Gidravlik yo’qotishni ikki turi. Tezlik va sarfni o’lchash usullari hamda asboblari reja: G
Download 1.02 Mb.
|
6,GIDRAVLIK YO’QOTISHNI IKKI TURI.TEZLIK VA SARFNI O’LCHASH USULLARI HAMDA ASBOBLARI
α=f(Re, F0, D)
bu еrda D – quvur diametri. Siqiluvchi muhit sarfini o’lchashda, ayniqsa, bosimlar farqi katta bo’lganda, modda oqimi toraytirish qurilmasidan o’tayotgandagi bosimning o’zgarishi natijasida modda zichligining o’zgarishini e‘tiborga olish zarur. Lekin gaz yoki bug’ning toraytirish qurilmasidan o’tish vaqti ko’p bo’lmagani sababli, moddaning siqilishi va kengayishi adiabatik ravishda, ya‘ni issiqlik almashuvsiz o’tadi. Unda quyidagi tenglama o’rinli bo’ladi: (3) bu еrda Н – adiabata ko’rsatkichi. (1), (2), (3) tenglamalarni birgalikda еchsak, gaz yoki bug’ sarfini hisoblash formulalari quyidagi shaklga keladi: ; (4) (5) bu еrda ε- kengayish koeffitsientiga kiritilgan tuzatish. (6) Demak, gaz va bug’ sarfini hisoblash formulalari suyuqlik sarfini hisoblash formulasidan ε koeffitsientining mavjudligi bilan farq qiladi. Agar ε=1 bo’lsa, bu formulalarni siqilmaydigan suyuqliklar uchun ham qo’llash mumkin. Hisoblashni qulaylashtirish uchun toraytirish qurilmasi teshigining yuzasi o’rni uning d diametri olinadi. Bundan tashqari, tajribada soatli sarfdan foydalanish qulay. Shuni nazarda tutib bir qator o’zgartirishlardan so’ng quyidagi soatli hajmiy va massaviy sarf formulasiga ega bo’lamiz: (7) (8) ko’pincha sarfni quvur diametri D orqali ifodalash lozim bo’ladi. Unda «toraytirish qurilmasi moduli» tushunchasi kiritiladi: (9) (7) va (8) formulalarga m ni kiritsak, (10) (11) (10) va (11) formulalar asosiy hisobiy formulalaridir. Bu tenglamalarni qo’llab toraytirish qurilmalarining hisobi bajariladi va bosimlar farqini o’lchashga mo’ljallangan differensial manometrning ko’rsatkichlari tanlanadi. 3. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o’lchagichlar – rotametrlar tajriba sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning ravon o’zgaruvchi hajmli sarfini o’lchashga mo’ljallangan (Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf indikatori sifatida ham ishlatiladi. Asbobning ishlash prinsipi o’lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o’tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari orasidagi o’tish kesimi o’zgaradi, natijada o’tish kesimidagi oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo’lib, uncha katta bo’lmagan sarflarni o’lchashga imkon beradi; bosimning yo’qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta: Asbobning o’lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan iborat. Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. Pastdan yuqoriga o’tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqori ko’taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma‘lum balandlikda to’xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko’rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya‘ni o’lchanayotgan muhitga batamom cho’kkan paytdagi og’irligi (12) bu еrda -qalqovichning og’irligi, kg; – qalqovich hajmi, m3; – qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og’irligi, kg/m3; J- o’lchanayotgan muhitning solishtirma og’irligi, kg/m3. Bu holda qalqovichning og’irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning og’irligi yuqoriga yo’nalgan kuch bilan muvozanatlashadi: Muhitning o’zgarmas oqimiga mos bo’lgan qalqovichning muvozanat holatidagi og’irlik va itaruvchi kuchi o’rtasidagi tenglik quyidagicha: Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling