81
ham
ishlatilmaydi, bu ularning boshqa tipdagi uzgichlarga nisbatan katta afzalligi
hisoblanadi.
Bu tipdagi uzgichlar 6-10 kV li kuchlanishga, 3200 A gacha nominal tok va
40 kA gacha uzish tokiga moʻljallab ishlab chiqariladi.
Uzgich ish va yoy soʻndiruvchi kontaktlarga ega. Uzishda avval ish, soʻngra
esa yoy soʻndiruvchi kontaktlar ajralib, ular orasida yoy hosil boʻladi. Konturning
elektrodinamik kuchi va porshenli qurilma hosil qilgan havo oqimining ta’siri
ostida, yoy oldindagi yoy soʻndiruvchi shoxga oʻtadi
va zanjirga magnit puflash
g’altagini ulaydi. Magnit maydon hosil boʻlib, u yoy toki bilan oʻzaro ta’sirlashadi
va yoy soʻndiruvchi kamera ichida yoyni 30 m/s tezlikda harakatlantiradi. Kamera
yoyga chidamli yuqori issiqlik oʻtkazuvchan keramikadan tayyorlangan. Yuqoriga
harakatlanganda yoy choʻzilib, kameraning aylanma (labirint) tirqishlariga tushadi.
Kameraning devorlariga tegib yoy soviydi va 0,01-0,02 s dan soʻng soʻnadi.
Elektromagnit uzgichlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: portlash
va yong’inga toʻla xavfsiz; yoy soʻndiruvchi kontaktlarning
yeyilishi kichik; tez
takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini
koʻp marta uzishga sinash shuni koʻrsatadiki, 100 A tokni 1000
marta uzgandan
soʻng yoy soʻndiruvchi kamera va kontaktlarga deyarli yoyilish izlari sezilmaydi
va reviziya hamda remont qilishni talab etmaydi);
nisbatan yuqori uzish
qobiliyatiga ega.
Elektromagnit uzgichlarning kamchiliklari quyidagilardan
iborat: magnitli puflash tizimi boʻlgan yoy soʻndirgich
konstruksiyasining
murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqoriligi chegarasining cheklanganligi
(15-20 kV dan ortiq emas); tashqi qurilmalar uchun qoʻllanilishi cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: