Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
2.2. Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari 
Transformatorning izolyatsiyasi uning eng muhim qismidir, chunki 
transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyatsiyasining ishonchliligiga 
bog’liq. Izolyatsiyaning konstruksiyasi «Yuqori kuchlanish texnikasi» kursida 
batafsil oʻtiladi. 
Moyli transformatorlarda asosiy qismi izolyatsiya boʻlib, qattiq dielektriklar: 
qog’oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.. 
Kuchlanishni rostlash uchun moʻljallangan qayta ulagich qurilmalar va 
transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning 
asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog’idan kirish simlarini, 
chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va 
boshqa detallarni oʻrnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich 
qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. 
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib 
tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog’ini olish, soʻngra 
aktiv qismini bakdan koʻtarish zarur boʻladi. 
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq boʻlsa, bu holda uni 
bakning tubiga oʻrnatiladi, soʻngra bakning qoʻng’iroq shaklli yuqori qismi bilan 
yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning 
aktiv qismini chiqarish uchun og’ir yuk koʻtaruvchi qurilmalarga hojat yoʻq, 
chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi koʻtarilsa, chulg’am 
va magnit oʻtkazgichlarga bemalol qoʻl yetadi. 
Oqim sochilishidan hosil boʻladigan isrofni kamaytirish uchun poʻlat baklar 
ichki tomonidan elektrotexnik poʻlat paketi yoki magnitsiz materiallardan 
tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi. 
Transformatorning kengaytirgichi bak bilan quvur orqali tutashtirilgan 


42 
silindrik idishdan iborat boʻlib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini 
kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan toʻlatilgan 
boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy 
sathining oʻzgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib 
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich 
atmosfera bilan toʻg’ridan-toʻg’ri tutashgan boʻlsa, unda havoning nami moyga 
oʻtib, uning izolyatsion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun 
kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog’langan. 
Selikagel soʻrilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin oʻzgarsa, 
selikagelli filtr havoni toʻliq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo 
namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini 
olish uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki 
kengaytirgichdagi erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) 
bilan toʻldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana qoʻllash 
mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin. 
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-oʻlchash va 
himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va 
termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning 
qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz 
relesi kiradi. 
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari 
izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (INQ) va yuqori kuchlanishli germetik 
kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi. 
Transformatorning ishlash jarayonida uning chulg’amlari va magnit 
oʻtkazgichi ulardagi energiyaning isrof boʻlishi hisobiga qiziydi. Transformator 
qismlarining qizish chegarasini izolyatsiya cheklaydi, chunki uning ishlash 
muddati qizish haroratiga bog’liq. Transformator quvvati qancha katta boʻlsa, 
sovitish tizimi shuncha intensivroq boʻlishi kerak. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling