Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Erkin ajratish mexanizmi (3.5-rasm) avtomatni vaqtning istalgan momentida 
oʻchirishni ta’minlaydi, shuningdek, yoqish jarayonida ham oʻchirish lozim boʻlsa, 
uni amalga oshiradi. U sharnirli bog’langan richaglar 14 va 15 hamda 
tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dasta 12 dan richaglar 14 va va 15 
3.6-rasm. 
Avtomatlarning 
kontakt tizimining sxemasi 


68 
orqali kontaktli richag 16 ga uzatiladi, bu richag avval yoy soʻndiruvchi 2 ni, 
soʻngra esa bosh kontaktlar 3 ni tutashtiradi. Avtomat ulanganda, 14 va 15 
richaglar «oʻlik» holatga oʻtadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yoʻl 
quymaydi. Agar ulash vaqtida qisqa tutashuv mavjud boʻlsa, unda ajratkich 8 
ta’sirida mexanik bog’lanish 11 richaglar 14 va 15 ni sharnirli birikma 04 boʻyicha 
«sindiradi» va uzuvchi prujina 17 ta’sirida kontakt tizim chapga suriladi, dasta 12 
orqali ulanishga kuch berilishiga qaramay, bu tizimda oʻchirilish amalga oshadi. 
Ajratkichlar - bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar boʻlib, ular 
zanjirning berilgan parametrini nazorat qiladi va parametr belgilangan qiymatidan 
oshib ketganda avtomatni oʻchiradi. Bimetall (issiqlik) ajratkich 5 tarmoqqa shunt 
6 orqali ulangan qizdirgich 7 dan issiqlik oladi. Turli chiziqli keygayishi 
koeffitsiyentlariga ega boʻlgan ikki metalldan tashkil gopgan bimetall plastinka 
qiziganda egilib, erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi tortqi 11 ga kuch 
beradi. Issiqlik ajratkich yordamida oʻtayuklanishdan muhofaza qilinadi. Ishlab 
ketish vaqti oʻtayuklanish tokiga bog’liq: tok qancha katta boʻlsa, bimetall 
plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inersiyasi 
katta boʻlganligi sababli issiqlik ajratkichlar elektr dvigatellarning ishga 
tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi. 
Maksimal ajratkich 8 g’altak va oʻzakdan iborat. G’altakdan q.t. toki 
oʻtganda oʻzak richaglar 14 va 15 ni sindiruvchi kuch hosil qiladi, bu hol 
avtomatning oʻchishiga olib keladi. Maksimal ajratkichning ishlab ketish tokini 
rostlash (boshqarish) mumkin. 
Maksimal ajratkich tokka bog’liq boʻlgan yoki unga bog’liq boʻlmagan 
vaqtni ushlab turish (vaqt viderjkasi) mexanizmi bilan ta’minlangan boʻlishi 
mumkin. Bunday ajratkichlar selektiv muhofazalash imkoniyatini beradi. 
Kuchlanish haddan tashqari pasayganda avtomatni oʻchiradigan minimal 
ajratkich 9, shuningdek, avtomatni masofadan knopka KU bilan oʻchirish uchun 
mustaqil ajratkich 10 qoʻllanilishi mumkin. 
Avtomat bir yoki bir necha ajratkichlarga ega boʻlishi mumkin. 
Yordamchi kontaktlar (blok-kontaktlar) bosh kontaktlar bilan mexanik 


69 
bog’langan boʻlib, boshqarish, signalizatsiya va blokirovkalash zanjirlarida 
qoʻllaniladi. 
Elektr stansiya, podstansiya, sanoat qurilmalari va turmushda turli konstruk-
siyadagi avtomatlar ishlatiladi. 
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki oʻtayuklanish boʻlsa, uni avtomatik 
ravishda bir marta uzish uchun xizmat qiladigan apparat saqlagich deb ataladi. 
Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan quymaning erishi orqali amalga 
oshadi, bu eruvchan quyma oʻzidan muhofazalanmagan zanjirning toki oʻtganda 
qizib eriydi. Zanjir uzilgandan soʻng eruvchan quyma qoʻlda almashtirilishi lozim. 
Konstruksiyasining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar 
sanoat elektroqurilmalarida, elektrostansiyalar va podstansiyalarda, turmushda 
keng qoʻllaniladi. Saqlagichlar turli konstruksiyalarga ega boʻlishi mumkin va 
milliamperdan 
minglab 
amperlargacha 
toklarga 
moʻljallanadi. 
Hamma 
saqlagichlarda asosiy elementlar boʻlib: korpus, eruvchan quyma, kontakt qism, 
yoy soʻndiruvchi qurilma yoki yoy soʻndiruvchi muhit hisoblanadi. 
Saqlagichlar eruvchan quymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan quyma 
uzoq ishlashi uchun hisoblangan tok bilan harakterlanadi. Saqlagichning birgina 
korpusiga turli nominal toklarga moʻljallangan eruvchan quymalar oʻrnatilishi 
mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan 
harakterlanib, u mana shu konstruksiyadagi saqlagich uchun moʻljallangan 
eruvchan quymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda 
yuklama toki ta’sirida eruvchan quymadan ajrayotgan issiqlik atrof-muhitga 
tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining tempera-turasi ruxsat etilgandan 
oshmaydi. Oʻtayuklanish va qisqa tutashuvlarda quyma harorati ortib, uning 
erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta boʻlsa, quymaning erish vaqti 
shuncha kichik boʻladi. Erish (ishlay boshlash) vaqtining tokka bog’liqligi 
saqlagichning vaqt-tok harakteristikasi deb yuritiladi (3.7-rasm). 
Saqlagich ishlay boshlashidagi minimal tok—chegara tokI
cheg
deb 
yuritiladi. Tekshirishlarda saqlagich quymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi 
tok—chegara tok deb qabul qilinadi. Eruvchan quymaning nominal toki shunday 


70 
tanlanadiki, bunda normal rejimda va qisqa ruxsat etiladigan oʻtayuklanishlarda 
uzish 
sodir 
boʻlmay, 
balki 
uzoq 
oʻtayuklanishlarda va q.t. da zanjir mumkin 
qadar tez uzilishi lozim. Bu masala «Elektr 
tarmoqlar» kursida batafsil koʻriladi. 
Saqlagichlar ishining selektivligini 
ta’minlash 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Dvigatelda shikastlanish boʻlganda q.t. toki 
uchta saqlagich orqali ketma-ket oʻtadi, lekin 
hammadan oldin shikastlangan joyga yaqin 
boʻlgan saqlagich quymasi erib ketishi kerak. Uzish vaqti t
1
, t
2
, t
3
avtomatning 
muhofaza harakteristikasiga oʻxshash, saqlagich harakteristikasi boʻyicha 
aniqlanadi. Harakteristika eruvchan quymaning materiali, uning kesimi, sovish 
sharoitlari va boshqa faktorlarga bog’liq. 
Eruvchan quyma-saqlagichning asosiy elementi boʻlib, mis, rux, qoʻrg’oshin 
va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qoʻrg’oshinning erish harorati kichik 
(tegishlicha 419 va 327°C). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan 
quymaning kesimi ishlatish vaqtida oʻzgarmaydi, harakteristikasi doimiy qoladi. 
Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli quyma eriganda buzilmaydi, suyuq metall 
plyonka ichida saqlanadi. Bu esa I
cheg
ning keng chegaralarda oʻzgarishiga olib 
keladi. Rux va qoʻrg’oshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan 
tayyorlangan eruvchan quymalar katta kesimga ega. Bunday quymalarni 
saqlagichlarda toʻldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qoʻrg’oshindan qilingan 
quymali saqlagichlar oʻta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega. 
Mis va kumush kichik solishtirma qarshilikka ega boʻlib, quymaning kesimi 
katta emas, bu ularning tez ishlab ketishini ta’minlaydi. Bunday quymalar 
eriydigan 
metallning 
hajmini 
kamaytirish 
muhim 
boʻlgan 
toʻldirgichli 
saqlagichlarda qoʻllaniladi. Ishlatish jarayonida oksidlanishni kamaytirish uchun
odatda, ustiga qalay suvi yuritilgan mis quymalar qoʻllaniladi. Kumush quymalar 
oksidlanmaydi va ularning harakteristikalari turg’un, lekin qimmat boʻlganligi 
3.7-rasm. Saqlagichning 
vaqt-tokli 
xarakteristikasi 


71 
uchun, bunday quymalar faqat ayrim muhim hollardagina qoʻllaniladi. Misning 
erish harorati 1080°C boʻlgani uchun chegara toklarida saqlagichning hamma 
elementlarining harorati ancha katta boʻladi. Yuqori haroratlar hosil boʻlishiga yoʻl 
quymasdan saqlagichning tez ishlab ketishini ta’minlash uchun metallurgiya 
effekti deb ataladigan usuldan foydalaniladi. Bu oson eriydigan suyuq metallda 
qiyin eriydigan metallni eritish hodisasidir. Agar, masalan, diametri 0,25 mm li 
mis simga erish harorati 182°C boʻlgan qalay-qoʻrg’oshin qotishmadan 
tayyorlangan sharchalar kavsharlansa, bu holda sim harorati 650°C ga yetganda u 4 
minut ichida eriydi, 350°C da esa 40 minut ichida eriydi. Xuddi shu sim 
erituvchisiz 1000°C dan past boʻlmagan haroratda eriydi. Odatda, mis va kumush 
quymalarida metallurgiya effektni hosil qilish uchun ancha turg’un xossalarga ega 
boʻlgan toza qalay qoʻllaniladi. Normal ish rejimida qalayli sharcha saqlagich 
ishiga ta’sir etmaydi. 
Quyma erigandan soʻng elektr yoy hosil boʻlib, uni mumkin qadar tez 
oʻchirish lozim. Saqlagichlarda yoyni soʻndirish uchun tor tirqish, gazlarning 
yuqori bosimi, puflash effektidan foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki 
deformatsiya sodir boʻlmasdan saqlagich uzishi mumkin boʻlgan eng katta tok 
uzishning chegara toki deb yuritiladi. 
Elektr qurilmalarda eng keng tarqalgan saqlagichlarning konstruksiyalarini 
koʻrib chiqamiz. 


72 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling