Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Relelar. Maqsadi va asosiy vazifalari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
5.2. Relelar. Maqsadi va asosiy vazifalari 
 
Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema boʻyicha 
ulangan relelardan iborat boʻladi. 
Rele bu avtomatik qurilma boʻlib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikning 
qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi. 
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim 
oʻtkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qoʻllaniladi. 
1-tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi. 
2-tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish 
kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab oʻzgaradi. 


115 
Har bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga boʻlinadi: 
- ta’sir javob beruvchi (reaksiya koʻrsatuvchi) qismi; 
- mantiqli (logik) qismi. 
Ta’sir javob beruvchi (yoki oʻlchovchi) qism bosh qism boʻlib, u asosiy 
relelardan iborat boʻladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element toʻg’risidagi 
axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va shikastlanish, nonormal 
rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi axborot uzatib beradilar. 
Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism boʻlib, u ta’sir 
javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu axborotlar ketma-
ketligi berilgan dasturga mos boʻlsa, oldindan koʻzlangan amallarni bajaradi va 
oʻchirgich boshqaruviga impuls beradi. 
Mantiq qism elektromexanik rele yoki elektron lampali (yarim oʻtkazgichli) 
sxema yordamida tayyorlanadi. Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, relelar 
asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening 
axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruhlariga boʻlinadi. 
Qisqa tutashuv va shikastlanishlarning belgilari boʻlib, I tokning oshib 
ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z 
qarshiligining kamayib ketishi hisoblanadi, chunki liniya uchun 
I
U
Z


(5.2) 
Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari 
(tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari 
(kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari 
(qarshilikning oʻzgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qoʻllaniladi. 
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal 
rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal 
rele deyiladi. 
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish relelari 


116 
ishlatiladi. Tok relelari oʻta yuklanish sodir boʻlgan hollarda, kuchlanish relelari 
esa elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda 
ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan boʻlgan chastota relelari va 
issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar. 
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, koʻrsatkich relelar, oraliq relelari 
kiradi. Vaqt relelari himoyaning harakatni sekinlashtiradi, koʻrsatkich relelari esa 
himoya elementlari harakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya 
elementlarini oʻzaro bog’laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini 
oʻchirgichga yetkazadi. 
Har bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi 
organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikning 
oʻzgarishini qayd qilish va shunga mos boʻlgan oʻzgarishlarni boshqa relelarda 
amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir 
qilishdan, oʻchirgichni oʻchirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga 
xabar berishdan iborat. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling