Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Gidroenergetik qurilmalarning elektr ulanish sxemasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
4.6. Gidroenergetik qurilmalarning elektr ulanish sxemasi Sxemalarning turlari va ularning vazifasi. Elektr stansiya (podstansiya)lar elektrik ulanishlarining bosh sxemasi - bir-biri bilan oʻzaro ulangan natural koʻrinishdagi asosiy elektr jihozlari (generator, transformator, liniyalar), yig’ma shinalar, kommutatsion va boshqa birlamchi apparaturatlar bilan ular orasida natural koʻrinishda bajarilgan barcha ulanishlar majmuidir. 103 Bosh sxemani tanlash elektr stansiya (podstansiya) elektr qismini loyihalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning toʻliq tarkibini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlaydi. Tanlangan bosh sxema elektrik ulanishlarning prinsipial sxemasi, oʻz ehtiyoji sxemasi, ikkilamchi ulanishlarning sxemasi, montaj va boshqa sxemalarni tuzishda boshlang’ich ma’lumot hisoblanadi. Bosh sxemalar chizmada bir chiziqli qilib tasvirlanib, bunda qurilmaning hamma elementlari uzilgan holatda boʻladi. Ayrim hollarda sxemaning ayrim elementlarini ish holatida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi. 4.17- rasm. Sxemalar turlari (110/10 kV li podstansiya misolida) a – struktur; b – bosh soddalashtirilgan; v – to‘liq prinsipial; g - operativ 104 Sxemaning hamma elementlari bilan ular orasidagi bog’lanishlar konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi standartlariga muvofiq koʻrsatiladi. Elektr qurilmalarni loyihalashda bosh sxemani tuzishdan oldin elektr energiya (quvvat)ni berishning struktura sxemasi tuzilib, unda elektr qurilmaning asosiy funksional qismi (taqsimlagich qurilma, transformatorlar, generatorlar) va ular orasidagi bog’lanish koʻrsatiladi. Struktura sxemalar keyinchalik prinsipial sxemalarni yanada toʻlaroq va batafsilroq ishlab chiqish, shuningdek elektr qurilmaning ishi bilan umumiy tanishib chiqish uchun xizmat qiladi. Bu sxemalarning chizmalarida funksional qismlar toʻg’ri burchaklar yoki shartli grafik tasvirlar koʻrinishida (4.17-rasm, a) tasvirlanadi. Sxemada apparatlar (uzgichlar, ajratgich, tok transformatori va hokazolar) dan hech qaysisi koʻrsatilmaydi. 4.17-rasm, b da shu podstansiyaning bosh sxemasi ayrim apparatlarsiz - tok, kuchlanish transformatorlarisiz, razryadniklarsiz koʻrsatilgan. Bunday sxema elektrik ulanishlarning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi boʻladi. Toʻliq prinsipial sxemada (4.17-rasm, v) birlamchi zanjirning hamma apparatlari, ajratgich va uzgichlarning yerga ulovchi pichoqlari, shuningdek, qoʻllaniladigan apparatlarning tiplari koʻrsatiladi. Operativ sxemada (4.17-rasm, g) shartli ravishda ajratkich va yerga ulovchi pichoqlar koʻrsatilgan. Har bir smenada navbatchilik qiladigan xodim tomonidan shu apparatlarning haqiqiy holati (ulangan, uzilgan) sxemada koʻrsatiladi. Elektr qurilmalarning sxemalarini tanlashda quyidagi talablar hisobga olinadi: Elektr stansiya yoki podstansiyalarning energetika sistemadagi vazifasi hamda ahamiyati. Energetika sistemada parallel ishlayotgan elektrortansiyalar bajaradigan vazifasiga qarab keskin farqlanadi. Ulardan biri bazisli boʻlib asosiy yuklamada ishlasa, boshqlari - pikoviy boʻlib, faqat maksimal yuklama vaqtida sutkada toʻliq ishlamaydi, uchinchisi ularning issiqlik iste’molchilari (IEM) talab etadigan elektrik yuklamada ishlaydi. Elektr stansiyalarning turli vazifasi, hatto ulardagi ulanishlar soni bir xil boʻlishiga qaramay elektr ulanishlarning turli 105 sxemalarini qoʻllash maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatadi. Podstansiyalar ayrim iste’molchilarni yoki butun bir rayonni ta’minlash uchun, energosistemaning bir qismini yoki turli energosistemalarni bog’lash uchun xizmat qilishi mumkin. Nimstandiyaning vazifasi uning sxemasini aniqlaydi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling