura G. faol (aktiv) va (reaktiv) xillarga, ish gʻildiragi valining
joylashtirilishiga koʻra, vertikal, gorizontal va qiya oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. G.ning asosiy
ish organi ish gʻildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish gʻildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa
suv bosim ostida yoʻnaltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish gʻildiragiga keladigan va
undan chiqadigan suv bosimi bir xilda (atmosfera bosimiga teng) boʻladi. Reaktiv G.da ish
gʻildiragiga beriladigan suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning
bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam boʻlishi mumkin. Suv oqimining ish gʻildiragiga
taʼsiri yoʻnalishi boʻyicha reaktiv G. oʻqaviy va radial-oʻqaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli
boʻyicha bir marta rostlanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga boʻlinadi. Faol G. koʻpincha
kovshli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga boʻlinadi. Parsial G.da suv ish
gʻildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning oʻzida ish
gʻildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda
beriladi va ish gʻildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik
rostlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va koʻtarilish suv
elektr stansiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda
dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlaydigan dvigatel-generatordan tashkil topgan
gidroagregatlar qoʻllaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni
takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va koʻpga chidamliligini oshirish va
b.
Gidruturbina turlari
Pelton turbinasi
Suv energiyasini (kinetik va potentsial suv energiyasini) mexanik energiyaga aylantiradigan
impuls turbinasi. Keyinchalik bu mexanik energiya elektr alternator yordamida elektr
Gidroturbina


energiyasiga aylantirilishi mumkin. Ushbu turdagi turbina 1880-yilda Lester Pelton tomonidan
yaratilgan. U ancha sodda dizaynga ega. Katta aylana disk, g'ildirak atrofida teng ravishda
joylashgan chelaklar deb nomlanuvchi chashka shaklidagi pichoqlar o'rnatilgan. Odatda,
chelaklar disk atrofida juft bo'lib joylashtirilgan bo'ladi.
Kaplan turbinasi
Bu bir necha o'n metrgacha bo'lgan kichik suv sathlari uchun ishlatiladigan gidravlik reaktiv
turbinadir. Oqim har doim bo'lagnligi uchun ko'proq energiya olish mumkin. U 1913-yilda
avstriyalik professor Viktor Kaplan tomonidan ixtiro qilingan.
Frensis turbinasi
Gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish uchun dunyoda eng ko'p ishlatiladigan elementlardan
biri. U Jeyms B. Frensis tomonidan ishlab chiqarilgan va reaktsiya va aralash oqim orqali
ishlaydigan turbo mashinadir. Ular turli xil sakrash va oqimlarni berishga qodir va ikki metrdan
bir necha yuz metrgacha bo'lgan nishablarda ishlaydigan gidravlik turbinalardir.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Gidravlik_turbina&oldid=284
0156
" dan olindi
Yana q.
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 197.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling