Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Tok transformatorlarining tuzilishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Tok transformatorlarining tuzilishi 35 kV li ichki qurilmalar uchun tok transformatorlari quyma epoksid izolyatsiyaga ega. Birlamchi chulg’am turiga koʻra g’altakli (3 kV va undan kichik kuchlanishlar uchun), bir oʻramli (4.13-rasm) va koʻp oʻramli transformatorlar boʻladi. Bir oʻramli transformatorlar 600 A va undan yuqori birlamchi tokka 93 moʻljallab tayyorlanadi; kichik toklarda birlamchi chulg’amining magnit yurituvchi kuchi 1 1 w I talab etiladigan klass aniqligida ishlash uchun yetarli boʻlmaydi. 600 A dan kichik toklarda TPL tipidagi koʻp oʻramli transforlar qoʻllanilib, ularning birlamchi chulg’ami soni kerakli magnit yurituvchi kuchga qarab aniqlanadigan bir necha oʻramlardan iborat. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni standart miqdor 100 yoki 100/ 3 V gacha kamaytirish hamda oʻlchash zanjiri bilan rele muhofazasini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan ajratish uchun xizmat qiladi. 4.14-rasmda bir fazali kuchlanish transformatorining ulanish sxemasi keltirilgan; bunda birlamchi chulg’am tarmoqning 1 U kuchlanishiga, ikkilamchi chulg’am ( 2 U kuchlanish) ga esa oʻlchash priborlari bilan relening g’altaklari parallel ulangan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ikkilamchi chulg’amning chiqqichlaridan biri yerga tutashtirilgan. Kuchlanish transformatori tok transformatoriga nisbatan salt ishlash rejimiga yaqin rejimda ishlaydi, chunki priborlar va relening parallel g’altaklari qarshiligi katta boʻlib, ular iste’mol qiladigan tok esa kichik. Transformatsiyaning nominal koeffitsiyenti quyidagi ifodadan aniqlanadi: ном ном U U U K 2 1 , (4.3) bunda ном U 1 - nominal birlamchi kuchlanish; ном U 2 4.14-rasm. kuchlanish transformatorning ulanish sxemasi. 1 - birlamchi chulg‘am; 2 – magnit o‘tkazgich; 3 - ikkalamchi chulg‘am 4.13- rasm. TПОЛ-10 tok transformatori: a - chulg‘amli magnit o‘tkazgichlarning joylashuvi; b – tuzilishi; 1 – magnit o‘tkazgich; 2 – ikkilamchi chulg‘am; 3 – mahkamlovi halka; 4 – birlamchi chulg‘am sterjeni 94 - nominal ikkilamchi kuchlanish. Oʻzakdagi magnit oqimining sochilishi va quvvatning yoʻqotilishi oʻlchashda xatolikka olib keladi: 100 % 1 1 2 U U U K U U , (4.4) Tok transformatorlaridagi singari, ikkilamchi kuchlanish vektori birlamchi kuchlanish vektoriga nisbatan aniq 180° burchakka surilmagan. Bu burchakli xatolikni aniqlaydi. Nominal xatolik kattaligiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3 aniqlik klasslari boʻladi. Xatolik magnit oʻtkazgichning konstruksiyasi, poʻlatning magnit singdiruvchanligi, ikkilamchi yuklama kattaligi va cos ga bog’liq. Kuchlanish transformatorlarining konstruksiyasida kuchlanish boʻyicha xatolikni birlamchi chulg’amning oʻramlar sonini biroz kamaytirish yoʻli bilan kompensatsiyalash koʻzda tutilgan, shuningdek, burchakli xatolik maxsus kompensatsiyalash chulg’ami hisobiga kompensatsiyalanadi. Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg’amiga ulangan rele va oʻlchash priborlari chulg’amlarining umumiy iste’moli kuchlanish transformatorining nominal quvvatidan oshmasligi kerak, chunki aks holda bu xatolikning ortishiga olib keladi. Kuchlanish transformatorlari vazifasiga koʻra chulg’amlarining turli sxemalarda ulanishi qoʻllaniladi. Uchta fazalarara kuchlanishni oʻlchash uchun ochiq uchburchaklik sxemasi asosida ulangan, ikkita bir fazali ikki chulg’amli transformatorlar НОМ, НOС, НOЛ ishlatish mumkin (4.15- rasm, a), shuningdek, 4.15-rasm. Kuchlanish transformatorlari chulg‘amlarining ulash sxemalari. 95 chulg’amlari yulduz shaklida ulangan uch fazali ikki chulg’amli transformator НTMK qoʻllaniladi (4.15-rasm, b). Yerga nisbatan kuchlanishni oʻlchash uchun Y 0 /Y 0 sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar, yoki uch fazali uch chulg’amli transformator НTMИ (4.15- rasm, v) ishlatilishi mumkin. Oxirgi holda yulduz shaklida ulangan chulg’am oʻlchash priborlarini ulash uchun qoʻllaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan chulg’amga yerga tutashishdan saqdaydigan muhofazalovchi rele ulanadi. Xuddi shunday qilib uch fazali guruhga ЗНOM tipidagi bir fazali uch chulg’amli transformatorlar va НKФ kaskadli transformatorlar ulanadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling