Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish tizimi,
umuman, mustaqil qoʻzg’atish tizimiga qaraganda kamroq ishonchli, chunki ularda qoʻzg’atgichning ishi oʻzgaruvchan tok tarmog’i rejimiga bog’liq boʻladi. Tarmoqda kuchlanish kamayishiga olib keladigan qisqa tutashuv qoʻzg’atish tizimining normal ishlashini buzadi, vaholanki, bunday hollarda qoʻzg’atish tizimi generator rotorining chulg’amida tokning jadallashtir- lishini ta’minlashi lozim. Elektr mashinali qoʻzg’atgichi boʻlgan agregatli sinxron generatorni qoʻzg’atishning prinsipial sxemasi 1.8-rasmda koʻrsatilgan. Qoʻzg’atgich agregat elektr stansiyaning oʻz ehtiyojini qondirish shinasidan ta’minlanuvchi asinxron dvigatel AD dan va oʻzgarmas tok generatori Q dan iborat. Qoʻzg’atishni jadallashtirishda qoʻzg’atgich agregatning ishonchli ishlashini oshirish uchun 1.8-rasm. Elektromashinali mustaqil uyg‘otishning prinsipial sxemasi 23 qoʻzg’atgich Q ni aylantiruvchi asinxron dvigatel zarur oʻta yuklanish xususiyati bilan tanlanadi. Bunday qoʻzg’atish agregatlari elektr stansiyalarida zaxira qoʻzg’atish manbai sifatida keng tarqalgan. Yarim oʻtkazgichli oʻzgartirgichli oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish sxemalariniig mumkin boʻlgan variantlaridan biri 1.9-rasmda keltirilgan. Sxemaning asosiy elementlariga yarim oʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning ikki guruhi - boshqarilmaydigan hamda boshqariladigan toʻg’irlagichlar, kuch kampaundlash transformatori KKT va toʻg’rilagichli transformator kiradi. Boshqarilmaydigan ventil generator statorining tokiga ikkilamchi toki proporsional boʻlgan transformator KKT dan boshqariladigan ventil generatorning kuchlanishiga ikkilamchi kuchlanishi proporsional boʻlgan transformator dan ta’minlanadi. Toki generatorning statori tokiga proporsional boʻlgan ventili yuklama mavjudligida mashinani qoʻzg’atish hamda qisqa tutashuvda qoʻzg’atishni jadallashtirishni ta’minlaydi. Toʻg’irlagichlarning quvvati generatorning salt yurishida qoʻzg’atishni hamda normal rejimida qoʻzg’atishni rostlash uchun yetarli qilib hisoblanadi. Boshqarilmaydigan ventillar nominal rejimda generatorni qoʻzg’atish uchun sarflanadigan tokning 70—80% ini ta’minlaydi. Yarim oʻtkazgichli qoʻzg’atish tizimining parametrlari toʻg’ri tanlansa, ular oʻz xususiyatlari boʻyicha mustaqil tiristorli qoʻzg’atish tizimiga yaqinlashadi va shuning uchun quvvatli sinxron mashinalarda qoʻllaniladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling