Gidrobiologiya fanidan Mustaqil ishi Mavzu
O‘zbekistondagi eng ifloslangan viloyatlar va suv havzalari
Download 37.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqGidrobiologiya
O‘zbekistondagi eng ifloslangan viloyatlar va suv havzalari
O‘zbekistondagi eng ifloslangan viloyatlar va suv havzalari ma’lum qilindi “O‘zgidromet” majlislar zalida 2022 yil 13-may kuni “Xalqaro iqlim kuni”ga bag‘ishlangan “Gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit monitoringi dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, yerusti suvlari holati ustidan kuzatuvlar 59 ta suv obyektida, 85 ta punktda, 107 ta kuzatuv nuqtasida 43 ta tarkibiy qismlar bo‘yicha har oyda amalga oshiriladi. Tahlil natijalari 90 foiz suv havzalarining ifloslanish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari o‘rtacha ifloslangan (3-sinf) yoki ifloslangan (4-sinf) suvlar sinfiga kirishini, 10 foiz suv havzalarida esa toza suvlar (2-sinf) ekanini aniqlagan. Zarafshon, Chirchiq, Salor daryolari, Siyob, Sho‘ro‘zak, GPSK kollektorlari eng ifloslangan suv havzalari sifatida qayd etilgan. Tuproq ifloslanishi ustidan kuzatuvlar har yili bahor va kuz fasllarida Qoraqalpog‘iston va viloyatlarning 107 ta tumanida joylashgan 212 ta xo‘jaliklarda olib boriladi. Shuningdek, 14 ta sanoat shaharlarida 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatiladi. Ko‘p yillik tahlillar Andijon (1,3 dan 3,7) va Farg‘ona (1,3 dan 2) viloyatlarida yerlarni xlororganik pestitsidlarning qoldiq miqdori bilan ifloslanishini REMdan ortishi kuzatilgan. Atmosfera havosida kimyoviy moddalar bilan ifloslanish ustidan kuzatuvlar har kuni 25 shaharlarda 65 ta statsionar postlarda olib boriladi. Ularda atmosfera havosida 10 ta gazli aralashmalar va 4 ta og‘ir metallar nazorat qilinadi (rux, mis, qo‘rg‘oshin, kadmiy). So‘nggi bir necha yil ichida ko‘pgina shaharlar uchun nazorat qilinadigan ingrediyentlar bo‘yicha havoning ifloslanish darajasi barqarorligi qayd etilmoqda. 2010—2021-yillarda respublikada havoning ifloslanish darajasi pasayganligi kuzatilgan. Ifloslanish indeksi o‘sishi Angren, Olmaliq, Farg‘onada shaharlarida saqlanib qolgan. Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yor darajasida bo‘lib, 2021-yil noyabr—dekabr va 2022-yil yanvar oylarida chang bo‘ronlari paytida havoning maksimal bir martalik ifloslanishi Guliston, Olmaliq, Chirchiq, Toshkent, Bekobod, Angren, Buxoro, Navoiy, Samarqand shaharlarida qayd etilgan. O‘zbekistonda iqlimning keskin o‘zgarishi ta’sirida yuqori haroratning takrorlanishi, atmosfera qurg‘oqchiliklari, garmsellar, chang bo‘ronlari, shuningdek, sanoat korxonalari, avtotransport, qurilish industriyasi tashlamalari ta’sirida aholi yashash joylarida changning me’yordan ortishiga sabab bo‘lmoqda. Download 37.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling