Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 Kuchlanish transformatorlarining tuzilishi 
 
Konstruksiyasi boʻyicha uch fazali va bir fazali transformatorlar boʻladi. 
Uch fazali kuchlanish transformatorlari 18 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda, bir 
fazali transformatorlar esa istalgan kuchlanishlarda qoʻllaniladi. Transformatorlar 
izolyatsiyasining tipiga koʻra quruq, moyli hamda quyma izolyatsiyali boʻlishi 
mumkin. 
Quruq transformatorlarning chulg’amlari ПЭЛ simidan tayyorlanadi
chulg’amlar orasidagi izolyatsiya vazifasini esa karton oʻtaydi. Bunday 
transformatorlar 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarda qoʻllaniladi (НOС-0,5 bir 
fazali, quruq, 0,5 kV li kuchlanish transformatori). 
Moy izolyatsiyali kuchlanish transformatorlari - ochiq va yopiq taqsimlash 
qurilmalarida 6 - 1150 kV kuchlanishlarga qoʻllaniladi. Bu transformatorlarda 
chulg’amlar va magnit oʻtkazgich moy ichida turadi va u izolyatsiya hamda 
sovitish uchun xizmat qiladi. 
Bir fazali ikki chulg’amli НОМ-6, НОМ-10, НОМ-15, НОМ-35, 
transformatorlarini bir fazali uch chulg’amli ЗНОМ-15, ЗНОМ-20, ЗНОМ-35 
transformatorlaridan farq qilish lozim. 


96 
Birinchi tipdagi transformatorlar chulg’amlarining sxemasi 4.16-rasm, a da 
koʻrsatilgan. Bunday transformatorlar ikkita 
kiritgich YuK ga va ikkita kiritgich PK ga 
ega, ularni ochiq uchburchaklik yulduzcha, 
uchburchaklik 
sxemasi 
boʻyicha 
ulash 
mumkin. Ikkinchi tipdagi transformatorlarda 
YuK chulg’amining (4.16-rasm, b) bir uchi 
yerga 
tutashtirilgan, 
YuK 
ning 
yakka 
kiritgichi qopqoq ustida joylashgan PK ning 
kiritgichlari esa bakning yon tomoniga chiqarilgan YuK chulg’am faza 
kuchlanishiga, PK ning asosiy chulg’ami 100 V ga, qoʻshimcha chulg’ami 
100/
3
V ga hisoblangan. Bunday transformatorlar yerga ulanadigan deb ataladi va 
4.17- rasm, da koʻrsatilgan sxema asosida ulanadi. 
ЗНОМ-15, ЗНОМ-20, ЗНОМ-24 tipdagi transformatorlar kuchli 
generatorlarning komplekt shina oʻtkazgichlariga oʻrnatiladi. Magnitlanishdagi 
isroflarni kamaytirish uchun ularning baki magnitlanmaydigan poʻlatdan 
tayyorlanadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling