Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Moyli bakli uzgichlar Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni soʻndirish va tok oʻtkazuvchi qismlarni izolyatsi- yalash uchun xizmat qiladi. 10 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda (35 kV gacha boʻlgan ayrim uzgichlarning turlarida) Uzgich bitta bakka ega boʻlib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari boʻladi, kuchlanish katta boʻlganda har qaysi faza uchun oʻzining baki boʻladi. 4.1-rasmda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilmaga ega boʻlmagan bakli uzgich sxemasi koʻrsatilgan. uzgichning poʻlat baki 1 boltlar yordamida quyma choʻyan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qoʻyilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 oʻtgan boʻlib, ularning tok oʻtkazuvchi sterjenlarining uchiga qoʻzg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qoʻzg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt koʻprik yoki traversada turadi. Ularga harakat uzgich qopqog’i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversi koʻtarilgan boʻladi va kontakt koʻprik qoʻzg’almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan boʻladi. Uzgich ulangan holatda yuritmaning ilmog’i yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan boʻladi Avtomatik ravishda yoki qoʻlda uzganda ilmoq boʻshaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga yetadi). Bunda 4.1-rasm. Moyli-bakli uzgichning kesimi: 1-po‘lat bak; 2-moy; 3-qopqoq; 4-o‘tuvchi prujina; 5- uzuvchi prujina; 6-o‘chirgich vali; 7-qo‘zg‘almas kontakt; 8-qo‘zg‘aluvchi kontaktlar (traversa); 9-bak devorlarining izolyasiyasi 74 uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi boʻlgan gaz-bug’li pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor. 4.1-rasmda koʻrsatilganidek, uzgichning bakiga moy toʻla quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil boʻladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog’iga beriladigan kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak. a) b) 4.2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi: a)- uchala faza bitta bakda joylashgan; b)- fazalar alohida baklarda joylashgan Agar moy sathi keragidan ancha past boʻlsa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi. Koʻrib chiqilgan uzgichda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilma boʻlmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi uzgichlar 6-10 kV li (BМБ-10, ВМЕ-6, ВМЕ-10, ВС-10) qurilmalarda qoʻllaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli uzgichlar tomonidan siqib 75 chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qoʻllanilmoqda. Koʻrib chiqilgan oddiy uzgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar oʻchirish kameralariga ega. Ishlash prinsipi boʻyicha yoy soʻndiruvchi qurilmalarni uch guruhga boʻlish mumkin: avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil boʻlishiga yoyda ajraladigan energiya sabab boʻladi; moyni majburiy puflash yoʻli bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi; magnit yordamida moyda soʻndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yoʻnaltiriladi. Avtopuflagichli yoy soʻndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisob- lanadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta boʻlsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta boʻlmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli boʻlmay, yoyni soʻndirish choʻziladi. Shunga koʻra avtopuflashli ba’zi soʻndiruvchi qurilmalar kichik toklarning soʻnishini ta’minlaydigan qoʻshimcha moyni majburiy puflash bilan toʻldirilgan. Qattiq kameralar koʻrinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok oʻtkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. Ayrim uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga mahkamlanadi. Kamerada uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar boʻlishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori boʻlsa, uzilish shuncha koʻp talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilishlarda yoy soʻngandan soʻng, shuntlovchi qarshiliklardan oʻtayotgan tok, odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda soʻndiriladi. 76 4.3-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – BMП tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst- ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qoʻzg’aluvchan kontak; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – qoʻzg’almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar Yoy soʻndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar koʻndalang, boʻylama va qarama-qarshi koʻndalang puflovchi kameralarga boʻlinadi. Bakli uzgichlarda qizdiruvchi qurilma ham koʻzda tutilgan boʻlib, u havo haroratlari past boʻlganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi ortganda uzgichning qoʻzg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi. Bakli uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta boʻlishidir. Bakli uzgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qoʻllaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling