Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Sinxron generatorlarni qoʻzg’atish tizimlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
1.4. Sinxron generatorlarni qoʻzg’atish tizimlari
Sinxron generatorlarning rotor chulg’amlari qoʻzg’atgichlar deb yuritiladigan oʻzgarmas tokning maxsus manbaidan ta’minlanadi. Qoʻzg’atgichlarning quvvati generator quvvatining 0,3—1% ni tashkil qiladi, nominal kuchlanish esa 100 V dan to 600-650 V ga cha boʻladi. Generator qancha kuchli boʻlsa, qoʻzg’atgichning nominal kuchlanishi ham shuncha katta boʻladi. Qoʻzg’atgich, yordamchi va boshqaruvchi qurilmalarni birgalikda qoʻzg’atish tizimi deb atash qabul qilingan. Qoʻzg’atgichni generator rotorining chulg’ami bilan elektrik ulash koʻpincha kontakt, halqa va choʻtkalar yordamida amalga oshiriladi. Choʻtkasiz qoʻzg’atish tizimlari ham yaratilgan va ulardan foydalanilmoqda. Qoʻzg’atish tizimlari ishonchli va tejamli boʻlishi; qoʻzg’atish tokini kerakli oʻzgartirish imkoniyatini berishi; yetarli darajada tez ta’sir etuvchi boʻlishi kerak, shuningdek tarmoqda avariya paydo boʻlganda eng yuqori qoʻzg’atishni ta’minlash kerak. Qoʻzg’atish tokini rostlash yoʻli bilan sinxron generatorning kuchlanishi va uning tarmoqqa beradigan reaktiv quvvati oʻzgartiriladi. Generator qoʻzg’atishini rostlash generatorlarning parallel ishlashi turg’unligini oshirishga imkoniyat 20 beradi. Masalan, qisqa tutashuv paytida hosil boʻladigan kuchlanishning keskin kamayishida generatorning uyg’otilishini jadallashtirish (tez orttirish) qoʻllaniladi, bu oʻz navbatida generatorlarning elektr tebranishini toʻxtatishga yordam beradi va parallel ishlash turg’unligini saqlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, rostlash va qoʻzg’atishni jadallashtirish tez amalga oshirilishi releli himoya ishining ishonchliligini orttiradi va elektr stansiyalarning oʻz ehtiyoji uchun ishlaydigan dvigatellarning oʻz-oʻzidan ishga tushish sharoitini yengillashtiradi. Qoʻzg’atish tizimining eng muhim harakteristikalari quyidagilar boʻladi: jadallashtirish: V=0,632(U f,pot -U f,nom )/U t,nom t 1 (1.6-rasmga) boʻlganda rotor chulg’amidagi kuchlanishning oʻsish tezligini aniqlovchi tez ishlashi hamda maksimal qoʻzg’atish kuchlanishi kattaligining nominal qoʻzg’atish kuchlanishiga nisbati - U f,pot /U f,nom = k j jadallilik karraligi. Turbogeneratorlar uchun standartga muvofiq k j > 2, qoʻzg’atishning oʻsish tezligi esa sekundiga 2 1/s dan kam boʻlmasligi kerak. Jadallik karraligi kollektorli qoʻzg’atgich generatorning vali bilan tutashtirilganda gidrogeneratorlar uchun 1,8 dan va boshqa qoʻzg’atish tizimlari uchun 2 dan kam boʻlmasligi kerak. Qoʻzg’atish kuchlanishining oʻsish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,5 1/s dan kichik boʻlmasligi kerak. Uzoq masofaga elektr uzatish liniyasiga ulangan kuchli gidrogeneratorlarniig qoʻzg’atish tizimiga ancha yuqori talab qoʻyiladi (k<3...4, qoʻzg’atishning oʻsish tezligi sekundiga 10U f,nom gacha). Rotorning chulg’ami va bilvosita sovitiluvchi generatorlarning qoʻzg’atish tizimi nominal tokka nisbatan 2 marta katta tokka 50 sekund davomida chidashi kerak. Bu vaqt rotorning chulg’ami bevosita sovitiluvchi generatorlar uchun 20 sekundgacha kamayadi. 1.6 - rasm. Jadallashdagi qo`zg‘atish kuchlanishining o‘zgarishi 21 Generatorlarning qoʻzg’atish tizimini ikkita guruhga: mustaqil qoʻzg’atishli va oʻz–oʻzidan qoʻzg’atishli (nomustaqil qoʻzg’atish) guruhlarga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga generatorning vali bilan biriktirilgan, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan hamma elektr mashinali qoʻzg’atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhni maxsus pasaytiruvchi transformatorlar orqali generatorning chiqishidan bevosita ta’minlanuvchi qoʻzg’atish tizimlari tashkil etadi. Shu guruhga yana elektr stansiyalarning oʻz ehtiyoji shinalaridan ta’minlanuvchi, oʻzgaruvchan tok dvigatellaridan harakatga keluvchi, alohida joylashgan elektr mashinali qoʻzg’atgichli qoʻzg’atish tizimini ham kiritish mumkin. Mustaqil qoʻzg’atishli generatorlar eng koʻp tarqalgan. Bu usulning asosiy afzalligi shundan iboratki, bunda sinxron generatorning uyg’onishi elektr tarmog’i rejimiga bog’liq boʻlmaydi va shuning uchun ham eng ishonchli hisoblanadi. Quvvati 100 MVt va undan kam boʻlgan generatorlarda, odatda, qoʻzg’atgich sifatida sinxron generatorning vali bilan biriktirilgan oʻzgarmas tok generatori qoʻllaniladi (1.7 -rasm). Qoʻzg’atgichning oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish sxemasi asosida bajarilgan (qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish chulg’ami (QQCh) qoʻzg’atgichning oʻz yakoridan ta’minlanadi). Qoʻzg’atgichning uyg’onishini boshqarish QQCh zanjiriga oʻrnatilgan shuntli reostat ShQ bilan qoʻlda yoki qoʻzg’atishni avtomatik boshqarish AQU bilan avtomatik amalga oshiriladi. Oʻzgarmas tok generatori bilan qoʻzg’atish tizimining kamchiligi asosan qoʻzg’atgichning oʻzining kamchiligi bilan aniqlanadi. Bu kamchiliklardan biri aylanish chastotasi kichik boʻlgan gidrogeneratorlarda ( =1,2 1/c) qoʻzg’atgichlarning, ayniqsa uyg’onish tezligi oʻsishining nisbatan yuqori boʻlmasligidir. Koʻrilayotgan qoʻzg’atish tizimining boshqa kamchiligi katta aylanish chastotasiga ega boʻlgan turbogeneratorlarga tegishli. Bunga sabab choʻtka va 1.7-rasm. Generatorning mustaqil elektromashinali prinsipial sxemasi 22 kollektorning titrashi hamda ishlash sharoitining og’irligi (kommutatsiya sharoitlari) tufayli oʻzgarmas tok generatorining ishonchli ishlashining kamayishidir. Quvvati 165 MVt dan katta boʻlgan turbogeneratorlar uchun qoʻzg’atish quvvati shunchalik katta boʻladiki, bunda kommutatsiya sharoitlari boʻyicha 3000 ayl/min aylanish chastotasida oʻzgarmas tok generatorining ishlashini ta’minlash ancha qiyinchilik tug’diradi. Qoʻzg’atgichning ishonchli ishlashini oshirish maqsadida uning aylanish chastotasini kamaytirish uchun ayrim hollarda qoʻzg’atgich generatorning vali bilan reduktor orqali biriktiriladi. Bunday tizim qator generatorlarda, shular qatori TГВ-300 va TВМ-300 generatorlarida ham qoʻllanilgan. Bunday qoʻzg’atish tizimining kamchiligi qoʻshimcha mexanik uzatmaning mavjudligidir. Yirik generatorlarni qoʻzg’atish uchun yarim oʻtkazgichli toʻg’rilagichli qoʻzg’atish tizimi qoʻllaniladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling