Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Kam moyli uzgichlarning afzalliklari quyidagilar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Kam moyli uzgichlarning afzalliklari quyidagilar: 
moy miqdori koʻp emas; og’irligi nisbatan kichik, bakli uzgichlarga 
qaraganda yoy oʻchiruvchi kontaktlarga borish ancha qulay; unifikatsiyalangan 
uzellarni ishlatish bilan turli kuchlanishlarga uzgichlarning turli seriyalarini 
yaratish imkoni bor. 
Kam moyli uzgichlarning kamchiligi: 
portlash va yong’in jihatdan xavfli (bakli uzgichlarga qaraganda ancha kam 
boʻlishiga qaramay); tez ta’sir etuvchi АПВ ni amalga oshirish mumkin emas; 
vaqt-vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib toʻldirish va yoy soʻndiruvchi 
baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirish kerak, ichkaridagi tok 
transformator-larini oʻrnatish qiyin, nisbatan uzish qobiliyati kichik. 
Kam moyli uzgichlarning qoʻllanilish sohalari - 6, 10, 20, 35 va 110 kV li 
stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari, 6, 10 va 35 kV li 
komplekt taqsimlash qurilmalari hamda 35 va 110 kV li ochiq taqsimlash 
qurilmalari. 
4.2. Havoli uzgichlar. Elektromagnit va vakuumli uzgichlar. Elegazli va 
sinxron uzgichlar 
 
Havoli uzgichlarda yoy siqilgan havo bilan soʻndiriladi, tok oʻtkazuvchi 
qismlar bilan yoy soʻndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq 
izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi.


79 
4.4-rasm Havoli uzgichlarining konstruktiv sxemalari: a, b – katta nominal tokka muljallangan 
uzgich; v – 35 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; g – 110 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; 1 – 
siqilgan havoli rezervuar; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – shuntlovchi rezistor;
4 – bosh kontaktlar; 5 – ajratkich; 6 – sig’imli kuchlanish boʻlgich 
Havoli uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha boʻlib, ularning nominal 
kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish 
usuli yoy soʻndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog’liq. Katta 
nominal toklarga moʻljallangan uzgichlarda(4.4-rasm, a, b) kam moyli МГ va 
МГГ lariga oʻxshash bosh va yoy soʻndiruvchi kontur mavjud. Uzgich ulangan 
holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 boʻyicha uzadi. 
Uzgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi boʻlib uziladi, bundan soʻng tok 
kamera 2 ga joylashgan yoy soʻndiruvchi kontaktlardan oʻtadi. Bu kontaktlarning 
uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni 
soʻndiruvchi kuchli puflash hosil boʻladi. 
Puflash boʻylama (4.4-rasm, a) yoki koʻndalang (4.4-rasm, b) boʻlishi mumkin. 
Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi 
kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yoʻli bilan (4.4-rasm, b) yoki 


80 
ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (4.4-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 
uzilgandan soʻng kameraga siqilgan havo haydash toʻxtatilib, yoy soʻndiruvchi 
kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlan-gan uzgichlar ichki 
qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha boʻlgan toklar (ВВГ 
seriyasi) ga moʻljallab ishlab chiqariladi. 
Ochiq qurilmadagi uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera chinni izolyator 
ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish boʻlishi 
yetarli hisoblanadi (4.4-rasm, v), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim 
boʻladi (4.4-rasm, g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li 
uzgichda izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li 
va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarda esa yoy soʻndirilgandan keyin ajratgich 5 
kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida 
siqilgan havo bilan toʻla boʻladi. Bunda siqilgan havo yoy soʻndiruvchi kameraga 
berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. Yuqorida koʻrib chiqilgan havo 
uzgichlar kontaktlarning pastiga oʻrnatilgan alohida siqilgan havo bakiga ega. 
Agarda kontakt tizimini yerdan izolyatsiya qilingan siqilgan havo kamerasiga 
oʻrnatilsa, yoyning soʻnishi ancha tez boʻladi (4.4-rasm, d). Bu yerda uzgich 
oʻchganda siqilgan havoning bakini bajaruvchi yoy soʻndiruvchi kamera 2, puflash 
kanallar orqali tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun puflash hosil boʻladi 
va yoy soʻnadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling