Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

4.
 
Kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori boʻlgan elektr apparatlar
4.1. Yuqori kuchlanishli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlar. Kam moyli 
uzgichlar 
 
Uzgich bu kommutatsion apparat boʻlib, tokni ulash va uzish uchun xizmat 
qiladi.
Uzgich elektr qurilmalarda asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, u 
istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, oʻtayuklanishda, qisqa tutashuvda, 
salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. 
Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud q.t. ga ulash eng og’ir mas’uliyatli 
operatsiya hisoblanadi. 
Yuqori kuchlanishli uzgichlarga quyidagi talablar qoʻyiladi: 
istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (oʻnlarcha amperdan nominal 
uziladigan tokkacha); 
tez ta’sir etish, ya’ni uzish vaqtining eng kichik boʻlishi; 
avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni uzgichlar uzilgan zahoti qayta 
tez ulash; 
110 kV va undan yuqori uzgichlar uchun faza (qutb) boʻyicha boshqarish 
imkoniyati; 
kontaktlarini qarash va reviziya qilish qulayligi; 
yong’in va portlashga xavfsizligi; 
transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi. 
Yuqori kuchlanishli uzgichlar uzoq vaqt nominal tok I
nom
ga va nominal 
kuchlanish U
nom
ga chidashi kerak. 
Yoy soʻndiruvchi qurilmali kontakt tizim, tok oʻtkazuvchi qismlar, korpus 
izolyatsion konstruksiya va yuritma mexanizmi uzgich hisoblanadi. 
Konstruktiv xususiyati va yoy soʻndirish usuliga qarab quyidagi uzgichlar 
boʻladi: moyli bakli (katta hajmdagi moyli), kam moyli (kichik hajmdagi moyli), 
havo, elegaz, elektromagnit, avtogaz, vakuumli uzgichlar, normal rejimdagi 
toklarni uzish uchun moʻljallangan yuklama uzgichlari maxsus guruhga kiritiladi. 
Uzgichlar oʻrnatilishiga qarab yopiq joyga, ochiqqa oʻrnatiladigan hamda 


73 
komplekt taqsimlash qurilmalariga oʻrnatiladigan boʻladi. Uzishdagi (t
s.v
) tez 
ishlash darajasiga qarab: oʻta tez ta’sir etuvchi t
s.v 
= 0,06-0,08 s; ta’siri tezlashgan 
t
s.v 
= 0,08-0,12 s; tez ta’sir etmaydigan t
s.v 
= 0,12-0,25 s uzgichlarga boʻlinadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling