Gidravlika va


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet1/30
Sana05.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
73665

К .   L a t i p o v ,   О .   A r i f j a n o v  

Н .   K a d i r o v ,   В .  T o j b o v

GIDRAVLIKA VA

MASHINALAR



0 ‘Z B E K IS T 0 N   RESPUBLIK ASI  OLIY VA  0 ‘RTA 

M AXSUS  T A ’LIM VAZIRL1GI

GIDRAVLIKA VA GIDRAVLIK 

MASHINALAR



(O ‘zbekiston Respublikasi O/iy va  о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi oliy texnika о ‘quv 

yurilari uchun о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etgan)

Alisher Navoiy nomli nashriyot



01 iy v a o ‘rta  maxsus,  kasb-hunarta‘limi  ilmiy-metodik birlashmalari  faoiiyatini  muvofiqiushtiruvchi  Kengasb

tomonidan nashrga tavsiya etilgan



DDK:

  62-522(075)

KBK: 30.123 

G 45


Latipov Q. A rifjanov O. K adirov H. Tosbov B.

G 45 


G idravlik va gidravlik m ashinalar/ o ‘quv qo‘Hanma.- Navoiy:  Alisher Navoiy  nomli nashriyot, 2013.

425 b.


ISBN 978-9943-4168-0-2 

Taqrizchiiar:

Bozorov O. Sh.  Toshkent davlat texnika universiteti dots.

M ahkam ov S. M.  Toshkent arxitektura -  qurilish instituti  dots.

0 ‘quv  qo ‘Uanmada  um um iy  gidraviikam ng  asosi,  m arkazdan  qochm a  v a  o ‘qiy  h a ^ d a   uvurmali  va  oqimchali  nasnslai'  - 

kurakli  gidrom ashinalar.  uinrdn  suvuqliklarning  harakai  qilisli  qonunlan,  nasoslarnirig  xarakteristikalari  va  ulardan  fovdalanish, 

nasoslarning  ishlash  ihegaralari  va  ularda  kavitatsiya  hatnda  gidravlik  zarbaga  qarshi  kurasli  usullan  bayon  etilgan.  Gidrodinaniik 

uzatm alai,  u lam m g  nazaviyasi  va  xaraktenstika\ari  keUirilgan.  K itobning  ko^p  qism t  hajmiy  gidrom ashinalarga,  hajmiy 

gidroyuritm alarga bag‘ishlaugan  v a h a rb irq is m m a s a la la r echimi  bilan  boyitilgan.

0 ;quv  q o ‘!lanma  0 ‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o ‘rta  m axsus  ta 'h m   vazirligi  tomonidan  mazkur  kurs  ucliun  tasdiqlangan 

o ‘q u \  dasturi  aso sid ay o zilg an  b o ‘!ib, u dasturning ham m a bo 'lim larin i o 'z  icbiga qam rab olgan.

У кув  кч-лланмада  ум умий  гидравликанинг  асоси,  марказдан  кочм а  в а  ^кий  хамда  уюрмали  ва  окимчали  насослар  - 

куракли  гидром аш иналар,  уларда  сую кликларнинг  харакат  кнлиш  конунлари,  насосларнннг  характеристикалари  ва  улардаи 

фойдапаниш ,  насосларнннг  иш лаш   чегаралари  ва  уларда  кавитация  хамда  гидравлик  зарбага  каршн  кураш  усулларн  бнён 

этилган;  Г идродинам ик  узатмалар,  уларнинг  назарияси  ва  характеристикалари  келтирилган.  Кигобнмнг  куп  кис ми  хажмий 

п т р о м аш н н а л ар га ,  хаж мий  i идрою ритмаларга багишланган  ва  .чар бир  кием масалалар ечими  билан бойитнлган.

Китоб  У збекистои  Республикаси  олий  ва  урта  махсус  таълим   вазирлиги  томоиидан  мазкур  курс  учун  тасдикдапган 

5'кув дастури  асосида ёзилган булиб, у дастурнинг \ а м м а  булимларини у з ичига камраб олган.

Излож ены основы   обш ей  гидравлики,  рассмотрен  рабочий  процесс лопастны х  гндромашин -  центробежных  и  осевых 

насосов,  а  такж е  вихревых  п  струйных  насосов;  даны   теория  и  расчёт  этих  маш ин,  описаны  пх  эксплуатационные  свойства  и 

характеристики,  способы   устранения  кавитации  и  гидравлического  удара  в  них;  рассмотрены  устройства,  основы  теории  и 

характеристики  гидродинамических  передач. 

Значительная 

часть  посвящ ена  объемным  гидромаш инам,  объёмному 

гидроприводу.  Каждая  часть  книги дополнена  примером решения задач.

К н и га  написана  в  соогветствии  с  учебной  программой  указанного  курса,  утвержденной  М инистерством,  высшего  и 

среднего специального образования  Республики  Узбекистан,  и содерж ит все  основны е разделы этой программы.

Bases  o f  the  general  hydraulics  are  stated  in  this  text-book,  also,  w orking  process  spaded  hydro-cars  -  centrifugal  and  axial 

pumps,  and  also  vortical  and je t  pum ps  is  considered;  the theory  and  calculation  o f  these cars  are  given,  their operational  properties  and 

characteristics,,  w ays  o f   elim ination  o f   cavitations  and  hydraulic  blow   in  them   are  described;  devices,  bases  o f   the  tlxeocy  an d   the 

characteristic  o f  hydrodynam ic  transfers  are  considered.  T he  considerable  part  is  devoted  to  volume  hydro-cars,  a  volume  hydro-drive. 

Each part o f  the book  is added by  an  example o f  the decision o f  problems.

The  book  is  written  according to the curriculum  o f  the specified course confirm ed by the M inistry o f  the higher and secondary- 

specialized education o f  the R epublic o f  Uzbekistan, and contains all  basic sections o f  this program.

UDK. 62-522(075)

KBK:  30.123.31.56

©  Q.  Latipov, O.  Arifjanov, H. Kadirov, B.  Toshov, 2013 

AUsVrer N avoiy norali iw shtiyot, 20}3.

2

ISBN 97S-994j,-4J 68-0-2



Э - Ы о $ ф  

/


0 ‘zbekiston  Respublikasining  "Ta’lim  to‘g‘risida"gi  qonuni  va  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturida belgilangan vazifalami ro‘yobga chiqarish, ta’lim jarayonini 

yuqori saviyali davlat tilidagi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni talab. etmoqda.

Ta’lim  tizimida  amalga  oshiralayotgan  islohatlar  oliy  texnika  ta’lim  o‘quv 

yurtlarining  talabalarini  o‘zbek  tilida  yozilgan  texnika  adabiyoti  bilan  toiiq 

ta’minlashdek dolzarb vazifani o‘rtaga qo‘ydi.

"Gidravlika,  gidromashinalar  va  gidroyuritmalar"  darsligi  ilk  marotiba  davlat 

tilida  professor  K.Sh.  Latipov  tomonidan  yaratilgan  edi.  Mazkur  kitobni  tayyorlashda 

yuqorida  zikr  etilgan  darslikka  asoslandi  va  o‘quv  qo‘llanmaninig  yangi  nashri  bu 

yo‘nalishda 

fanda  erishilgan  songi  yutuqlar  va  amaliy  mashg‘ulotlar  uchun 

moMjallangan  amaliy  masalalar  va  ularni  zamonaviy  uslublarda  (EHM  yordamida) 

yechish tartibi  bilan bovitildi.

0 ‘quv  qoilanma  gidravlik  jarayonlarni  ifodalovchi  qator  mavzulami  qamrab 

oladi.  Kitob  soha  mutaxassislari,  magistratura  mutaxassisligi  talabalari  ham 

foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

0 ‘zbek tilida texnikaga oid,  shu jumladan gidravlikaga oid  atamalami  sof o'zbek 

tilida  berish  ancha  mushkul  ish  bo‘lganligi  tufayli  mualliflar  bu  borada  jiddiy 

qiyinchiliklarga  uchradilar.  Shuning  uchun  o‘quv  qo‘llanmada  ishlatilgan  ba’zi 

atamalarga  e’tiroz  bildirilishi,  ular  bir  qarashda  g‘alati  tuyulishi  mumkin.  Lekin, 

imonimiz komilki, o‘zbek tilida nashr etiladigan texnika adabiyoti  ко‘pay a borishi bilan 

bu  atamalarga  aniqliklar  kiritiladi  va  ular  adabiyotda  hamda  iste’molda  o‘z  o‘mini 

topadi.

|Qo’llanm ato'g‘risidagi  barcha  do‘s ton a  fikr-mulohazalami  mualliflar  mamnuniyat 



bilan qabul  qiladilar.

Mualliflar

Suyuqliklaming  muvozanat  va  harakat  qonunlarini  o‘rganuvchi  hamda  bu 

qonunlami  texnikaning  har  xil  sohalariga  tadbiq  etish  bilan  shug‘ullanuvchi  fan 

gidravlika deb ataladi.

Gidravlika  suyuqliklarda  kuchlaming  tarqalishi  va  uning  harakat  davomida 

o'zgarib  borishi  qonunlarini  har  xil  qurilmalar  va  mashinalarni  hisoblash  hamda 

loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug‘ullanadi.

Gidravlika  shuningdek,  gidrotexnika,  irrigatsiya,  suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya, 

neft  mexanikasi  kabi  bir  qancha  fanlarning  asosi  hisoblanadi.  Insoniyat  tarixining 

dastlabki  davrlaridayoq  suvdan  foydalanish  hayotda  ma’lum  o‘rin  egallagan. 

Arxeologik  tekshirishlar  odamlar  juda  qadim  zamonlardanoq  (eramizdan  4000-2000 

yillar  aw al)  turli  gidrotexnika  inshootlari  qurishni  bilganliklarini  ko‘rsatadi.  Qadimgi 

Xitoyda, Misrda,  Gretsiyada, Rimda,  Markaziy  Osiyoda va boshqa ibtidoiy madaniyat 

o‘choqlarida  kemalar,  to‘g‘onlar,  suv  taminoti 

va  sug‘orish  sistemalari  bunyod 

etilganligi  to‘g ‘risida  ma’lumotlar  mavjud.  Bu  qurilmalaming  qoldiqlari  hanuzgacha 

saqlanib  qolgan.  Lekin  u  davrlarda  bunday  qurilish  ishlari  haqida  hech  qanday 

hisoblashlar  saqlanmaganligi,  ular  faqat  amaliy  bilimlarga  tayangan  ilmiy  nazariy 

asosga ega emas degan fikrga olib keladi.

Bizgacha  yetib  kelgan,  gidravlikaga  aloqador  ilmiy  ishlardan  birinchisi 

Arximedning "Suzib yuruvchi jismlar haqida" asari bo'lsa, keyinchalik VHI-XI asrlarda 

Markaziy  Osiyoda  yashab  ijod  qilgan  qator  olimlaming  asarlarida  gidravlikaga  oid 

masalalar  o‘z  aksini  topgan.  Jumladan,  buyuk  vatandoshimiz  Ahmad  Farg'oniy  (832- 

833 yillarda) Shorn (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida 

yer  meridian  bir  darajasining  uzunligini  o‘lchashda  qatnashdi. 

Yuqorida  aytib 

o‘tganimizdek,  Ahmad  Farg‘oniy  Nil  daryosidagi  suv  sathini  oichaydigan  inshoot 

barpo  etish  uchun  Misming  Qohira  shahri  yaqinidagi  Fustat  shahriga  keladi.  Ilmiy- 

texnik va  me’moriy jihatdan  g‘oyat  ulug'vor bu  qurilma Nil  daiyosining  Sayyolat  ul- 

Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.

Shunisi  qiziqki,  aynan  shu  uskuna  yordamida  Misr  aholisidan  olinadigan  yillik 

soliq miqdori belgilanib turilgan. Ya’ni, suv sathi ekinlami sug‘orish uchun qulay kelib, 

bir me’yorda oqsa, soliqning miqdori shunga qarab ko‘tarilgan. Yoki Suv sathi kamayib



qurg‘oqchilik  boshlanadigan,  aksincha  suv  ko‘tarilib,  ekinlami  yuvib  ketishi  mumkin 

bo‘lgan  vaqtlarda  soliqlar  miqdori  kamaytirilishi  mumkin  edi.  Bu  Misr  aholisining 

turmushi uchun adolatli qonunlardan biri hisoblangan.

Suyuqlik  qonunlarining  ochilishi  eramizning  XVI  -   XVII  asrlaridan  boshlandi. 

Bularga  Leonardo  da  Vinchining  suyuqliklaming  o'zandagi  va  quvurdagi  harakati, 

jismlaming  suzib  yurishi  va boshqalarga bog‘liq  ishlari,  S.  Stevenning  idish tubiga va 

devorlariga  ta’sir  qiluvchi  bosim  kuchi,  G.  Galileyning  jismlaming  suyuqlikdagi 

harakati  va  muvozanati  haqidagi  ishlari,  Ye.  Torichellining  suyuqliklaming  kichik 

teshikdan oqib ketishi, B.  Paskalning bosimning suyuqlik orqali uzatilishi to‘g‘risidagi,

I.  Nyutonning  suyuqliklardagi  ichki  qarshiliklar  qonuni  va  boshqa  ishlar  kiradi. 

Keyinchalik  suyuqliklaming  muvozanat  va  harakat  qonunlari  ikki  yo'nalish  bo'yicha 

taraqqiy qila boshladi. Bulardan biri tajribalarga asoslangan gidravlika boisa, ikkinchisi 

nazariy  mexanikaning  mustaqil  bo'limi  sifatida  taraqqiy  qila  boshlagan  nazariy 

gidromexanika edi.

Nazariy  gidromexanika  aniq  matematikaga  asoslangan  bo‘lib,  suyuqlik  qo- 

nunlarini  differentsial  tenglamalar  bilan  ifodalash  va  ulami  yechishga  asoslanadi.  Bu 

nazariy bilimlaming taraqqiy qilishiga XVII-XVIII asriarda yashagan buyuk matematik- 

mexanik olimlar L.Eyler, D.Bemulli, M.Lomonosov, Lagranjlaming ilmiy asarlari asos 

bo‘ldi.  U  vaqtdagi  ishlar  sof  nazariy  bo'lib,  suyuqliklaming  fizik  xossalarini 

ideallashtirib  ko‘rilar  va  olingan  natijalar  harakat  tarzlarini  to‘g‘ri  ifodalagani  bilan 

tajriba  natijalaridan  juda.  uzoq  edi.  Shuning  uchun  bu  ishlar  gidromexanikaning 

taraqqiyotida aytarlik muhim rol o'ynamas edi va gidromexanika o‘sha zamon texnikasi 

qo‘ygan talabga javob bera olmas edi. XVI1I-XIX asriarda A.Shezi, A.Darsi, Bussinesk, 

Yu.Veysbax  va  boshqa  olimlaming  ishlari  hozirgi  zamonda  gidravlika  deb  ataluvchi 

amaliy fanning asosi bo‘ldi.

Gidravlika  o‘z  xulosalarini  suyuqlik  harakatining  soddalashtirilgan  sxemalarini 

qarash  asosida  chiqaradi  va  odatda,  nazariy  tenglamalarga  empirik  koeffitsiyentlar 

kiritib, ulami tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlaydi. Keyinchalik esa gidravlika bilan 

gidromexanika fani o‘zaro yaqinlashib, bir-birini to‘ldiruvchi fanga aylandi.

Hozirgi  zamon  gidravlikasi  nazariyani  tajriba  bilan  bog‘lab,  nazariy  tekshi- 

rishlami  tajribada  sinash,  tajriba  natijalarini  esa  nazariy  asosda  umumlashtirish  yo‘li


bilan taraqqiy  qilib  boruvchi  va o ‘z tekshirishlarida gidromexanikaning usullari  hamda 

yutuqlaridan foydalanib boruvchi fandir.

Bu yo‘nalishda Gidravlikaning taraqqiyotida quyidagi olimlaming muhim hissasi 

bor. Peterburg fanlar Akademiyasining a’zolari boiib, Rossiyada yashab,  ijod etgan D. 

Bemulli  va  L.Eyleming  gidromexanika  fanining  asoschilari  sifatida  yaratgan 

ishlanmalari,  N.P.Petrovning  gidrodinamik  sirpanish  nazariyasi,  N.Ye.Jukovskiyning 

gidromexanikadagi  muhim  ishlari  va  quvurlardagi  zarba  nazariyasi,  V.G.Shuxovning 

neft  quvurlarini  hisoblash  bo‘yicha  ishlari,  A.N.Krilovning  kemalar  nazariyasi, 

N.N.Pavlovskiyning suyuqliklaming filtratsiyasi nazariyasi, L.S.Leybenzonning yer osti 

gidromexanikasi  va  boshqa  olimlaming  ishlari  dunyo  faniga  qo‘shilgan  buyuk  hissa 

boiib  hisoblanadi,  N.YeJukovskiy,  S.A.Shapligin  va  N.Ye.Koshinlar  zamonaviy 

aerodinamika va gaz dinamikasining asoschilari bo‘lib, bu fanlar hozir ham samolyot va 

raketalar  harakatini  o‘rganishda  katta  rol  o‘ynaydi.  Hozirgi  zamon  sanoati  va 

texnikasida  o'zbek  olimi  X.A.Raxmatulin  asos  solgan  ko‘p  fazali  muhitlar 

gidrodinamikasi muhim ahamiyatga ega.

Respublikamiz  iqtisodiyotining  barcha  sohalarida  amalga  oshiralayotgan 

islohotlaming  muvaffaqiyatida, jumladan  irrigatsiya va melioratsiya sug'orish tizimi, 

kimyo  sanoati,  qishloq  xo‘jaligi,  mashinasozlik  sanoati  va  texnikaning  bir  qancha 

sohalarida  gidravlikaning ahamiyati beqiyosdir.

Hozirgi  zamon  sug‘orish  sistemasini,  ximiya  sanoatini,  qishloq 

xo'jaligi 

sanoatini va texnikaning bir qancha sohalarini  nasoslar, kompressorlar,  gidrouzatmalar 

va boshqa gidromashinalarsiz tasaw ur qilib bo'lmaydi.

Gidromashinalar -  mexanik harakatni  suyuqlikning harakatiga yoki  suyuqlikning 

harakatini  mexanik  harakatga  aylantirib  beruvchi  qurilmalardir.  Gidromashinalarning 

yuritmalar  deb  ataluvchi  turlarida  esa  mexanik  harakat  aw al  suyuqlikning  harakatiga 

aylantirilib,  so'ngra  yana  mexanik  harakatga  aylantiriladi.  Bu  qurilmalar  o'ziga  xos 

maxsus 


qismlardan 

tashkil 


topgan 

bo'lib, 


bu 

kursda 


gidroyuritmalami 

gidromashinalardan alohida ko'rib chiqiladi.

Insoniyat  tarixida  suyuqlik  harakatini  mexanik  harakatga,  aylantirib  beruvchi 

birinchi  qurilma  charxpalak  bo'lib,  uning  O'rta  Osiyo,  Hindiston,  Xitoy  va  Misrda 

bundan  3000  yillar aw al  sug‘orish  ishlarida va tegirmonlarda qo'llanilganligi  ma'lum. 

Birinchi  nasos  -   porshenli  nasos  boiib,  inson  yoki  hayvon  kuchi/bilan  harakatga



keltirilgan.  Bu  mashinalar  Rossiyada  qadimdan  ma'lum  edi,  М.  V.  Lomonosov  o'z 

asarlarida chuqur shaxtalardan  suvni  tortib olishda foydalanish maqsadida nasoslaming 

tuzilishi 

va  konstruksiyalarini  keltirgan.  U  bir  qancha  qurilmalami  charxpalak 

yordamida  harakatga  keltirish  usullari  ustida  ishladi  va  amalda joriy  etdi.  XVIII  asr 

o'rtalarida  gidravlik  qurilmalardan  foydalanuvchi  zavodlar  Uraining  o'zida  150  dan 

ortiq  edi.  I.  I.  Polzunov  tomonidan  kashf qilingan  (1765  y.)  bug‘  mashinasi  porshenli 

nasoslami  harakatga keltirish  uchun  keng  qo'llana boshladi.  L,  Eyler  (1707-1783  yy.) 

o'zining  mashhur  parrakli  gidromashinalar  nazariyasini  yaratdi  va  parrakli 

gidromashinalaming  ishini  xarakterlovchi  muhim  munosabatlami  hosil  qildi.  Bu 

munosabatlar,  1835  y.  A.  A.  Sablukov markazdan  qochma  nasosni kashf etganidan 

keyin,  gidravlik  turbinalar  va  markazdan  qochma  nasoslami  loyihalashda  qo'llanila 

boshladi.

V.G.  Shuxov  neftni  chuqur  quduqlardan  chiqarib  olish  uchun  porshenli 

nasoslaming  bir  qancha  konstruksiyalarini  ishlab  chiqdi.  N.  Ye.  Jukovskiy  va  S.  A. 

Shapliginlar  qanoatlaming  suyuqlikdagi  harakati  nazariyasini  yaratdilar.  Bu  nazariya 

keyinchalik  parraklami  va yo'naltiruvchi  qurilmalami  loyihalashda  asos  bo'lib  xizmat 

qildi,  turbina  va  nasoslar  tuzilishidagi  muhim  taraqqiyotlarga  yo'l  ochib  berdi.  I.I. 

Kukolevskiyning  dinamik  o’xshashlik  qonunlarini  markazdan  qoshma  nasoslami 

loyihalashda qo'llashi nasoslar qurilishi bo'yicha laboratoriya tajribalarini  ilmiy asosga 

qo'ydi.

Rossiyada  gidromashinalar  qurilishining  taraqqiyotida  1.  G.  Yesman,  N.  M. 



Shapov va boshqalaming xizmatlari juda katta.

Gidromashinalar  kabi  gidrouzatmalaming  ham  ayrim  qismlari  qadim  zamon- 

lardan  qo'llanilib kelgan,  lekin  ulaming hozirgi  zamon tushunchasida (ya’ni bir qancha 

qurilmalar  kompleksida)  qo'llanilishi  yaqin  vaqtlarda  boshlandi.  1888  y,  Rossiyada 

metallurgiya  zavodi  injenerlari  gidrouzatmalardan  foydalanganliklari  ma'lum.  1907  y. 

dan  boshlab  dengiz  flotida  gidrouzatmalar  (gidrotransformator  va  gidromuftalar) 

qo'llanila boshladi.

Vatanimiz tog‘  sanoatida gidroyuritmalar  1933-1937 yillardan  foydalanila bosh­

landi.  1950  yildan  boshlab  gidromashinalar  va  gidrouzatmalami  mamlakatimiz 

sanoatida qo'llanilish juda tez taraqqiy qila boshladi.



Hozirgi  kunda bu  qurilmalardan  paxta terish  mashinalari, _traktorlar,  buldozerlar, 

turli avtomobillar va boshqa mexanizmlarda keng qo'Uanilmoqda.

Gidravlika  va  gidromashinalar  taraqqiyotining  istiqbollari  yuqorida  aytilgan 

miqyosda quyidagilami o 'z ichiga oladi. Yanada quwatliroq va foydali  ish koeffisienti 

yuqoriroq nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ulami amalda joriy etish;

-  gidromashinalami  va  gidrotexnik  inshootlami  loyihalashda hozirgi  zamonaviy 

hisoblash  usullarini  qo'llash  va  EHM  lardan  ko'proq  foydalanish.  Mashinalami 

avtomatik boshqarish sistemalari asosida boshqarishga o'tish;

-  gidrouzatmalarda  qo'llaniladigan  ish  suyuqkliklaming  arzonroq  va  sifatliroq 

turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlardan sizib ketishini kamaytirish yo'llarini 

topish;

-  ba’zi  sharoitlarda mashinalarning moylash  sistemalarini takomillashtirish va uni 



asosiy qurilmadan ajratish;

-  gidromuftalarda  issiqlikdan  himoya  vositalarini  takomillashtirish  va  yangi 

konstruksiyalarini yaratish;

-  pnevmouzatmalarda  siqilgan  havo  tayyorlab  beruvchi  qismlami  va  pnevmo- 

sistemalardagi tirqishlami berkituvchi bo'lmalarini yaxshilash va hokazo.


GIDRAVLIKA

I BOB. SUYUQLIKLARNING ASOSIY XOSSALARI

1.1. Suyuqlik to‘g‘risida asosiy tushunchalar

Juda kichik miqdordagi  kuchlar ta’sirida o‘z shaklini  o‘zgartiruvchi  fizik jismlar 

suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan o‘z zarrachalarining juda harakatchanligi 

bilan  ajralib turadi va oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi.  Shuning uchun  ular qaysi 

idishga quyilsa, o‘shaning shaklini oladi.

Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga:  tomchilanuvchi  (kapelnie)  suyuqliklarga 

va  gazsimon  suyuqliklarga  ajraladi.  Suyuqlik  deganda  tomchilanuvchi  suyuqlikni 

tuchunishga  odatlanilgan  bo‘lib,  ular  suv,  spirt,  neft,  simob,  turli  moylar  va tabiatda 

hamda texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir.

Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:

1) hajmi bosim ta’sirida juda kam 

0

‘zgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta;

2) harorat o'zgarishi bilan hajmi oz miqdorda o'zgaradi;.

3) cho‘zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi;

4)  sirtida  molekulalararo  o‘zaro  qovushoqlik  kuchi  yuzaga  keladi  va  u  sirt 

taranglik kuchini vujudga keltiradi.

Tomchilanuvchi  suyuqliklaming  boshqa  xususiyatlari  to‘g‘risida  keyinchalik 

yana to'xtalib o'tamiz.

Gazlar  tomchilanuvchi  suyuqliklardagiga  nisbatan  ham  tezroq  harakatlanuvchi 

zarrachalardan tashkil topgan bo‘lib, ular bosim va temperatura ta’sirida o‘z hajmini tez 

o‘zgartiradi.  Ularda cho‘zuvchi kuchga qarshilik va qovushoqlik kuchi tomchilanuvchi 

suyuqliklarga nisbatan juda ham  kam.  Gazlar bilan  gaz  dinamikasi,  termodinamika va 

aerodinamika fanlari shug‘ullanadi.

Gidravlika kursi  asosan tomchilanuvchi  suyuqliklar bilan shug‘ullanadi.  Shuning 

uchun uni bundan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyuqlik deb atayveramiz.

Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi  va muvozanat hamda harakat hollarida 

doimo  qattiq jismlar (suyuqlik  solingan  idish  tubi  va  devorlari,  quvur va kanallaming 

devorlari  va  boshqalar)  bilan  chegaralangan  boiadi.  Suyuqliklar  gazlar  (havo)  bilan



ham  ma’lum  chegara  bo'yicha  ajralishi  mumkin.  Bu  chegara  erkin  sirt  (svobodnaya 

poverxnost) deb ataladi.

Suyuqliklar  siljituvqhi  kuchlarga  sezilarli  darajada  qarshilik  ko‘rsatadi  va  bu 

qarshilik  ichki  kuchlar sifatida namoyon bo'ladi. Ularni aniqlash suyuqliklar harakatini 

tekshirishda muhim ahamiyatga egadir.

1.2. Suyuqliklarga ta ’sir qiluvchi kuchlar

Suyuqliklarga  ta’sir  qiluvchi  kuchlar  qo‘yilish  usuliga  qarab  ichki  va  tashqi 

kuchlarga ajraladi:



ichki kuchlar - suyuqlik zarrachalarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi;

tashqi  kuchlar  -  suyuqlikka  boshqa  jismlaming  ta’sirini  ifodalaydi  (masalan, 

suyuqlik solingan idish devorlarining ta’siri, ochiq yuzaga ta’sir qilayotgan havo bosimi 

va h.k.).

Ichki  kuchlar  siljituvchi  kuchlarga  qarshilik  sifatida  namoyon  bo‘ladi  va  ichki 



ishqalanish  kuchi  deyiladi.  Tashqi  kuchlami  yuza  bo‘yicha  va  hajm  bo'yicha  ta’sir 

qiluvchi  kuchlar  sifatida ko‘rish  mumkin.  Shuning  uchun  suyuqliklarga ta’sir qiluvchi 

kuchlar  yuza  bo'yicha  yoki  hajm  bo‘yicha  ta’sir  qilinishiga  qarab  yuzaki  va  massa 

kuchlarga bo‘linadi.



Yuzaki  kuchlar  -   qaralayotgan  suyuqlik  hajmining  sirtlariga  ta’sir  qiluvchi 

kuchlardir. Ularga bosim kuchi, sirt taranglik kuchi, suyuqlik solingan idish devorining 

reaktsiya  kuchlari,  ichki  ishqalanish  kuchi  kiradi.  Ichki  ishqalanish  kuchlari  suyuqlik 

harakat  qilgan  vaqtda  yuzaga  keladi  va  qovushoqlik  xususiyatini  yuzaga  keltiradi 

(awalgi paragrafga qarang).

Massa kuchlar - qaralayotgan suyuqlik hajmining har bir zarrasiga ta’sir qiladi va 

uning massasiga proportsional bo‘ladi. Ularga og'irlik va inertsiya kuchlari kiradi.

1.3. Suyuqliklarning flzik xossalari

1. 


Solishtirma  og‘irlik.  Suyuqlikning  hajm  birligiga teng  miqdorining  og'irligi 

uning  solishtirma  og‘irligi  deb  ataladi  va  grekcha у  harfi  bilan  belgilanadi.  Yuqorida 

aytilgan ta’rifga asosan


bu  yerda  V  -  suyuqlik  hajmi  (birligi  m3),  G  -   og‘irligi  (birligi  N).  Solishtirma 

og‘irlikning o‘lchov birligi SI sistemasida

  ,  И  


N

texnik sistemada esa Щ-  -  bo‘lib, ular o‘zaro  quyidagicha  begilangan:



m

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> B. X. Yunusov, M. M. Azimova
30%20Техника%20фанлар -> U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> Qishloq qurilish texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> Elektr yuritma asoslari


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling