Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
 
 
 
1.9-rasm. Yarim o‘tkazgichli o‘z-
o‘zidan qo`zg`atishning prinsipial 
sxemasi 


24 
1.5. Generatorlarni qoʻzg’atishni avtomatik rostlash (AQU) 
 
Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan hamma generatorlar, quvvati 
va kuchlanishidan qat’i nazar, qoʻzg’atishning releli jadallash qurilmasiga ega 
boʻlishi, 3 MVt va undan ortiq quvvatli 
generatorlar 
esa 
(UAR-(AQU)) 
bilan 
jihozlanishi kerak. 
Avariya 
rejimida 
generatorning 
uyg’onishini jadallashtirish uchun moʻljallangan 
oddiy avtomatik qurilma boʻlib, qoʻzg’atishning 
releli jadallashtirish qurilmasi hisoblanadi 
(1.10-rasmda rele U< va kontaktor JK). Jadal 
ta’sir etish usuli shundan iboratki, generatorning qisqichlaridagi kuchlanishning 
ancha pasayishi (odatda nominalning 85% idan kamroq) minimal kuchlanish relesi 
U< da oʻz kontaktlarini tutashtiradi va jadallashtirish kontaktori JK ni ishga 
tushiradi, oʻz navbatida ishga tushib, 
qoʻzg’atgichning 
zanjiridagi 
shuntlash 
reostati 
ShQ 
ning 
qarshiligini 
qisqa 
tutashtiradi. 
Natijada 
qoʻzg’atgichning 
qoʻzg’atish 
toki 
maksimal 
miqdorigacha tez koʻpayadi va 
generatorning uyg’otilishi chegara 
qiymatigacha etadi. 
AQU ning eng koʻp tarqalgan 
qurilmalaridan biri kuchlanishni korrektorlash bilan birgalikda kompaundlash 
qurilmasidir (1.11-rasm). 
«Kompaundlash» termini statorning tokiga bog’liq holda mashinaning 
qoʻzg’atish tokini avtomatik rostlashni ifodalaydi. Normal rejimda stator toki 
ortish holda (aktiv-induktiv yuklamada) generatorning kuchlanishi kamayadi, 
1.10-rasm. 
Generatorni 
jadal 
uyg‘otishning releli sxemasi 
1.11 - rasm. Generatorning AQU sxemasi 


25 
ammo kompaundlash qurilmasi qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish tokini, binobarin
generatorning rotor tokini avtomatik ravishda oshiradi, buning ta’sirida generator 
statorining qisqichlaridagi kuchlanish kerakli qiymatigacha oshadi. 
Kompaundlash
qurilmasi generatorning avariya rejimida ham, ya’ni 
generatorning kuchlanishi kamayib, statorning chulg’amidagi tok ancha ortganda 
ham yaxshi ishlaydi. 
Kompaundlash sxemasiga ikkilamchi chulg’ami oraliq transformatori УТП 
ga ulangan tok transformatorlari TT hamda kompaundlash tokini qoʻzg’atgichning 
qoʻzg’atish chulg’ami QQCh ga berishdan oldin toʻg’rilash uchun xizmat qiladigan 
toʻg’rilagich В1 kiradi. Kompaundlash toki I
k
korreksiyani hisobga olmaganda, tok 
I
g
- ga proporsional boʻladi. 
Kompaundlash generator kuchlanishining yetarlicha aniq bir miqdorda 
turishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun qoʻzg’atishni generator statorining toki 
boʻyicha rostlash bilan bir vaqtda statorning kuchlanishi boʻyicha rostlash ham 
qoʻllaniladi. Kuchlanish boʻyicha rostlash signalini berish uchun transformator 
MUT (magnitlanib turuvchi universal transformator) ikkita 2 va 4 chulg’am bilan 
ta’minlanadi (1.11-rasm, a). 
Chulg’am 2 dagi tok U
G
ga proporsional I
n
tokning fazasi generator toki 
reaktiv tashkil etuvchicining fazasiga toʻg’ri keladigan qilib tanlanadi. Shuning 
uchun sof aktiv yuklamada 1 va 2 chulg’amlarning MYuK bir - biriga nisbatan 90
o
siljigan boʻladi, generator sof reaktiv yuklamada ishlasa, ular fazasi boʻyicha 
ustma-ust tushadi. Shu sababli I
G
va U
G
qiymatlari oʻzgarmaganda cos

qancha 
kichik boʻlsa yoki generatorning reaktiv yuklamasi katta boʻlsa, kompaundlash 
toki shuncha katta boʻladi - bu fazaviy kompaundlash hisoblanab, u kuchlanishni 
aniqroq ushlab turishni ta’minlaydi, chunki kompaundlash toki faqat generator 
tokining absolyut miqdoriga bogliq boʻlmay, balki cos

ga ham bog’liqdir. 
Kompaundlash tokining korreksiyasi, U
1
ning berilgan miqdoriga qarab, 
MUT ning qoʻshimcha magnitlash chulg’ami 4 orqali kuchlanish korrektori 
yordamida nihoyasiga yetkaziladi. 
Umumiy holda kuchlanish korrektorining tarkibiga avtotransformatori orqali 


26 
kuchlanish transformatori KT zanjiriga ulanadigan ikkita oʻlchash elementi I
1
va I
2
kiradi. 
Korrektor oʻlchash organining ishlash prinsipi 1.11-rasm, b da 
tushuntirilgan. Oʻlchash elementi I
1
ning chiqishidagi toʻg’rilangan tok I
1
kirish 
kuchlanishiga toʻg’ri proporsionaldir. Shuning uchun bu element toʻg’ri chiziqli 
element deb ataladi. 
I
2
elementning chiqishidagi toʻg’rilangan tok I
2
egri chiziqli deb atalib, 
kirish kuchlanishi kattaligiga nisbatan egri chiziqli bog’lanishga ega boʻladi. Ikkala 
tok I
1
va I
2
kuchaytirgich U ga keladi va kuchaytirgich ularning ayirmasiga 
reaksiya beradi va uni kuchaytiradi. Korrektorning chiqishidan chiqqan tok bu 
holda MUT ning qoʻshimcha magnitlash chulg’ami 4 ga keladi. 
Rasmdan koʻrinadiki, oʻlchash elementlarining kirishidagi kuchlanish U
1
dan kamayib ketsa, toklarning ayirmasi (I

- I
2
) ta’sirida korrektorning chiqishidagi 
tok ortadi. Korrektor generatorning kuchlanishini oʻlchash elementlarining 
kirishidagi kuchlanish U
1
ga teng miqdorda bir xil qilib ushlab turadi. 
Avtotransformator yordamida korrektorning sozlanishini oʻzgartirish mumkin. 
AQU ning koʻrib oʻtilgan sxemasi stator toki bilan generator statori 
kuchlanishining oʻzgarishiga reaksiya beruvchi, proporsional ta’sir etuvchi 
regulyatorlar guruhiga kiradi. 
Rostlash parametrlarining oʻzgarish tezligiga yoki hatto uning tezlanishiga 
reaksiya beruvchi kuchli ta’sir etuvchi oʻzgartirgichlar yaratilgan va ishlatilmoqda. 
Qoʻzg’atish kuchlanishining katta tezlikda oʻzgarishiga va qoʻzg’atgich maksimal 
kuchlanishining katta qiymatlariga ega boʻlgan tez ishlovchi qoʻzg’atish tizimlari 
bilan kuchli ta’sir qiluvchi AQU qurilmasi birgalikda generatorning parallel ishlash 
turg’unligini ancha oshirish imkoniyatini beradi. Qoʻzg’atishni oʻzgartirish faqat 
generator kuchlanishining oʻzgarishini hisobga olgan holda, olib borilmay, balki 
energotizim chastotasining ham oʻzgarishini hisobga olgan holda bajarilsa
toʻg’rilagich bunda haqiqatan samarali boʻladi. 
Kuchli ta’sir qiladigan AQU ning struktura sxemasi 1.12-rasmda keltirilgan. 
Qoʻzg’atishni avtomatik rostlash ikkita asosiy zanjirga: oʻlchash zanjiri va 


27 
kuchaytirgich - summator (jamlagich) dan iborat. 
Oʻlchash zanjiriga: kuchlanishni oʻlchash bloki (KOʻB) va chastotani 
oʻlchash 
bloki 
(ChOʻB) 
kiradi. 
Kuchlanishni oʻlchash bloki oldin ulangan 
element tokni rostlash bloki (TRB) ga ega 
boʻlib, unda oʻlchanayotgan kuchlanish 
generator 
tokining 
reaktiv 
tashkil 
qiluvchisiga qarab, avtomatik tarzda 
korreksiyalanadi. TRB dan keyin signal 
oʻlchash elementlari 
U

(kuchlanishning 
chetga chiqishi) va U
1
(kuchlanishning 
hosilasi) ga keladi, bu elementlarning 
chiqish 
kuchlanishlari 
koʻrsatilgan 
miqdorlarga 
proporsional 
boʻladi. 
Chastotani oʻlchash bloki oʻlchash elementlariga ega boʻlib, ularning chiqishga 
chastotalari 
f

va f
1
larga proporsional boʻladi. Kuchaytirgich - summator ikki 
kaskadli magnit kuchaytirgichdan iborat boʻlib, uning chiqish signali qoʻzg’atish 
tizimi (ijro qiluvchi element) ning tez ta’sir qiluvchi tiristorlarining ish va 
jadallashtirish guruhlarini boshqarish uchun beriladi. AQU ning harakteristikalarini 
yaxshilash (tez ta’sir qilishni oshirish va boshqalar) uchun toʻg’rilagich sxemasiga, 
odatda, teskari aloqa (bog’lanish) TA lar kiritiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling