Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Gidroenergetik qurilmalarning elektr ulanish sxemasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
4.6. Gidroenergetik qurilmalarning elektr ulanish sxemasi 
 
Sxemalarning turlari va ularning vazifasi. Elektr stansiya (podstansiya)lar 
elektrik ulanishlarining bosh sxemasi - bir-biri bilan oʻzaro ulangan natural 
koʻrinishdagi asosiy elektr jihozlari (generator, transformator, liniyalar), yig’ma 
shinalar, kommutatsion va boshqa birlamchi apparaturatlar bilan ular orasida 
natural koʻrinishda bajarilgan barcha ulanishlar majmuidir. 


103 
Bosh sxemani tanlash elektr stansiya (podstansiya) elektr qismini 
loyihalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning toʻliq tarkibini va 
ular orasidagi bog’lanishni aniqlaydi. Tanlangan bosh sxema elektrik 
ulanishlarning prinsipial sxemasi, oʻz ehtiyoji sxemasi, ikkilamchi ulanishlarning 
sxemasi, montaj va boshqa sxemalarni tuzishda boshlang’ich ma’lumot 
hisoblanadi. 
Bosh sxemalar chizmada bir chiziqli qilib tasvirlanib, bunda qurilmaning 
hamma elementlari uzilgan holatda boʻladi. Ayrim hollarda sxemaning ayrim 
elementlarini ish holatida koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi. 
4.17- rasm. Sxemalar turlari (110/10 kV li podstansiya misolida) a – 
struktur; b – bosh soddalashtirilgan; v – to‘liq prinsipial; g - operativ 


104 
Sxemaning hamma elementlari bilan ular orasidagi bog’lanishlar 
konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi standartlariga muvofiq koʻrsatiladi.
Elektr qurilmalarni loyihalashda bosh sxemani tuzishdan oldin elektr 
energiya (quvvat)ni berishning struktura sxemasi tuzilib, unda elektr qurilmaning 
asosiy funksional qismi (taqsimlagich qurilma, transformatorlar, generatorlar) va 
ular orasidagi bog’lanish koʻrsatiladi. Struktura sxemalar keyinchalik prinsipial 
sxemalarni yanada toʻlaroq va batafsilroq ishlab chiqish, shuningdek elektr 
qurilmaning ishi bilan umumiy tanishib chiqish uchun xizmat qiladi. 
Bu sxemalarning chizmalarida funksional qismlar toʻg’ri burchaklar yoki 
shartli grafik tasvirlar koʻrinishida (4.17-rasm, a) tasvirlanadi. Sxemada apparatlar 
(uzgichlar, ajratgich, tok transformatori va hokazolar) dan hech qaysisi 
koʻrsatilmaydi. 
4.17-rasm, b da shu podstansiyaning bosh sxemasi ayrim apparatlarsiz - tok, 
kuchlanish transformatorlarisiz, razryadniklarsiz koʻrsatilgan. Bunday sxema 
elektrik ulanishlarning soddalashtirilgan prinsipial sxemasi boʻladi. Toʻliq 
prinsipial sxemada (4.17-rasm, v) birlamchi zanjirning hamma apparatlari
ajratgich va uzgichlarning yerga ulovchi pichoqlari, shuningdek, qoʻllaniladigan 
apparatlarning tiplari koʻrsatiladi. Operativ sxemada (4.17-rasm, g) shartli ravishda 
ajratkich va yerga ulovchi pichoqlar koʻrsatilgan. Har bir smenada navbatchilik 
qiladigan xodim tomonidan shu apparatlarning haqiqiy holati (ulangan, uzilgan) 
sxemada koʻrsatiladi. 
Elektr qurilmalarning sxemalarini tanlashda quyidagi talablar hisobga 
olinadi: 
Elektr stansiya yoki podstansiyalarning energetika sistemadagi vazifasi 
hamda ahamiyati. Energetika sistemada parallel ishlayotgan elektrortansiyalar 
bajaradigan vazifasiga qarab keskin farqlanadi. Ulardan biri bazisli boʻlib asosiy 
yuklamada ishlasa, boshqlari - pikoviy boʻlib, faqat maksimal yuklama vaqtida 
sutkada toʻliq ishlamaydi, uchinchisi ularning issiqlik iste’molchilari (IEM) talab 
etadigan elektrik yuklamada ishlaydi. Elektr stansiyalarning turli vazifasi, hatto 
ulardagi ulanishlar soni bir xil boʻlishiga qaramay elektr ulanishlarning turli 


105 
sxemalarini qoʻllash maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatadi. 
Podstansiyalar ayrim iste’molchilarni yoki butun bir rayonni ta’minlash 
uchun, energosistemaning bir qismini yoki turli energosistemalarni bog’lash uchun 
xizmat qilishi mumkin. Nimstandiyaning vazifasi uning sxemasini aniqlaydi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling