120
5.4. Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari.
Himoyaning uzgichga ta’sir qilish usullari. Bevosita va bilvosita
harakatlanuvchi relelar
Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning
ikki prinsipial
usullari mavjud.
Birinchi usul boʻyicha rele birlashgan holda, ya’ni chulg’am toʻg’ri
burchakli toʻrtburchak shaklida (5.5-rasm) tasvirlanadi, relening kontaktlari yuqori
qismda koʻrsatiladi.
Belgining pastki qismida relening chulg’ami va
rele tipining bosh harflari
yoziladi, ya’ni:
tok relesi - KA,
kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq,
relesi-KL va
koʻrsatgich relesi-KN.
Ikkinchi usul boʻyicha rele himoyasi yoyilgan holda koʻrsatiladi. Relening
chulg’ami va kontakti chizmaning har xil qismlarida joylashadilar va mos keluvchi
harflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan tasvirlash murakkab sxemalarni oʻqishni
osonlashtiradi.
Relening ulanish usullari
Relening chulg’ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) toʻg’ridan toʻg’ri
yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin.
Birinchi tur
relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi.
5.5-rasm. Relelarning prinsipial chizmalardagi shartli tasvirlari
KA(KV)
KA
KA
KT
121
Ikkilamchi relelar koʻproq qoʻllaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori
kuchlanishdan izolyatsiyalanganlar, himoya qiluvchi
elementdan uzoq masofada
joylashadilar, xizmat koʻrsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5
A) va kuchlanish (100 V) ga moʻljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan
elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog’liqlik yoʻq.
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda oʻlchov transformatorlari, operativ
tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik
quvvatli elektr motorlarida,
transformatorlarda va liniyalarda keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: