Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Qisqa tutashuv turlari 
 
Energetika tizimidagi koʻpgina shikastlanishlar fazalarning oʻzaro va yer 
bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga 
izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat 
koʻrsatuvchi shaxslarning notoʻg’ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida 
uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi. 
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, 
notoʻg’ri oʻrnatilganligi, notoʻg’ri loyihalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va 
notoʻg’ri xizmat koʻrsatilganligi, qurilmaning notoʻg’ri holatda ishlaganligi 
natijasida yuzaga keladi va roʻy beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish 
mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.
Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og’ir holatdir. 
Qisqa tutashuv paytida manbaning E.Yu.K. transformator yoki liniyalarning kichik 


112 
a) 
b) 
c) 
d) 
e) 
qarshiligi orqali tutashib qoladi. (5.1,a-e rasm). 
E.Yu.K.i qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb 
nomlangan I
q.t. 
katta tok oqadi. 5.1 rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan. 
5.1-rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari: 
a, b, c – uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv; 
d va e - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi. 
Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning 
elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu oʻz navbatida elektr 
liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni 
. .
m
q t
m
U
E
I
Z
 

,
(5.1) 
bu yerda E - manbaning E.Yu.K. si, 
m
– manbadan qisqa tutashuv nuqtasigacha boʻlgan uchastkaning 
qarshiligi. 
Qisqa tutashuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi 
quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi: 
a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv toki (
. .
q t
I
) R-qarshilikda va t – 
vaqt mobaynida
2
Q
k I
R t
   
issiqlik ajralishiga olib keladi. 
Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda 
buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalari qisqa tutashuv tokiga 
. .
q t
I
va t 
vaqtga bog’liq. Qisqa tutashuv tokining 
. .
q t
I
miqdori nominal tokdan 
nom
I
shu 


113 
qadar katta boʻlishi mumkinki, izolyatsiyalar va tok oʻtkazgich qismlarini qattiq 
shikastlantiradi. 
b) qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng 
ishlashiga xavfli tasir qiladi. 
Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron 
motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proporsional 
2
M
k U
 

Shuning uchun asinxroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning 
aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik boʻlib 
qolishi mumkin. Bu ularni toʻxtashiga olib keladi. 
5.2-rasm. Qisqa tutashuvning kuchlanish tushuviga ta’siri; a) iste’molchilarga, b) energetika 
tizimiga, s) toʻg’ri, teskari va nol ketma-ketlik diagrammasi 
Kuchlanishning tushuvi EHM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir 
qiladi: 
v) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va 
og’ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr 
tizimlarining turg’un parallel ishlashlariga zarar 
etishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz 
qolishga olib keladi. Buni 5.2-b rasmda izohlash 
mumkin. 
Normal 
holatda 
turbinaning 
mexanik 
E
K
Istemolchi
M
A
B
K
E
K
U
1
U
2
U
0
I
b)
a)
k
c)
I
í
I, À
5.3-rasm. Uzoq vaqt ruxsat etilgan 
yuklanish vaqtini tokning kattaligiga 
bog’liqligi t=f(I) 


114 
aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari 
ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi 
oʻzgarmas va sinxrondir. 
K nuqtada qisqa tutashish sodir boʻlganda A elektr stansiyasining 
shinasidagi kuchlanish nolga yaqin boʻladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog’liq 
generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng boʻladi. Bu vaqtda 
turbinaga oldingi miqdordagi bug’ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti 
oʻzgarmaydi. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki 
turbinaning aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stansiya 
generatorlarining aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi. 
B stansiya generatorlari boshqa sharoitda boʻladilar, ular K nuqtadan 
uzoqdalar, shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A 
stansiya generatorlarining yuklari yengillashgani sababli barcha yuk B stansiya 
generatorlariga tushadi. Buning natijasida ular koʻproq yuklanadilar va aylanish 
tezliklarini kamaytiradilar 
Shunday qilib qisqa tutashuv natijasida A va B stansiyalari generatorlarining 
aylanish tezliklari har xil boʻladi va bu ularning sinxron ishlashlarining buzilishiga 
olib keladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling