Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari: 
Konstruksiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega; tashqi qurilmalar uchun 
ham yaroqli; joylashtirilgan tok transformatorlari-ni oʻrnatish mumkin. 
Bakli uzgichlarning kamchiliklari: 
Portlash va yong’in jihatidan xavfli; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va 
sathini davriy nazorat qilib turish kerak; koʻp hajmda moy talab etishi sababli, uni 
almashtirish uchun koʻp vaqt sarflanadi va katta miqdorda moyni ehtiyot tutish 
kerak; xona ichiga oʻrnatish mumkin emas; tez ta’sir etuvchi АПВ ni ishlatish 
mumkin emas; metall koʻp sarflanadi, og’irligi katta, bir yerdan ikkinchi yerga olib 
borish, montaj va sozlash noqulay.
Kam moyli (tuvakchali) uzgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq 
taqsimlash qurilmalarida keng qoʻllaniladi. Bu uzgichlardagi moy asosan yoyni 
soʻndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman 
izolyatsiya muhiti boʻlib xizmat qiladi. Tok oʻtkazuvchi qismlar bir-biridan va 
yerga tutashtirilgan konstruksiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi 
materiallar 
yordamida 
izolyatsiyalanadi. 
Xona 
ichiga 
oʻrnatish uchun 
uzgichlarning kontaktlari poʻlat bochkada (tuvakchada) joylashadi, uzgichlarning 
«tuvakchali» nomi ham shu yerdan kelib chiqqan.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga 
ega, 6-10 kV li osma tipdagi uzgichlar (4.3-rasm) eng keng tarqalgan. Bu 
uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga 
mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy soʻndiruvchi 
kamera nazarda tutilgan.
4.3-rasm, a da koʻrsatilgan tip boʻyicha ВМГ-10 uzgichlar(tuvakchali moyli 
uzgich) ishlab chiqarilmoqda.
4.33rasm, b da keltirilgan konstruktiv sxema boʻyicha ВМП seriyadagi 
uzgichlar (kam moyli osma uzgich) ishlab chiqarilmoqda. Katta nominal toklarda 
bir juft kontaktlar (ular ish va yoy soʻndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan 
kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ish kontaktlari, metall 
bak ichiga esa yoy soʻndiruvchi kontaktlar oʻrnatiladi (4.3-rasm, v). Uziladigan tok 


78 
katta boʻlganda har bir qutbga ikkitadan yoy soʻndiruvchi uzilish boʻladi (4.3-
rasm, g). Shu sxema asosida МГГ va МГ seriyadagi 20 kV va undan kichik 
kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv ish kontaktlari 4 uzgichni 
katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A gacha). 35 kV va undan 
yuqori kuchlanishlardagi uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (4.3-rasm, 
d, ВМК seriyasi - kam moyli kolonkali uzgich). 35, 110 kV li uzgichlarda har 
qutbga bitta uzilish boʻlib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish 
boʻladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling