Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Kontaktli (elektromexanik) relelar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Kontaktli (elektromexanik) relelar - ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki 
uziladi. 
Kontaktsiz (yarim oʻtkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar - ishlagan 
paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish kattaligi (masalan 
kuchlanish) sakrab oʻzgaradi. 
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal rele 
deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal rele 
deyiladi. 
Asosiy relelar - tok relelari oʻta yuklanish sodir boʻlgan hollarda, kuchlanish 
relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib 
ketganda ishlab ketadi. 
Yordamchi relelar - vaqt relelari himoyaning harakat ta’sirigacha boʻlgan vaqtni 
oshiradi, koʻrsatgich relelari esa himoya elementlari harakatidan xabar beradi va 
qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini oʻzaro bog’laydi va asosiy relening 
uzatayotgan xabarini uzgichga etkazadi. 
Birlamchi relelarning afzalligi shuki, ularda oʻlchov transformatorlari, operatav 
tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida
transformatorlarda va liniyalarda keng qoʻllanadi. 
Ikkilamchi relelarning afzalliklari, ular yuqori kuchlanishdan izolyasiyalanganlar, 
himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylasha-dilar, xizmat koʻrsatish 
uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5 A) va kuchlanish (100 V) ga 
moʻljallanadi. 


201 
Bevosita harakatlanuvchi rele - himoyaga operatav tok manbai zarur emas, lekin 
bu himoyaning relelari uzgichni mexanizmini ajratish yoki qoʻshish uchun katta 
kuch bilan ta’sir qilishlari kerak.
Bilvosita harakatlanuvchi rele - ta’sir kuchi kichik boʻlishi mumkin, shuning 
uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Koʻp releli himoyalarda 
oʻzaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik yoʻlga nisbatan 
oson va soddadir. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling