Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Havoli uzgichlar quyidagi afzalliklarga ega


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Havoli uzgichlar quyidagi afzalliklarga ega: portlash va yong’inga xavfsiz; 
tez ta’sir etishi va tez ta’sir etuvchi АПВ lar ishlatish mumkin; uzish qobiliyati 
yuqori; liniyalarning sig’im toklarini ishonchli uzish; yoy soʻndiruvchi 
kontaktlarning kam yeyilishi; yoy soʻndiruvchi kameralarga qoʻlning osongina 
yetishi; yirik uzellardan seriyalar hosil qilish mumkin; tashqi va ichki qurilmalar 
uchun yaroqli. 
Havoli uzgichlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: kompressor 
qurilma talab etiladi; qator detal va uzellarning konstruksiyasi murakkab; nisbatan 
yuqori tannarxga ega; joylashuvchi tok transformatorlarini oʻrnatish qiyin. 
Elektromagnit uzgichlarida yoyni soʻndirish uchun moy ham, siqilgan havo 


81 
ham ishlatilmaydi, bu ularning boshqa tipdagi uzgichlarga nisbatan katta afzalligi 
hisoblanadi. 
Bu tipdagi uzgichlar 6-10 kV li kuchlanishga, 3200 A gacha nominal tok va 
40 kA gacha uzish tokiga moʻljallab ishlab chiqariladi. 
Uzgich ish va yoy soʻndiruvchi kontaktlarga ega. Uzishda avval ish, soʻngra 
esa yoy soʻndiruvchi kontaktlar ajralib, ular orasida yoy hosil boʻladi. Konturning 
elektrodinamik kuchi va porshenli qurilma hosil qilgan havo oqimining ta’siri 
ostida, yoy oldindagi yoy soʻndiruvchi shoxga oʻtadi va zanjirga magnit puflash 
g’altagini ulaydi. Magnit maydon hosil boʻlib, u yoy toki bilan oʻzaro ta’sirlashadi 
va yoy soʻndiruvchi kamera ichida yoyni 30 m/s tezlikda harakatlantiradi. Kamera 
yoyga chidamli yuqori issiqlik oʻtkazuvchan keramikadan tayyorlangan. Yuqoriga 
harakatlanganda yoy choʻzilib, kameraning aylanma (labirint) tirqishlariga tushadi. 
Kameraning devorlariga tegib yoy soviydi va 0,01-0,02 s dan soʻng soʻnadi. 
Elektromagnit uzgichlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: portlash 
va yong’inga toʻla xavfsiz; yoy soʻndiruvchi kontaktlarning yeyilishi kichik; tez 
takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini 
koʻp marta uzishga sinash shuni koʻrsatadiki, 100 A tokni 1000 marta uzgandan 
soʻng yoy soʻndiruvchi kamera va kontaktlarga deyarli yoyilish izlari sezilmaydi 
va reviziya hamda remont qilishni talab etmaydi); nisbatan yuqori uzish 
qobiliyatiga ega. Elektromagnit uzgichlarning kamchiliklari quyidagilardan 
iborat: magnitli puflash tizimi boʻlgan yoy soʻndirgich konstruksiyasining 
murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqoriligi chegarasining cheklanganligi 
(15-20 kV dan ortiq emas); tashqi qurilmalar uchun qoʻllanilishi cheklangan. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling