Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Vakuumli uzgichlar. Ma’lumki, vakuum oraliqning elektr mustahkamligi
atmosfera bosimidagi havo oralag’iga nisbatan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy soʻndiruvchi kameralar КДВ da (4.5-rasm) foydalaniladi. Kontaktlar bir-biridan ajralganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi, shuning uchun tegib turgan nuqtada undan oʻtayotgan tok hisobiga harorat keskin koʻtarilib, erigan metalldan koʻprikcha hosil boʻladi. Bu koʻprikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug’lanadi. Metall bug’lari muhitida yoy yonadi. 82 Kuchli vakuum ostida zaryad-langan zarrachalar atrofdagi boʻshliqqa tez diffuziyalanadi. Tok noldan oʻtishida yoy soʻnadi. Taxminan 10 mks dan soʻng kontaktlar orasidagi vakuumning mustahkamligi tikla- nadi. Metall bug’lari kameraning shisha korpusini ifloslanishdan saqlovchi poʻlat ekranlar 5 va 8 ga oʻtiradi. Kontaktlarning bug’lanishini kamaytirish uchun qiyin eriydi-gan metalldan tayyorlangan kontakt uchliklar qoʻllaniladi. КДВ-5 kamerasi (4.5-rasm) silindrik shisha korpusga ega boʻlib, uning ichiga yuqorigi flanes 10 orqali qoʻzg’almas kontakt kiradi, pastki flanes bilan silfon zichlagich orqali esa qoʻzg’a-luvchan kontakt kiradi. Qoʻzg’aluvchan kontakt 4 mm gacha soʻriladi. Kameradan havo yuqorigi flanesga payvand-langan nippel orqali chiqariladi. Kameradagi bosim 10 -4 Pa. Kameraning hamma qismlarini vakuumli zich choklar bilan biriktiriladi. Uzishdagi kontaktlarning bug’lanishi hisobiga vakuum pasayadi, biroq kontaktlar qiyin eruvchi metalldan tayyorlansa, u holda kamera katta uzish miqdorlariga chidaydi. 10 kV kuchlanishli koʻrilayotgan kamera 600 A li tokni 500 martadan koʻp uzadi, 200 A li tokni esa 30000 martagacha uzadi. Tok boʻlmaganda kamera vakuumni buzmasdan 100000 operatsiyaga chidaydi. Kameraning eng katta uzish toki 1000 A, sinaladigan kuchlanishi 42 kV. Uziladigan tok nisbatan kichik boʻlganligi uchun vakuum uzgichlarni qisqa tutashuv tokini uzish uchun ishlatib boʻlmaydi. 4.5-rasm. Vakuumli uzgichning yoy so’ndiruvchi kamerasi: 1, 9-po’lat vtulkalar; 2-silfon; 3-qo’zg’aluvchan kontakt; 4, 6-volfram uchliklar; 5, 8-metall to’siq (ekran)lar; 7- qo’zg’almas kontaktlar; 10, 12-po’lat flaneslar; 11-shisha ballon 83 Ular sig’im toklarini uzish uchun qoʻllaniladi, (yuqori kuchlanishli yuksiz liniyalar, kondensatorlar batareyalari). Yuqori kuchlanishli uzgichlar yaratish uchun bir necha yoy soʻndiruvchi kameralar ketma-ket ulanadi. Uziladigan tokni koʻpaytirish uchun ham magnitli puflash qoʻllanilib, u yoyning kontaktlar sirti boʻyicha tez aylanishiga olib keladi. 4.6- rasm. 10-20 kV zamonaviy vakuumli uzgichlarning tashqi kurinishi Dunyo amaliyotida yuklamaning vakuum uzgichlari 500 kV va undan kichik kuchlanishli qurilmalarida qoʻllaniladi. Vakuum uzgichlarining kamchiligi boʻlib, uncha katta boʻlmagan toklarni uzishi va kichik induktiv toklarni uzishda kommutatsion oʻtakuchlanish hosil boʻlishining mumkinligi (bunda kamerada yoyning oʻchishi tok tabiiy noldan oʻtganida shunday boʻladi). Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling