Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Gidroenergetik qurilmalarda tok va kuchlanish transformatorlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
4.4. Gidroenergetik qurilmalarda tok va kuchlanish transformatorlari
Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini oʻlchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, oʻlchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi. Tok transformatori yopiq magnit oʻtkazgich 2 (4.12-rasm) hamda ikkita birlamchi 1 va ikkilamchi 3 chulg’amlarga ega. Birlamchi chulg’am oʻlchanayotgan tok 1 I zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi chulg’amga 2 I tok oʻtadigan oʻlchov priborlari ulanadi. 4.11-rasm. Ajratgichning ajrovchi kontakti: 1-elastik bog‘lama; 2-prujina; 3-lamel; 4-kurakcha. 91 Tok transformatori nominal transformatsiya koeffitsiyenti bilan harakterlanadi: , 2 1 1 NOM NOM I I K (4.1.) bunda NOM I 1 - birlamchi nominal tok, NOM I 2 - ikkilamchi nominal tok. Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb qabul qilingan. Tok transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti qat’iy oʻzgarmas miqdor boʻlmay, balki magnitlovchi tokning mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli nominal miqdordan farq qilishi mumkin. Transformatorning tokni transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi: 100 % 1 1 2 1 I I I K I , (4.2) Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit oʻtkazgich kesimi, magnit oʻtkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, magnit yoʻlining oʻrtacha uzunligi 1 1 w I miqdorga bog’liq. Tok transformatorlari ularga qanday talab qoʻyilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab chiqariladi. Koʻrsatilgan raqamlar birlamchi chulg’am 100—120% tok bilan yuklanilganda (oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda (oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka nisbatan protsentda ifodalangan tok transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok transformatorlari uchun ham burchak xatosi normalanadi. Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, oʻtkazgich, kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga 4.12-rasm. Tok transforma-torining ulanish sxemasi 92 bog’liq. Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi. Nominal tokdan ancha kichik boʻlgan birlamchi toklarda ham tok transformatorining xatosi ortadi. 0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda, 0,5 klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1- klassdagilari hamma texnik oʻlchov priborlari uchun; 3 va 10 klassdagilari rele muhofazasi uchun ishlatiladi. Koʻrib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg’amlari D (differensial muhofaza uchun), Z (yerga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele muhofazalari uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Oʻlchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega boʻlganligi uchun, tok transformatori q.t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar ikkilamchi chulg’am uzilsa, magnit oʻtkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi, chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg’amning magnit yurituvchi kuchi (M.Yu.K.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit oʻtkazgich haddan tashqari yuqori haroratgacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg’amda esa ayrim hollarda bir necha oʻn kilovoltlarga yetadigan yuqori kuchlanish hosil boʻladi. Aytib oʻtilgan hodisa sababli birlamchi chulg’amdan tok oʻtayotganda tok transformatorining ikkilamchi chulg’amini uzishga ruxsat etilmaydi. Oʻlchov pribori yoki releni oʻzgartirish zarurati tug’ilsa, tok transformatorining ikkilamchi chulg’ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg’ami shuntlanadi). Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling