Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
Moyli bakli uzgichlar 
 
Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni 
soʻndirish va tok oʻtkazuvchi qismlarni izolyatsi-
yalash uchun xizmat qiladi. 
10 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda (35 kV 
gacha boʻlgan ayrim uzgichlarning turlarida) 
Uzgich bitta bakka ega boʻlib, unda uchala 
fazaning hamma kontaktlari boʻladi, kuchlanish 
katta boʻlganda har qaysi faza uchun oʻzining baki 
boʻladi. 
4.1-rasmda yoyni soʻndirish uchun maxsus 
qurilmaga ega boʻlmagan bakli uzgich sxemasi 
koʻrsatilgan. uzgichning poʻlat baki 1 boltlar 
yordamida 
quyma 
choʻyan 
qopqoq 

ga 
mahkamlab osib qoʻyilgan. Qopqoq orqali oltita 
chinni izolyator 4 oʻtgan boʻlib, ularning tok oʻtkazuvchi sterjenlarining uchiga 
qoʻzg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qoʻzg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt 
koʻprik yoki traversada turadi. Ularga harakat uzgich qopqog’i ostiga joylashgan 
yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda 
traversi koʻtarilgan boʻladi va kontakt koʻprik qoʻzg’almas kontaktlar orasidagi 
zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan boʻladi. Uzgich ulangan 
holatda yuritmaning ilmog’i yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan 
boʻladi 
Avtomatik ravishda yoki qoʻlda uzganda ilmoq boʻshaydi va prujina 
ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga yetadi). Bunda 
4.1-rasm. 
Moyli-bakli 
uzgichning 
kesimi: 1-po‘lat bak; 2-moy;
3-qopqoq; 4-o‘tuvchi prujina;
5- uzuvchi prujina; 6-o‘chirgich vali; 
7-qo‘zg‘almas kontakt;
8-qo‘zg‘aluvchi kontaktlar (traversa); 
9-bak devorlarining izolyasiyasi 


74 
uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar 
moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi boʻlgan gaz-bug’li 
pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning 
ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning 
devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor. 
4.1-rasmda koʻrsatilganidek, uzgichning bakiga moy toʻla quyilmay, balki 
qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil 
boʻladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog’iga beriladigan 
kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak. 
a)
b) 
4.2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi: a)- uchala faza bitta 
bakda joylashgan; b)- fazalar alohida baklarda joylashgan 
Agar moy sathi keragidan ancha past boʻlsa, u holda gazlar qopqoq tagiga 
kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga 
olib keladi. 
Koʻrib chiqilgan uzgichda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilma 
boʻlmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi 
uzgichlar 6-10 kV li (BМБ-10, ВМЕ-6, ВМЕ-10, ВС-10) qurilmalarda 
qoʻllaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli uzgichlar tomonidan siqib 


75 
chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli 
moyli uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli 
darajada keng qoʻllanilmoqda. Koʻrib chiqilgan oddiy uzgichlarga nisbatan ular 
maxsus qurilmalar oʻchirish kameralariga ega. 
Ishlash prinsipi boʻyicha yoy soʻndiruvchi qurilmalarni uch guruhga boʻlish 
mumkin: 
avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi 
va yuqori bosim hosil boʻlishiga yoyda ajraladigan energiya sabab boʻladi; 
moyni majburiy puflash yoʻli bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus 
gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi; 
magnit yordamida moyda soʻndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida 
tor kanal va tirqishlarga yoʻnaltiriladi. 
Avtopuflagichli yoy soʻndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisob-
lanadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta 
boʻlsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi 
uncha katta boʻlmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli boʻlmay, yoyni 
soʻndirish choʻziladi. Shunga koʻra avtopuflashli ba’zi soʻndiruvchi qurilmalar 
kichik toklarning soʻnishini ta’minlaydigan qoʻshimcha moyni majburiy puflash 
bilan toʻldirilgan. 
Qattiq kameralar koʻrinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori 
kuchlanish kirishining tok oʻtkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. 
Ayrim uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga 
mahkamlanadi. Kamerada uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir 
nechta uzilishlar boʻlishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori boʻlsa, uzilish 
shuncha koʻp talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil 
taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy 
uzilishlarda yoy soʻngandan soʻng, shuntlovchi qarshiliklardan oʻtayotgan tok, 
odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda soʻndiriladi. 


76 
4.3-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ-10 tipdagi kam 
moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – BMП tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst-
ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy 
sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qoʻzg’aluvchan kontak; 2 – yoy 
sundiruvchi kamera; 3 – qoʻzg’almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar 
Yoy soʻndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish 
teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar 
harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar koʻndalang, 
boʻylama va qarama-qarshi koʻndalang puflovchi kameralarga boʻlinadi. 
Bakli uzgichlarda qizdiruvchi qurilma ham koʻzda tutilgan boʻlib, u havo 
haroratlari past boʻlganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi 
ortganda uzgichning qoʻzg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik 
maqsadida shunday qilinadi. 
Bakli uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta boʻlishidir. 
Bakli 
uzgichlarning 
ulash 
vaqtini 
kamaytirish 
uchun 
pnevmatik 
va 
pnevmogidravlik yuritmalar qoʻllaniladi. 


77 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling