Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Avtomatik havo uzgichlari. Saqlagichlar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
3.2. Avtomatik havo uzgichlari. Saqlagichlar 
 
Avtomatik havo uzgichlari normal boʻlmagan rejimda ishlayotgan elektr 
zanjirlarni avtomatik ajratish va normal ish rejimlarida, kam hollarda operativ 
qayta ulash uchun xizmat qiladi. 
Avtomatik havo uzgichlarida yoyni soʻndirish uchun maxsus muhit 
qoʻllanilmaydi, u havoda oʻchiriladi, shuning uchun ular havo Uzgichlari deb 
yuritiladi. 
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli boʻladi. 
Ishlab ketish vaqti t
sr
boʻyicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, 
kuchlanish, harorat) belgilangan qiymat (avtomatning kurilmasi) dan ortish 
momentidagi vaqtdan kontaktlarning ajrash momentigacha boʻlgan vaqtga qarab 
quyidagilarga boʻlinadi: normal avtomatlar t
sr
=0,02-0,1 s; ushlash vaqtini 1 s gacha 
rostlovchi selektiv avtomatlar; tez ta’sir qiluvchi avtomatlar t
sr 
≤ 0,005 s. 
Avtomatlarni turli ushlash vaqti t
1
<t
2
<t
3
ga oʻrnatish yoʻli bilan, selektiv 
avtomatlar tarmoqlarni selektiv muhofazalash imkonini beradi. 
Tez ta’sir qiluvchi avtomatlar tarmoqdagi toklarni cheklash imkonini beradi, 
chunki ular zanjirni tarmoqdagi q.t. toki i
u
miqdorga yetmasdan oldinroq uzadi. 


66 
3.5-rasm. Avtomatning asosiy qismlari: 1 – shinachalar, 2 – yoy soʻndiruvchi kontaktlar,
3 – bosh kontaktlar, 4 – elastik bog’lanish, 5 – bimetall ajratkich, 6 – qoʻshimcha qarshilik,
7 – qizidrgich, 8 – maksimal jartkich, 9 – minimal ajratkich, 10 – mustaqil ajratkich, 
11 – ajratkichlar bilan mexanik bog’lanish, 12 – qoʻlda ulash dastagi, 13 – elektromagnit 
yuritma. 14, 15 – erkin jaratish mexanizmining richagi, 16 – kontakt richag,
17 – uzuvchi prujina, 18 – yoy soʻndiruvchi kamera 
Avtomatlar kuchlanishi oʻzgaruvchan tokda 660 V gacha va oʻzgarmas 
tokda 440 V gacha boʻlganda 6000 A gacha toklar uchun moʻljallab ishlab 
chiqariladi. 
Avtomatlarning uzish qobiliyati 200-300 kA gacha yetadi. 
Har qanday avtomatda quyidagi asosiy elementlarni ajratib koʻrsatish 
mumkin: yoy soʻndiruvchi tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi; 
ajratkichlar; yordamchi kontaktlar. 
Avtomatlarning kontaktlari uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni 
oʻtkazishi va q.t. toklarini uzishda yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga 
muvofiq, kontaktlarni oʻtish qarshiligi uncha katta boʻlmagan solishtirma qarshiligi 
kichik materialdan, ikkinchi shart boʻyicha esa yoy ta’siriga chidaydigan 


67 
materialdan tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning oʻzida bajarish mumkin 
boʻlmaganligi uchun ikki juft - bosh 1 va yoy soʻndiruvchi 2 kontaktlar qoʻllaniladi 
(3.5-rasm). Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki ularning 
qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan oʻtadi. Uzilganda avval asosiy 
kontaktlar ajraydi, lekin zanjir uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy 
soʻndiruvchi kontaktlar zanjiriga oʻtadi, soʻngra yoy soʻndiruvchi kontaktlar 
ajraydi va ularda elektr yoy ham soʻnadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa, 
yoy soʻndiruvchi kontaktlar misdan, katta toklarda esa volframdan, uning 
qotishmasidan 
yoki 
metallokeramikadan 
tayyorlanadi. 
Bu 
kontaktlar 
konstruksiyasi boʻyicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi. 
Avtomatning yoy soʻndiruvchi tizimi avtomatni oʻchirishda hosil boʻladigan 
yoyni soʻndirish uchun xizmat qiladi. Poʻlat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoylarga 
boʻlish effekti) yoy soʻndiruvchi kameralar keng qoʻllaniladi. Uziladigan tok katta 
boʻlganida yoyni tor tirqishda soʻndirish effektidan foydalanishga asoslangan 
buylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar ishlatiladi. Yoyni kameraga tortish 
magnitli puflash bilan amalga oshiriladi. Kamera materiali yuqori yoy 
turg’unligiga ega boʻlishi kerak.
Avtomatlarning yuritmalari qoʻl bilan yoki 
uzoqdan boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Birinchi 
holda ulash dasta 12 ni burash bilan amalga 
oshiriladi. Ikkinchi holda elektromagnit 13 yoki 
maxsus elektr dvigatel yordamida yuritmaga ta’sir 
etiladi. Pnevmatik yuritmadan foydalanish ham 
mumkin. 
Avtomatlarni 
uzish, 
erkin 
ajratish 
mexanizmi ishga tushganda uzuvchi prujinalar 17 (3.5-rasmda) ta’sirida amalga 
oshiriladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling