199
tayanchlarga yoki kronshteynlarga va muhandislik
inshootlaridan stoykalarga
qotirilgan moslamaga aytiladi.
Taqsimlovchi qurilma deb elektr energiyani qabul qilib, uni taqsimlash uchun
xizmat qiladigan
va kommutatsion apparatlardan, yig’ma va ulanma shinalardan,
yordamchi qurilmalardan,
shuningdek, himoya va avtomatika qurilmalari va
oʻlchov moslamalaridan tashkil topgan elektr qurilmaga aytiladi.
Komplektli taqsimlovchi qurilma deb toʻliq yoki qisman
yopiq shkaflardan yoki
apparatlar oʻrnatilgan bloklardan, himoya va avtomatika qurilmalaridan tashkil
topgan taqsimlovchi qurilmaga aytiladi.
Podstansiya deb elektr energiyani oʻzgartirish
va taqsimlash uchun xizmat
qiladigan elektr qurilmaga aytiladi va u transformatorlar va boshqa energiya
uzgartirgichlardan, taqsimlovchi qurilmalardan,
boshqarish qurilmalari va
yordamchi moslamalardan iborat boʻladi.
Avtomatik oʻchirgich (kommutatsion apparat) avariya holatlari zanjirlarini
kommutatsiyalash (uzish, oʻchirish) uchun, shuningdek, elektr zanjirlarini koʻp
boʻlmagan (sutkasiga 6 dan 30 marotabagacha) operativ
ulash va uzish uchun
xizmat qiladi (moʻljallangan).
Uzgich – bu shunday kontaktli kommutatsion apparatki, u xavfsizlikni ta’minlash
uchun oʻchgan holatda kontaktlar orasida izolyasion oraliqqa ega boʻlgan, toksiz
yoki juda kichik tokli elektr zanjirlarni ulash va uzish uchun moʻljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: